Mehnatga ishbay haq toʼlash - ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, koʼrsatilgan xizmat) uchun toʼlanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda koʼpincha faqat ishbay emas, balki ishbaymukofotli haq toʼlashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay-mukofotli haq toʼlashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega boʼladi. Mukofot asosan maʼlum bir koʼrsatkichlarga erishish – mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi. Mehnatga vaqtbay haq toʼlash tarif tizimida koʼzda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt – kalendar vaqt emas, balki meʼyor vaqt uchun toʼlanadigan haqni anglatadi. Vaqtbay-mukofotli haq toʼlashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga maʼlum bir foiz hisobida mukofot ham oladi. Mehnatga akkord haq toʼlash tizimi mehnatga ishbay haq toʼlashning bir turi boʼlib, uning mohiyatiga koʼra, bunda bajarilishi kerak boʼlgan ishlar muddatini koʼrsatgan holda baholash amalga oshiriladi. Korxonada quyidagi hollarda akkord haq toʼlash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
A) korxona biron-bir buyurtmani oʼz vaqtida bajara olmasa va buning uchun shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima toʼlaydigan boʼlsa; B) korxonaning toʼxtab qolishiga sabab boʼluvchi favqulodda vaziyatlar (yongʼin, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga koʼra asosiy texnologik liniyalarning ishdan chiqish hollari) roʼy berganda;
C) alohida ishlarni bajarishga oʼta zarurat tugʼilganda yoki korxonada yangi asbob-uskunalar ishga tushirilganda. Koʼpchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi. Sanoat ishlab chiqarishida mehnatga haq toʼlashni tartibga solish sohasidagi amaliy qadamlar haqida gapirganda, shuni qayd qilib oʼtish kerakki, xodimlarning turli toifalari mehnatiga haq toʼlash darajalarini tabaqalashtirish uchun yagona tarif stavkasi (YaTS) ishlab chiqilgan va joriy etilgan boʼlib, u bir xil murakkablikdagi ish uchun barobar haq toʼlash imkonini beradi.
Mehnatga haq toʼlashni davlat yoʼli bilan tartibga solish kam taʼminlangan, ish haqi oladigan xodimlarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida ish haqining eng kam miqdorini belgilaydi. Sanoat sohasida ish haqini tashkil etishda yagona tarif setkasi asosida asosiy ish haqini shakllantirish usulini yoki mehnatga haq toʼlashning tarifsiz tizimini tanlash muhimdir. Yagona tarif setkasi ustuvor boʼlib, undan foydalanganda xodimlar ish haqini yanada obʼektivroq tabaqalashtirishga erishiladi. Biroq iqtisodiy ahvol doimiy ravishda oʼzgarib turishi sababli korxonalarda koʼpincha tarif stavkalarni oʼzgartirishga toʼgʼri keladi, bu esa kata mehnat xarajatlariga olib keladi. Mehnatga haq toʼlashning tarifsiz tizimi ish haqini korxona ishining haqiqiy natijalariga toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliq qilib qoʼyadi. Ish haqini hisoblash esa kamroq mehnat talab qiladi, lekin bu faqat kichikroq korxonalarga taalluqlidir. Koʼplab korxonalar ish haqini hisoblashda anʼanaviy tarif tizimidan foydalanib kelmoqdalar. Bunday korxonalarda mehnatga haq toʼlashni tashkil etishning asosiy elementlari mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Mehnatni meʼyorlash – ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning natijalarini vaqt meʼyorlari, soni, xizmat koʼrsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish meʼyorlangan topshiriqlar meʼyorlarini aniqlashdir. Bular boʼlmasa, mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qoʼshgan alohida hissasini hisobga olib boʼlmaydi. Ish haqining shakllari va tizimlari – mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shartsharoitlariga) bogʼliq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir. Tarif tizimi turli meʼyor materiallar majmuidan iborat boʼlib, ular yordamida korxonadagi xodimlar ish haqi darajasi ularning malakasi, ishlarning murakkabligi, mehnat sharoitlari, korxonalarning joʼgʼrofik joyi va boshqa tarmoq xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga – tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka maʼlumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar lavozimlarining tarif maʼlumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va qoʼshimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi. Koʼplab korxonalar ish haqini hisoblashda anʼanaviy tarif tizimidan foydalanib kelmoqdalar. Bunday korxonalarda mehnatga haq toʼlashni tashkil etishning asosiy elementlari mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Mehnatni meʼyorlash – ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning natijalarini vaqt meʼyorlari, soni, xizmat koʼrsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish meʼyorlangan topshiriqlar meʼyorlarini aniqlashdir. Bular boʼlmasa, mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natjalarga qoʼshgan alohida hissasini hisobga olib boʼlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |