Korxona moliyasini boshqarish. Reja



Download 181 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi181 Kb.
#569353
  1   2
Bog'liq
Korxona moliyasini boshqarish.


Korxona moliyasini boshqarish.
Reja:
1. Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari.
2. Korxonaning ammortizatsiya siyosati
3. Moliyaviy hisobot – xo‘jalik subyektlari to‘rrisida ma’lumot olishning manbai sifatida.
4. Korxonaning pul mablarlari.
5. Ijara korxonani moliyalashtirish manbai sifatida
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni taqismlash va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan borliq bo‘lgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik sohaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bo‘linadi. Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlanish jarayoni turadigan bo‘lsa, korxonalar moliyasining markazida sotuvdan tushgan tushum turadi.
Shuning uchun ham mahsulot sotuvidan, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan tushgan tushum shakllanishi va uning taqsimlanish jarayoni korxonalarda moliyaviy munosabatlarni shakllanishini asosi hisoblanadi. Chunonchi, aksariyat moliyachi-iqtisodchilar takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash va ayirboshlash boskichlari korxonaning moliyaviy faoliyatini boshlanish boskichi hisoblanadi deb ta’kidlaydilar. Umuman korxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini hamma bosqichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlarga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan borliq jarayonni o‘z ichiga oladi. Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan borliq hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan borliq munosabatlarni o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqikiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o‘zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma boskichlarida ishtirok etadi. Korxonalar moliyasining mavjudligi bozor munosabatlarining mavjudligi va qiymat qonunining amal qilishi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar qiymatining puldagi ifodasi hisoblanuvchi narxlar bo‘yicha pulga sotish va sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo pulning o‘zigina moliyaviy munosabatlarni yoki moliyani anglatmaydi. Pul boshqa tovarlarni qiymatini o‘zida aks ettiruvchi maxsus tovargina hisoblanadi va uning muomalasi sodir bo‘ladi. Moliya iqtisodiy munosabatlar hisoblanib pul aylanishi vositasida amalga oshiriladi. Bu moliyaning pul munosabatlaridan iborat xususiyatli belgisi hisoblanadi.
Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat budjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz.

Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar hisoblanavermaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va ularni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarni qaytarish jarayonidagi munosabatlarni moliyaviy munosabatlarga kirita olmaymiz. Moliyaviy munosabatlarning yagona o‘ziga hos belgilari, ularning yaratilgan qiymatni taqsimlash xususiyati bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar qatoriga quyidagilar kiritiladi:


- sotuvdan tushumga ega bo‘lgan korxonalar va hamma turdagi budjetga to‘lovlar;
korxonalar bilan budjetdan tashqari pul fondlari o‘rtasidagi o‘zaro pul munosabatlari;
korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi kredit foizlarini qaytarish bilan borliq pul munosabatlar;
korxonalar o‘rtasidagi xom ashyo sotib olish, yoqilri va boshqa moddiy mahsulot sotib olish jarayonidagi pul munosabatlar va boshqalar;
korxonalar bilan sururta tashkilotlari o‘rtasidagi sururta fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan borliq pul munosabatlar;
boshqa korxonalar fondli qiymatliklariga investitsiya qilish natijasida olingan dividendlar va foizlar olish bilan borliq pul munosabatlar;
Korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar yoki sotib oluvchilar tomonidan sarflangan mehnatning puldagi ifodasi ya’ni tovar bahosi asosida o‘zaro tovarda gavdalangan qiymat sifatida almashinadi va natijada sotib oluvchilar bilan o‘zaro pul munosabatlari vujudga keladi. Shuningdek yaratilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy xom ashyo harajatlari yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi va korxonalarda boshqa korxonalar bilan o‘zaro qiymatni taqsimlanishi mexanizmida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi.
Tushumning miqdori hamisha ham tovarning qiymatiga mos kelmaydi. Bir qancha holatlarda korxonalar o‘zlarining mahsulotlarini tannarxdan past sotishiga to‘rri keladi.va zararga ega bo‘ladi. Bunday holatlar bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizim sharoitlaridagi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan borliq umumiy prinsiplar nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Bunday holat har qanday tovarlarga nisbatan bozorlardagi talab uning bahosi va bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlar, tovarlarning muomala harajatlarini keskin ravishdagi ortib ketishi, mamlakatdagi baholardagi o‘zgarishlar kabi omillar ta’sir etishi mumkin.
Bundan tashqari, xom ashyo yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida vujudga keluvchi pul munosabatlari natijasida tushumga ega bo‘lgan korxonalarda yetarli aylanma mablarlarning asosiy manbai hisoblangan moliyaviy mablarlar shakllanadi.
Korxonalar sotuv qilingan tovarlarni birlamchi taqsimlash natijasida ish haqi fondini shakllantiradi. Ish haqi fondini shakllantirilish jarayoni o‘zaro molyaviy munosabatlar hisoblanadi va ish haqi fondi ishchilar mehnati uchun to‘lanadigan zaruriy moliyaviy manba bo‘lishi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar uchun ham muhim moliyaviy manba rolini o‘ynaydi.
Korxonalarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda moliya- kredit tizimi muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy asosiy va aylanma mablarlarni shakllantirishda kredit mablarlarining o‘rni, yoki bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar moliyaviy faoliyatining bosh prinsiplaridan biri bo‘lgan iqtisodiy xatarlarni sururta qilish natijasida sururta munosabatlarini o‘rni royat yuqori hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning elementi hisoblangan foyda kredit sururta munosabatlari natijasida qilinadigan moliyaviy harajatlarni asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Ammo shuni hisobga olish lozimki mahsulot sotuvidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha tushgan tushum dinamik o‘zgarishlari korxona faoliyatini mukammal baholash imkoniyatiga ega emas. Chunki tushumning ko‘payishi uning harajatlar elementlarini ortishi hisobiga yoki mahsulot ishlab chiqarish birligini oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Modomiki, hozirgi iqtisodiy islohotlarni asosiy yo‘nalishi mahsulot ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘lini emas balki intensiv yo‘nalishlarini istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib beradi. Bunday sharoitda mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum miqdorining ortganligini moliyaviy samaradorligini baholash uchun uning taqsimlanishi yo‘nalishlarida pul okimlarini baholashni lozimligini ko‘rsatadi.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi moliyaviy mablarlarni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Moliyaviy mablarlarni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi.
Shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti obyektiv taraqqiyotining shiddatliligi va o‘tish davriga hos ziddiyatlarning mavjudligi ko‘pchilik korxonalarni to‘lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishga olib keladi. Bu sharoitlarda moliyaviy mablarlarning mohiyatini faqatgina pul mablarlarining tashkil topish manbai sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to‘la yorita olish imkoniyatini bermaydi, hamda korxonalar moliyaviy mablarlarni okilona boshqarishning ahamiyatini tushunib yetmaslikka olib keladi. Shunday qilib korxonalar moliyaviy mablarlari mohiyatini urganish va ularni yanada samaralirok harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarning meyordagi faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy mablarlarsiz erishib bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy mablarlarning yetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kredit qaytarilishining o‘z vaqtidaligini ta’minlash kafolatidir. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda korxonalar to‘lovga layoqatliligi muammosi jiddiy va iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish davridagidan ham o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mol yetkazib beruvchilar uchun hissadorlar uchun, banklar kreditlari uchun bozordagi raqobat kurashida majburiyatlarini vaqtida bajara oladigan va moliyaviy mablarlardan samarali foydalanadigan korxona yutib chiqadi.
Shunday qilib, korxona to‘lovga layoqatliligi muammosining keskinlashuvi va bu bilan borliq tarzda moliyaviy mablarlar rolining o‘sishi moliyaviy mablarlarning mazmunini, shakllanish va ishlatilish jarayonini tushunishga yangicha yondashuvni hamda ularni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘llarini beliglaydi.
Moliyaviy mablarlar tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mablarlari fondlari) singari korxonalar moliyaviy mablarlari o‘sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega biroq, pul mablarlari fondlari moliyaviy mablarlar ishlatilishining yagona yo‘nalishi emasdir. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy mablarlar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil kilmasdan ham ishlatilishi mumkin. Moliyaviy mablarlarni pul mablarlari manbalari sifatida, ya’ni ularning tashkil topish shakllari va usullariga ko‘ra tushunish, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon haqiqatlarini to‘la hisobga olmayotir.
Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy mablarlarini muhim manbai bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin. Biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi imkoniyatlarini kafolatlamaydi.
Korxonalar moliyaviy mablarlarini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini to‘la aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxonalar moliyaviy mablarlari mazmunini ularning o‘z majburiyatlri bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mablarlarining yigindisi sifatida tushunish mumkin.
Bu o‘rinda I.T.Balabanovning “Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy mablarlarini uning ixtiyorida mavjud bo‘lgan pul mablarlari tashkil etadi” degan fikrga qo‘shilish mumkin. Moliyaviy mablarlar mohiyatini shunday talqin etishning yana bir yorqin misolini E.A.Kozlovskaya boshliq mualliflar fikrida ko‘rish mumkin “korxonaning moliyaviy mablarlari -uning ixtiyorida bo‘lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo‘yicha va xodimlarni iqtisodiy rarbatlantirish bo‘yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir”. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul mablarlari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablarlari hamda qimmatbaho qorozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qorozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o‘z o‘rnini egallaydi.
Korxonalar moliyaviy mablarlarini pul mablarlari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mablarlarning dinamik harakatchanligini ya’ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o‘zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mablarlarni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatining yukligi shu bilan belgilanadiki mablarlarning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir. Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to‘lovlarining o‘z vaqtidaligini ta’minlash uchun moliyaviy mablarlar harakati jarayonini boshqarish zaruriyati vujudga keladi.
Moliyaviy mablarlarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to‘rri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
-shaxsiy jamrarmalar (xususiy korxona uchun);
-hissadorlik kapitali;
-shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari;
-budjet mablarlari uzoq muddatli kredit.
Moliyaviy mablarlarning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladiki ularning asosiylari qo‘yidagilar:
-moliya-bank tizimi muassasalariga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlar, kreditning qaytarilishi, sururta to‘lovlari va x.k.);
Korxona o‘z mablarlarining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan borliq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi
-shablarlarning qimmatbaho qorozlarga investitsiya qilinishi;
-moddiy rarbatlantirish va sotsial - madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi;
-hayriya exson maqsadlari va boshqalar.
Moliyaviy mablarlar bu davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘lida tashkil topuvchi pul daromadlari, jamrarmalar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta’minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy rarbatlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallanadi. Moliyaviy mablarlar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mablarlar ikki turda bo‘ladi.
Makromablarlar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi.
Mikromablarlar, ya’ni xo‘jalik subyektlari moliyaviy mablarlari.
“Korxona moliyaviy mablarlari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rarbatlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mablarlar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mablarlari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mablarlarini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mablarlari hamda ularga tenglashtirilgan mablarlar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mablarlar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mablarlar. A.Ulmasov va M. Sharifxujayevlar esa moliyaviy mablarlar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mablarlar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.
Moliyaviy mablarlarning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablarlarini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi.
Ustav fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yirindisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablarlari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin.
Moliyaviy mablarlarning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy mablarlar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablar hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda
Bizning fikrimizcha, korxonalar moliyasi uchun muhim hisoblangan mahsulot sotuvi tushunchasining mohiyatini aniqlash uchun qo‘yidagilarni ko‘rib utish lozim:
Birinchidan- sotuvdan tushum qiymatning tovar shakli bilan pul shaklini o‘zaro almashishi hisoblanadi. Sotib oluvchi tomonidan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida tovar pul shakliga almashadi; ikkinchidan-subyektlar mulklari o‘zaro almashadi: tovarlarni to‘lovini sotib oluvchi amalga oshirganga kadar tovarlar mulkiy egaligi ishlab chiqaruvchida bo‘ladi. Tovarlarning to‘lovlari amalga oshirilgandan so‘ng sotib oluvchi mulkchilik subyektiga aylanadi.
Bu ikki jarayonning majmuasi, ya’ni mulk va qiymat shaklining o‘zaro almashuvi sotuv qilingan mahsulot tushunchasining iqtisodiy mohiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, tayyer mahsulotning tovarlarni o‘zaro ayriboshlash operatsiyalari uchun foydalaniladigan qismini sotuv qilingan mahsulotga kiritish mumkin emas (Barter operatsiyalari).
Bizning fikrimizcha, bunday shartnomalarning amalga oshishi qonunchilik bilan cheklanishi lozim, modomiki, bu mamlakatdagi pul muomalasini buzilishiga olib keladi, mahsulot sotuvidan foyda miqdorini kamaytiradi va soliqqa tortishda chetlashish holatlarini vujudga keltiradi. Mahsulot sotuvdan tushum o‘lchoviga sotuv qilingan mahsulotning miqdori assortiment ko‘rsatkichlari, sotuv qilinadigan mahsulotlarning sifati, hisob kitob tartiblari va baholar ta’sir qiladi.
Mahsulot sotuvidan tushumning miqdoriga ishlab chiqarish xajmi borliq bo‘ladi va sotuv davrining boshi va oxiridagi sotuv qilinmagan qoldik mahsulotlar ulchamiga borliq. Umuman, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va mahsulot ishlab chiqarish birligini yuqori samaradorligini ta’minlash xukumatimiz tomonidan asosiy masala sifatida kuyilishi sharoitda korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumni rejalashtirish va uning sifat ko‘rsatikichlarini oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini yaratish muhim hisoblanadi.
Sotuv qilingan mahsulotlarning assortiment ko‘rsatkichlari tushumga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida tushumga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Tovarlar bahosini o‘sishi sharoitida mahsulot assortimentlarining ham yuqori bo‘lishi tushum miqdorining oshishiga olib keladi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, tushumning miqdor ko‘rsatkichlariga baholarning o‘sishiga to‘rri proporsional ammo, teng shart sharoitlarda baholarning o‘sishi mahsulot sotuvini xajmini pasaytiradi. Natijada korxonalarning yetarli darajadagi pul tushumlari shakllanmaydi. Bu holat albatta, birlamchi darajadagi to‘lanishi zarur bo‘lgan joriy majburiyatlarni qaytarish imkoniyatini pasaytiradi va korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi mumkin.
Sotuv qilingan mahsulotning sifati ham tushum o‘lchoviga ikki tomonlama ta’sir etadi. Tayyer mahsulot bahosiga uning sifati va iste’mol xususiyati ta’sir qiladi.
Mamlakatdagi to‘lov hisob kitob tartiblari ham sotuvdagi tushumga ta’sir etadi.
Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mohiyati nuqtai nazardan ikki elementdan tashkil topadi. Birinchisi, yalpi daromad ikkinchisi pul jamrarmalari.
Mahsulot sotuvidan tushum taqsimot munosabatlarining bosh moliyaviy ko‘rsatkichlari sifatida o‘ziga hos xususiyat kasb etib bunday xususiyatlar turli mulk shakllarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalar nuqtai nazardan turkumlanadi. Xususan, moddiy ishlab chiqarish korxonalarida asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi sifatida olingan foydaning bosh moliyaviy manbai ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida esa ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga olingan pul tushumlari asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini moliyaviy manbai hisoblanadi. Umuman olganda moliyaviy nuqtai nazardan bu ikki xo‘jalik subyektida mahsulot sotuvidan tushumning shakllanishi bir mazmunni anglatadi ya’ni avanslangan kapitalning foydaliligi, samaradorliligini belgilab beruvchi bosh moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining texnik iqtisodiy asoslari nuqtai nazardan korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumning shakllanish yo‘nalishlari farklanadi. Masalan, moliyaviy sektor institutlarida mahsulot sotuvidan tushgan tushum emas balki operatsion daromadlar sifatida hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushum moliyaviy kategoriya sifatida taqsimot munosabatlarining asosiy manbai hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum moliyaning asosiy harakterli belgilaridan bo‘lgan pul fondlarini shakllantirishdagi asosiy moliyaviy manbalardan biri hisoblanadi.
Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarakteridan iborat bo‘lgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi
-moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablarlar;
-moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablarlar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablarlari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot sotuvidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablarlarga xususiy aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qorozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi.
+ayta taqsimlash tartibidagi pul mablarlariga sururta to‘lovlari, dividendlar va foizlar, pay badallari, budjet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy mablarlar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan kamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy mablarlarga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirigan pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy mablarlarning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablarlar hisoblanmokda.
Ishlab chiqarish samardorligini yuksalishi mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum tarkibidagi harajatlarni minimallashtirish va korxona manfaatdorligini asosi hisoblangan foydani tushum tarkibidagi salmogini yuqori bo‘lishi bilan belgilanadi. Buday holatda korxonalar extiyoji uchun zaruriy bo‘lgan moliyaviy mablarlar miqdorini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va balans likvidliligi bilan aniqlanadigan moliyaviy muvaffakiyatlarini anglatadi. Joriy davr mobaynida mazkur mablarlarga extiyojlar va ulardan samarali foydalanish moliyaviy rejalashtirish jarayonida aniqlanadi.
Har bir korxonaning faoliyati ravnaq topib boraverishi va foydaning ortib borishiga, albatta, ko‘pgina ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan biri korxonanning moliyaviy natijasi bo‘lsa, ikkinchisi, tovar mahsulotini sotuv qilish natijasida tushgan pul tushumlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Korxonalar mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishi o‘ziga hos harajatlar tizimi vositasida amalga oshiriladi va bunday harajatlarning funksonal vazifalariga ko‘ra turli xil markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlari va korxona oldidagi moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1999 yilda joriy etgan “Mahsulot ishlab chiqarish va sotuv qilishda tannarax tarkibiga kiruvchi harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi” to‘rrisidagi nizomi bo‘yicha mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishidagi harajatlar tizimining qo‘yidagi elementlari ko‘rib o‘tiladi:

