3. Tovarning hayotiylik davri
Ma’lumki, har bir tovar o‘zining hayotiylik davriga ega bo‘lib, to‘rt bosqichdan iborat:
tovarning bozorga kiritilishi;
o‘sish;
etuklik;
qarish.
Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan tovarning hayotiylik davri haqida ishonchli ma’lumotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o‘xshash yoki xuddi shunday tovarlar mavjud bo‘lgan hollarda ortadi. Aks holda tadbikror ishlab chiqqan tovarni bozorga kiritish o‘rnini bosuvchi tovarning qarish bosqichiga to‘g‘ri kelishi mumkin. bunda bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va uni ishlab chiqarishni darhol to‘xtatishga to‘g‘ri keladi.
Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning hayotiylik davrini u tugagan taqdirdagina aniq bilish mumkin bo‘ladi. SHu sababli hayotiylik davri tugagandan so‘ng mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda bo‘lganligini aytib bera olsak, «hayot» davrida barcha hisob-kitoblar taxminiy xarakterga ega bo‘ladi.
Firmalar tovar haqiqatda o‘sish bosqichida turgan bir paytda u etuklik bosqichga kirdi deb, unga e’tiborni susaytirgan hamda qo‘shimcha foyda olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan hollar ko‘p kuzatilgan. Ko‘pincha buning aksi ham bo‘lib turadi. Tovar o‘sish bosqichida deb hisoblagan firma uni o‘zlashtirishga kirishadi. Tekshirib ko‘rilganda esa, tovarning etuklik bosqichidan o‘tganligi ma’lum bo‘lib, firmaning omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to‘planib qoladi. Aynan shu sababli «ikkinchi to‘lqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqarishni mljallab turgan tovarning hayotiylik davri bosqichini to‘g‘ri topa olishlari lozim bo‘ladi. Bu yangi tovarlarni ishlab chiqish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
SHunday qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va boshqa firmalarning o‘xshash tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o‘sish bosqichidagi raqobatbardosh tovarlarga ehtiyoj sezadi.
Tovar o‘sish bosqichida bo‘lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-harakatlarini uni sotishga qaratadi va ko‘p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab chiqish imkoniyatig aega bo‘lmaydi. Biroq, o‘sish surati pasayishni boshlagan paytda bu haqda o‘ylash kech bo‘ladi.
Xulosa
Biznes-rejaning «Korxona mahsulotini tavsiflash» bo‘limi korxona mahsloti, ish va xizmatlarini tavsiflashi mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ham qamrab oladi.
Korxona mahsulolarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qatoriga mahsullotning funksional ko‘rsatkichlari v atavsifnomasi, o‘ziga xos va original jihatlari, mahsulotning hayotiylik davri sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek, korxonaning mahsulotni muvaffaqiyatli chiqarish va tarqatishini ta’minlash imkoniyatlarini kiritish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Maxmudov E.X.. Isoqov M.Yu. Biznes - rejalashtirish. O’quv qo'llanma. —T.: O'zbekiston yozuvchilar uvushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti
Isakov M.YU. «Biznes-rejalashtirish» fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasi / «Iqtisodiy ta’limda o‘qitish texnologiyasi» seriyasidan
http://hozir.org/
Do'stlaringiz bilan baham: |