Fanning maqsadi ta'lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o‘rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari (masalalari) bo‘yicha qaror qabul qilish ko‘nikmalarini singdirishdadir. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, gap bo‘lajak mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va
daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan yo‘llarni topish haqida bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |