2. Korxona kapitalini shakllantirish prinsiplari.
Korxona xo‘jalik faoliyatini samarali darajasi ko‘p hollarda uning kapitali shakllanishini mmaqsadli yo‘naltirilganligi bilan aniqlanadi. Korxona kapitali shakllanishini asosiy maqsadi bu zaruriy aktivlarni sotib olishda iste’molni qondirish va uning tarkibiy samarali ta’minlash tomonidan undan foydalanishni bildiradi.
1. Korxona xo‘jalik faoliyatini kelajakda rivojlanishini hisobga olish: kapital hajmi va tarkibini shakllanishi jarayoni uning xo‘jalik faoliyatini ta’minlash vazifasiga bo‘ysunishi nafaqat korxonaning boshlang‘ich bosqichi xarakatida shuningdek, yaqin kelajakdagi faoliyati uchun ham ta’luqlidir. Bunday kelajakda rivojlanishni ta’minlash korxona kapitallari shakllanishi barcha hisoblarni qo‘shish yo‘li bilan yangi korxonalarni tashkil etish, biznes reja loyihalarini tuzish va boshqalarga bog‘liq.
2. Korxonada shakllantirilgan aktivlari hajmini jalb qilingan kapitallari bilan mos kelishini ta’minlash. Korxonalar kapitalga bo‘lgan umumiy ehtiyoji uning oborot va oborotdan tashqari aktivlariga bo‘lgan ehtiyojidan tuziladi.
Yangitdan tashkil bo‘layotgan korxonalar uchun zarur bo‘ladigan kapitalga umumiy ehtiyoji oldiga turadigan xarajatlarni 2 guruhga ajratiladi: 1. Korxonani tashkil etish oldi xarjatlari; 2. boshlang‘ich kapital.
Yangi tashkil etilayotgan korxona bo‘yicha tashkil etish xarajati o‘zida katta bo‘lmagan moliyaviy mablag‘lar summasiga teng bo‘lib, u korxonada biznes-reja ishlab chiqish va shu bilan bog‘liq boshqa kuzatuvlarni moliyalashtirish uchun zarur xarajatlarini aks ettiradi. Bu xarajatlar bir martali xarakterga ega, ammo ma’lum belgilangan kapital xarajatlarini belgilaydi, ular odatda uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘rinni oladi.
Boshlang‘ich kapital yangi tuzilayotgan korxonalar aktivlarini shakllantirish uchun bevosita qaratilgan bo‘lib, uning xo‘jalik faoliyatini boshlash maqsadida tuziladi.
Yangi tuzilayotgan korxonada kapitalga bo‘lgan umumiy ehtiyojlarini aniqlashda odatda ikki asosiy usuldan foydalaniladi:
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob usuli – bu yangidan tuzilayotgan korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshlash maqsadida ma’lum belgilangan zaruriy aktivlar summasini aniqlash orqali uning kapitalga umumiy ehtiyoji hisoblanadi. Bu hisob usuli quyidagi algoritmdan chiqadi: Aktivlarni umumiy summasi jalb qilingan (joylashtirilgan) kapitalni umumiy summasiga teng. Aktiv q kapital.
Bu yangi tuzilayotgan korxonalar aktivlarga ehtiyoji 3 ta variantda hisoblanadi. (minimal zaruriy aktivlar summasi, zaruriy aktivlar summasi, maksimal zaruriy aktivlar summasi, ya’ni alohida shakllar bo‘yicha sg‘urtali zahiralarini yetarli hajmda ta’minlashi.
- Bilvosita hisob usuli. Kapitalga umumiy ehtiyoji ko‘rsatkichlardan foydalanishi orqali oydinlashadi. «Mahsulotni kapital hajmi» bu bir birlik ishlab chiqariladigan mahsulot yoki sotilgan mahsulotga kapital hajmi hisobga olinadi. (o‘z va jalb qilingan kapital). Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Пк қ Кп + ОР + ПРк,
Pk q yangi korxonani tuzish uchun umumiy kapitalga ehtiyoj.
Kp q mahsulotga kapital hajmi ko‘rsatkichi (tarmoq va anologik).
OR q rejalashtirilgan o‘rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish.
PRk q startovoy xarajatlar.
3. Kapital tarkibini uni samarali xarakati yo‘li bilan optimallashtirishni ta’minlash. Korxona faoliyatini yuqori yakuniy natijalarini shakllantirish shartini ahamiyatli darajasi foydalaniladigan kapital tarkibidan iborat.
Kapital tarkibi o‘zida o‘zining xo‘jalik faoliyati jarayonida o‘z va jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni, korxonada foydalanishni solishtirishni ifodalaydi. Korxonada foydalaniladigan kapital tarkibi bir qator jihatlar bilan aniqlanadi, u nafaqat moliyaviy balki uning operatsion va investitsion faoliyatini ifodalaydi. U aktivlarning rentabelligi va o‘z kapitallari koeffitsentlariga ta’sir qiladi. Shuningdek, (iqtisodiy va moliyaviy rentabellik darajasiga) moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobillik koeffitsentlar tizimini aniqlaydi va yakuniy hisobda foydalilik darajasini va xavf-xatarlarni korxona rivojlanishi jarayonida shakllantirishni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |