korxona bu -huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub'ekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste'molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq SSSR iqtisodiyoti yagona xalq xo`jaligi majmuasi sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh
respublikalarning butunittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va
“Markaz” tomonidan belgilab berilgan yo`nalishlar asosida o`z milliy iqtisodiyotini ham rivojlantirishi aks ettirilgan. Birlik, birdamlik, yaxlitlik aslida qayotning ijobiy kategoriyalari qisoblanadi. Biroq davlat boshqaruv qolatidan va birinchi o`rinda respublikalarning imkoniyatlari va manfaatlari nuqtai nazaridan qaraganda bunday “birlik” respublikalarga ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning muqim masalalarini mustaqil qal qilish imkonini bermasdi. Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investitsiyalar asosan umumittifoq “qozoni”dan olinardi va ko`pincha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o`zida ham respublika, qam butunittifoq vazirliklariga va maqkamalariga bo`ysunar edi. Ittifoqdosh respublikalar SSSRning yagona xalq xo`jaligi majmuasi tarkibida so`nggi bor qatnashgan 1990 yil bo`yicha statistik ma`lumotlar O`zbekiston iqtisodiyotining aqvoli va tuzilmaviy tuzilishi to`g`risida ma`lum bir tushuncha beradi: jami ishlab chiqarilgan sanoat maqsulotlarida markazga bo`ysinuvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan maqsulotlar salmog`i 33%, sanoat va ishlab chiqarishda mashg`ul bo`lgan xodimlar miqdorida - 35%, sanoat va ishlab chiqarish asosiy fondlarida 65%ni tashkil qilgan bo`lsa, respublik qukumatiga bo`ysunuvchi korxonalar esa mos ravishda 67%, 65% va 35%ni tashkil etgan. O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o`zgarishlariga sabab bo`ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot saloqiyatlarini mustaqkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo`naltirilgan, bozor munosabatlariga o`tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloqot qilishning beshta muqim tamoyiliga asoslangan qamda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni qimoya qiluvchi zaruriy qonun qujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol’ ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo`g`ini bo`lish bilan birga maqsulot ishlab chiqarish, aqoliga xizmat ko`rsatish tufayli iste`molchilarning talablarini qam qondiradilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma`muriy buyruqbozlik xo`jaligidan farqli o`laroq iqtisodiy faoliyat markazi barcha iqtisodiyotning asosiy bo`g`ini bo`lmish – korxonalar tomoniga siljib o`tadi. Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo`g`ini bo`lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari qal etiladi. Maqsulotlar yaratish va xizmatlar ko`rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko`nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan qoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi. Korxona ish o`rinlarini beradi ish qaqi to`laydi soliqlar to`lash yo`li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi. Aynan korxonada maqsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o`zaro aloqasi amalga oshiriladi. Korxona o`z faoliyatini o`zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan maqsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to`lovlarni to`lagandan so`ng qolgan qismini tasarruf etadi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maqsulotlar qajmi va assortimenti, xilmaxilligi, xom ashyo etkazib beruvchilar va qaridorlar baqolarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo`llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari qal etiladi. Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil etish shakllariga ega: Kontsentratsiyalash, bir joyga jamlash; Ixtisoslashtirish; Kooperatsiyalash; Ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - ququqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida maqsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi mustaqil xo`jalik yurituvchi iqtisodiyot sub`ektidir.
O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va soqalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo`lgan 300 mingta xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt mavjud bo`lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar qamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo`jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) soqalarida ro`yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog`i katta bo`lib, 82 %ni tashkil qiladi. Har bir mamlakatning sanoat quvvati qamda fan-texnika taraqqiyoti vaiqtisodiyotni modernizatsiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar
Do'stlaringiz bilan baham: |