  1. 1.Harajatlarni ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalariga borliq ravishda:

  2. -ishlab chiqarish harajatlari;

  3. -noishlab chiqarish harajatlari.

  4. 2.Mahsulotning qiymatiga olib borishiga borliq ravishda:

  5. -to‘rri harajatlar;

  6. -egri harajatlar.

  7. 3.Sotuv qilingan mahsulot bilan chegirish vaqtiga borliq ravishda:

  8. -tannarx tarkibiga kiritiladigan harajatlar;

  9. -davr harajatlari.

  10. Sotuv qilingan mahsulot o‘zgarish reaksiyasiga borliq ravishda:

  11. -O‘zgaruvchan harajatlar;

  12. -Doimiy harajatlar;

  13. -Doimiy- o‘zgaruvchan harajatlar.

  14. Mahsulot sotuvidan tushgan tushum tarkibidagi foyda miqdoriga qo‘yidagi omillar ta’sir qiladi:

  15. Sotilgan mahsulot xajmining o‘zgarishi. Bu omil korxona faoliyatiga borlik (ichki omil), chunki, mahsulot qancha ko‘p sotilgan bo‘lsa, foyda ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

  16. Ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi. Bu omil ham ichki xususiyatga egadir. Chunki, mahsulot tannarxi qancha kamaysa, foyda mutanosib tarzda ko‘payadi.

  17. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar darajasining o‘zgarishi.

  18. Ulgurji bahoning o‘zgarishi. Bu omil tashqi xususiyatga ega bo‘lib, ya’ni korxona faoliyatiga bevosita borliq emas.

  19. Kushilgan qiymat soligi stavkasining o‘zgarishi (tashqi omil);

  20. Mahsulot assortimenti va tarkibining o‘zgarishi.

Albatta yuqoridagi omillar foydaga ta’sir etadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumga ta’sir etuvchi omillar bu asosan foydaga ta’sir etuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek mahsulot ishlab chiqarishda assortimentini ko‘pligi, mamlakatdagi baho tizimi, egri soliqlarning amaldagi holati kabi omillar sotuvdan tushgan tushumga ta’sir etadi.
Korxonalarda shakllantirilgan mahsulot sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi va moliyaviy faoliyatning samardorligini baholovchi sof foyda ko‘rsatkichining shakllanishigacha bo‘lgan taqsimot munosabatlari jarayonida korxonanning pul okimlari baholash imkoniyatiga ega bo‘linadi. Bunday baholash natijasida foydaga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanadi.
Turli mahsulotlar turlicha rentabellik darajasiga egadir. Binobarin, korxonalar assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasiga rioya kilmasalar, bu holat ularning foydasi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ichki xususiyatga egadir. Agar, korxona mahsulot assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini 100%ga bajarib foyda olgan bo‘lsa bu korxonaning yutugidir. Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foydani tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlar yillik hisobotning №2 “Moliyaviy natijalar to‘rrisidagi hisobot” nomli shakli olinadi.
“A” korxonani 2001 yil yakuniga ko‘ra tovar sotishdan kelgan tushumni taqsimlanishi va foydani tahlili.
№2 jadval
Jadval ma’lumotlaridan kurinib turibdiki, korxonaning umumiy iqtisodiy faolligi pasaygan. Chunonchi, mahsulot sotishdan tushgan tushum keyingi yilga utib 89,8%ga pasayishi kuzatiladi. Shuningdek korxonaning moliyaviy faoliyatida ham pasayish tendensiyasini kuzatiladi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibidagi ishlab chiqarish tannarxi harajatlari bilan birgalikda, noishlab chiqarish harajatlarining pasayish dinamikasi sotishdan tushgan tushum, soliqli harajatlar va foydani pasayishiga nisbatan past darajada pasaygan. Bu holat korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini kamrok harajat qilib ko‘prok foyda olish prinsipiga zid bo‘lganligini kuzatiladi. Agar kuzatadigan bo‘lsak mahsulot sotuvidan tushgan tushum 10,2%(100%-89,8%) ga kamaygan holatda olingan foyda 38%(100%-62%) ga kamaygan. Bu holat korxonada umumiy ishlab chiqarish sur’ati pasayibgina qolmay mahsulot sotishdan kelgan foyda ko‘rsatkichini sezilarli ravishda pasayganligini kuzatiladi. Korxonaning sotuvdan rentabellik darajasi 2,4% dan 1,7% ga ya’ni joriy davr rentabelligi 0,7% o‘tgan davrga nisbatan pasayishi kuzatiladi.
Agar kuzatadigan bo‘lsak, sotuvdan tushgan tushumni pasayishiga bir necha omillar ta’sir qilmoqda. Chunonchi, mahsulot ishlab chiqarishda tannarx harajatlarining ortishi natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarishni nisbatan qisqartirgan. Tannarx tarkibidagi ish haqi,xom ashyo harajatlari va amortizatsiya kabi harajat elementlarining ortishi baholarni shakllantirish siyosatidagi o‘zgarishlar va korxonaning sotuv qilingan mahsulotlari tannarxini nazorat qilish qobiliyatini pasayganligi bilan belgilanadi. Tannarx harajatlarini ko‘payishi natijasida korxonada yalpi daromadning shakllanish samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasaygan. Bu hol foydani shakllanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mazkur koeffitsiyent dinamikasidagi negativ o‘zgarishlar korxona tomonidan moddiy- ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish yoki zaruriy maxsulot baholarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tasdiqlaydi.
Foydaga 3 funksiya hosdir:
-u iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini ko‘rsatib turadi,
foydaning manfaatdorlik funksiyasi taqsimoti va undan foydalaniladi va namoyon bo‘ladi;
foyda korxonalarning moliyaviy mablarlarini manbaini, mahalliy va davlat budjetlarining daromad qismlarini manbalarini shakllantirishning asosidir.
Korxonalar foydaning xajmiga obyektiv harakterdagi ishlab chiqarish jarayoniga borliq omillar va xo‘jalik faoliyatiga borliq bo‘lmagan obyektiv omillar ta’sir qilishi mumkin. Obyektiv omillarga: iste’mol qilinayotgan material va quvvat beruvchi mablarlarning baho darajasi, amortizatsiya ajratmasining meyoriy bozor konyukturasi kiradi.
Intensiv omillar moliyaviy soglomlashtirish, samarli soliq tizimini tashkil qilish hisobiga korxonalar o‘z foydalarini ko‘paytirib beradi.
Iqtisod bir meyorda xali to‘la izga tushmagan ishlab chiqaruvchilarning monopol sharoiti ma’lum darajada saqlanib turgan iste’mol bozorida rakobat deyarli yuk. Inflyatsiya sharoitini utayotgan iqtisodiyotning hozirgi axvolida turli mulkchilik shakllarida korxonalarning foydasini ko‘payishi asosan, iste’mol tovarlarini bahosini sun’iy ravishda oshirish hisobiga amalga oshirish mumkin, ya’ni bunda, foyda tuldirilishi ko‘payishi inflyatsiya okibatida amalga oshadi. Bunda ishlab chiqarishning xajmi bilan foydaning miqdori o‘rtasida o‘zaro borliqlik yuk bo‘ladi.
Iqtisodiyotning izdan chiqqanligi natijasida xo‘jalik yuritish mexanizmlarining ta’siri samarali bo‘lganligi okibatida foydaning o‘ziga hos funksiyalari to‘la darajada ishlamaydi. Shu sababli ko‘plab korxonalarda maksimal foyda olinishi bilan ta’minlash. qo‘yidagi intensiv omillar hisobiga xo‘jalik subyektlariga nisbatan samarali soliq tizimini tashkil qilish.
Foyda turli iste’molning iqtisodiy mazmuniga qarab moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Foydaning taqsimoti jarayonida davlat organlari orqali jamiyatning manfaati xo‘jalik subyektining bu xo‘jalik bilan munosabat turi bo‘lgan hamma xo‘jalik subyektlarining manfaati ayrim ishchi xizmatlarining manfaati alohida- alohida hisobga olinadi. Taqsimotning obyekti yalpi foyda hisoblanadi. qonunchilik asosida yalpi foydaning bir qismi soliqli va soliqsiz majburiy to‘lovlar sifatida davlat budjetiga mahalliy budjetga kelib tushishi ta’minlanadi.
Hissadorlik jamiyatlarida foydani soliqka tortishga zaxira jamrarmalalarini shakllantirish tartibi e’tiborga olinadi.
Foydaning taqsimoti quydagi tamoyillardan kelib chiqadi:
birinchi navbatda budjet oldidagi moliyaviy smajburiyatlar bajariladi;
turli mulkchilik shakllaridagi foydaning qolgan qismi iqtisodiy asoslangan proporsiyalarda jamrarmalarga va iste’molga bo‘linadi.
Jamrarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nisbatni aniqlashda ishlab chiqarish fondlarining va yetishtirilayotgan mahsulotlar rakobatbardoshlik holati hisobiga olinadi.
Xo‘jalik subyektlari korxona ixtiyorida qolgan sof foydani taqsimlash jarayonida foydani taqsimlash usulini o‘zlari mustaqil xal qiladilar.
6. Soliq to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismi, korxonaning mulkini ko‘paytiradi va jamrarish jarayonida katnashadi.ikkinchi qismi foydaning iste’molga ishlatilayotgan miqdorini belgilaydi. Bunda jamrarishga yunaltirilgan barcha mablarlarni to‘la ishlatib yuborish shart emas. Mulkni ko‘paytirishga ishlatilmagan foydaning qoldigi muhim zaxira ahamiyatiga ega va keyingi yillarda kurilishi mumkin bo‘lgan zararni koplash uchun, turli harajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalar to‘rrisidagi qonuning 18-moddasida shunday deyiladi “Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarniumumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichi ishlab chiqarish samarodorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri bu foydadir. Foyda korxonalar rivojlanishing birdan-bir manbasi hisoblanadi. qilingan daromad xajmiga qarab mustaqil mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatga baho beriladi. Foyda korxona faoliyatining asosiy manbai hisoblanib, uning xajmining ko‘payganligi o‘z-o‘zini mablar bilan ta’minlash va moliyalashga, kengaytirilgan ishlab chiqarish tashkil etishga hamda mehnat jamosining ijtimoiy talabini qondirishda ishlatiladi.
Shuningdek olingan foyda hisobidan budjet, bank va boshqa tashkilotlarga bo‘lgan to‘lov majburiyatlari bajariladi. O‘z foydasi hisobiga sarmoyalash korxona qarzning miqdorini ko‘paytirmaydi, sarmoyasini moliyaviy tarkibini o‘zgartirmaydi, foiz to‘lashlarni ustirmaydi va sarmoyani kamaytirmaydi.
Foyda korxonaning xo‘jalik faoliyati, moliyaviy faoliyatini natijasida va favkulotdda foydalar va zararlar hisobidan olinishi mumkin bo‘lgan uch tarkibiy qismidan shakllantiriladi.
Xo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatida olingan moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan foydaning hissasini kursatadi.
Moliyaviy faoliyat moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning moliyaviy foliyatidan olingan foydaning xissasini ko‘rsatadi.
Favkulotdda foydalar va zararlar umumiy moliyaviy natijada favqulodda foydalar va zararlarning xissasini ko‘rsatadi.
Tahlil qilinayotgan davr 3-yil bo‘yicha foydani shakllantirishning yakuni sifatida qo‘yidagi 4-jadvaldan foydalanamiz.
“A” hissadorlik jamiyatida foydani shakllantirish tarkibi(foiz hisobida)
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki “A” hissadorlik jamiyatida foydaning asosiy hissasi xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda hisobiga shakllangan. Bu hol mazkur tarmok korxonalarning ko‘pchiligi uchun ham hosdir. Bunda favqulotdda foydalar va zararlar bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, korxona foyda olishning manbalaridan biri moliyaviy faoliyatni ko‘paytirish kerak bo‘ladi hamda bu faoliyatdan qurilayotgan zararlarni oldini olish lozim.
Korxona foydasi bir qancha ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Ular quyidagilardir.
Sotuvdan tushgan sof foyda mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan qo‘shilagan qiymat soliri va aksiz soliri olib tashlanganidan keyingi summa, ya’ni korxonaning sotuvdan olgan daromadi.



Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish