Korxona iqtisodiyoti Iqtisodiyot



Download 443 Kb.
bet3/7
Sana24.06.2022
Hajmi443 Kb.
#701384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti Iqtisodiyot

16-chizma. Korxonada foydani shakllantirishning bosqichlari.


1. Korxona foydasining ^isobot davridagi taulili.
Tahlilning asosiy maqsadi hisobot davrida foydaning shakllanishi va taqsimlanishining asosiy sur’atlarini va bu harakatni keltirib chiqargan asosiy omillarni aniqlash.
Tahlilning birinchi bosqichida korxona balans foydasi umumiy summasi o‘zgarishi va hisobot davrida uning tovar aylanishiga nisbatan o‘zgarishi darajasi ko‘rib chiqiladi, bu ko‘rsatkichlarning erishilgan amaliy qiymatlarining rejadagisidan chetlanishi aniqlanadi.
Tahlilning ikkinchi bosqichida korxona balans foydasining uning asosiy turlari bo‘yicha tarkibi ko‘rib chiqiladi. Bunda asosiy e’tibor korxonada tovarlar sotilishi umumiy summasi, darajasi va ulushi o‘zgarishiga qaratiladi.
Tahlilning uchinchi bosqichida korxonaning alohida ma’suliyat markazlari bo‘yicha foyda shakllantirilishi ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqiladi. Bu tahlil jarayonida foyda turlarining (savdo va nosavdo faoliyati bo‘yicha) amalda erishilgai summasi va darajasining rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanishlari darajasi o‘rnatiladi.
Tahlilning to‘rtinchi bosqichida hisobot davrida tovar sotishdan olingan foyda summasiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar o‘rganib chiqiladi. Bunday tahlil predmeti birinchi navbatda oldin ko‘rib o‘tilgan "harajatlar, sotuv hajmi va foyda bog‘liqligi" tizimining omillari hisoblanadi. Ular keyingi davrda tovar sotilishi foydasining mumkin bo‘lgan o‘sishi darajasini topish imkonini beradi.
Tahlilning beshinchi bosqichida korxonada foyda ishlatilishining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Bu maqsadlarda balans foydasi summasi korxona ixtiyorida qolgan foyda summasini (sof foyda) aniqlash uchun bu manba hisobidan to‘lanadigan soliq to‘lovlaridan "tozalanadi". Sof foyda tarkibida rejalashtirilgan davrda foyda ishlatilishi alohida yo‘nalishlarining asosiy shakllari, summalari va ulushlari ko‘rib chiqiladi. Bu summalar korxona rivojlanishini moliyaviy ta’minlanishi baholaydi.
Tahlil natijalari keyingi davrda foydaning reja ko‘rsatkichlari aniqlanishining asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi.
2. Foyda shakllanishini rejalashtirish.
Foydaning rejali summasini hisoblash uni rejalashtirishning eng ma’suliyatli bosqichi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich rejalashtirilishi foydaning faqat tovarlar sotilishi va boshqa mulkni sotish bilan bog‘liq turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Savdo operatsiyalaridan boshqa operatsiyalar foydasi summasi savdo korxonalarida rejalashtirilmaydi.
Rejalashtirish jarayonida asosiy e’tibor tovarlar sotilishi foydasi summasiga qaratiladi. Bu ko‘rsatkich hisobi quyidagi asosiy usullar qo‘llanilishiga aoslanadi:
a) daromadlar va muomala harajatlari summalarining oldin aniqdangan reja ko‘rsatkichlari;
b) tovarlar sotilishining oldingi aniqlangan reja ko‘rsatkichi;
v) tovar aylanishi rentabelligining o‘rtacha darajasi;
g) foyda maqsadli summasining shakllantirilishi.
a) daromadlar va muomala harajatlari summalarining oldin aniqlangan reja ko‘rsatkichlariga asoslangan tovarlar sotilishidan keladigan foyda summasini rejalashtirish usuli savdo faoliyati foydasi summasiii hisoblashda foydaning maqsadli summasi ko‘rsatkichi ishlatilmagan hollarda qo‘llapiladi. Bu holda foyda hisobi modeli quyidagicha bo‘ladi:
bunda:
BFr - tovar sotishdan olingan balans foydaning rejalashtirilgan
summasi
DSR - savdo faoliyati daromadlarining rejalashtirilgan summasi
MXR - muomala harajatlarining rejalashtirilgan summasi
Dqqs- qo‘shilgan qiymat solig‘i darajasi (savdo korxonasi
daromadlari hisobidan to‘lanadigai boshqa soliklar ham), %da.

b) Tovarlar sotilishining oldin aniqlangan reja ko‘rsatkichiga asoslangan holda tovarlar sotilishi foydasi summasini rejalashtirish usuli "harajatlar, savdo hajmi va foyda bog‘liqligi" tizimiga asoslangan. Bu holda foydani hisoblash modeli quyidagacha bo‘ladi:


bunda:
BFr - tovarlar sotilishi balans foydasining rejalashtirilgan summasi;
SR - tovarlar sotilishiiiig rejali hajmi;
Szn - zararsizlik nuqtasiga erishishni ta’minlovchi tovarlar sotilishi hajmi;
Dsd — tovar aylapishiga nisbatan tovarlar sotilishi sof daromadlari darajasi, %da;
Duzg.x. - tovar aylanishiga nisbatan o‘zgaruvchan muomala harajatlari darajasi, %da.
Bu hisob jarayonida zararsizlik nuqtasiga erishishni ta’minlaydigan tovarlar sotilishi hajmi aniqlanganligi sababli, parallel ravishda xavfsizlik (moliyaviy mustahkamlik) chegarasi va koeffitsiyentlari ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin.
v) Tovar aylanishi rentabelligining o‘rtacha darajasiga asoslangan holda tovarlar sotilishi foydasi summasini rejalashtirish usuli savdo korxonalarida ishlatiladigan eng sodda va eng keng qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Unda bor yo‘g‘i ikki ko‘rsatkich ishlatiladi: tovarlar sotilishining rejalashtirilgan hajmi (SR) va reja davrida tovar aylanishining o‘rtacha rentabelligi darajasi (DTR, % da). Bularning oxirgisi uning hisobot davridagi daromadlilik va harajatlilikning kutilayotgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda to‘g‘rilangan qiymatlari asosida aniqlanadi. Bu holda hisob modeli quyidagicha:
bunda:
BFR - tovarlar sotilishidan olingan balans foydaning rejalashtirilgan summasi;
СР ва ДТР - юқорида айтиб ўтилган кўрсаткичлар

г) Foydaning maqsadli summasi shakllantirilishiga asoslangan tovarlar sotilishi foydasi rejalashtirilgan summasini rejalashtirish usuli savdo korxonasining keyingi davrdagi strategik rivojlanish maqsadlari bilan eng yuqori bog‘liklikni ta’minlaydi. Bu hisobning asosi korxona ixtiyorida qoladigan foyda (sof foyda) hisobidan shakllantiriladigan o‘z moliyaviy zahiralariga bo‘lgan talabni oldindan aniqlash hisoblanadi. Hisob bu talabning har bir elementi bo‘yicha olib boriladi (ishlab chiqarish rivojlanishi; mulk egalariga daromad to‘lanishi; xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish va b.). Korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan shakllantiriladigan mablag‘larga bo‘lgan umumiy talab o‘zida korxonaning rejalashtirilgan davridagi sof foydasining maqsadli miqdorini ifodalaydi. Bu holda tovar sotilishidan olingan balans foydaning maqsadli summasini hisoblash modeli quyidagacha bo‘ladi:


bu yerda :
BFM - rejalashtirilgan davr uchun tovar sotilishidan olingan balans foydaning maqsadli summasi;
SFM - rejalashtirilgan davrda korxona sof foydasining maqsadli summasi;
DFS ~ Foyda solig‘i darajasi (foyda hisobidan to‘lanadigan boshqa soliq to‘lovlarining ham), %da

Bu hisob usulining asosiy vazifasi shundaki, uning asosida olingan foyda ko‘rsatkichi savdo korxonasini rivojlantirishning muhim maqsadli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi va boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni rivojlantirishning asosiy elementi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda keyingi davrda korxonaning strategik rivojlanishini foydaning maqsadli summasini rejalashtirish butun asosiy ko‘rsatkichlar tizimida o‘z aksini topadi.


Shunday qilib hisoblarning tanlangan usulidan kelib chiqib tovarlar sotilishidan olinadigan foyda summasini shakllantirishni rejalashtirish korxonaning butun iqtisodiy rejalashtirishning yakunlovchi yoki boshlang‘ich bosqichi sifatida qaralishi mumkin.

Tayanch iboralar:


Foydani boshqarish, foyda miqdori, sof foyda, balans foyda, umumiy daromad, muomala harajatlari, zararsizlik nuqtasi, sof daromad, maqsadli foyda, tovar aylanish hajmi, moliyaviy mustahkamlik, foydani rsjalashtirish, foydani shakllantirish, foydani taqsimlash, rentabellik darajasi, soliq to‘lovlari, foyda solig‘i, soliqqa tortish, soliqni o‘zgarishlari, soliq kalendari, soliq siyosati, tijorat bitimlari, tovarlar partiyasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i.
Adabiyotlar:

1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон иқтисодиётида хусусий секторнинг улуши ва аҳамиятини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида. «Халқ сўзи», 2003 йил 28 январь. №23, (3135).


2.И.А.Каримов «Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон хаёт приовард максадимиз» Т.: «Узбекистон» 2000.
3.Бланк И.А. «Торговый менеджмент», «Украинско-финский институт менеджмента и бизнеса». Киев 1997 г.
4Лукашевич В.В. «Основы менеджмента в торговле», Москва, «Экономика» 1998 г.
5.Хисрик Р., Джексон Р. «Торговля и менеджмент», Москва, «Филин» 1995 г.
6.Гревнов А.И. и др. «Совершенствование управления торговлей», Москва, «Экономика» 1990 г.
7.Торговое дело: Экономика, маркетинг, организация. М.: Инфра-М, 2002, С.560
8.Том Хопкинс. Исскуство торговать. М.:2002, С.416
9.Петров П.В., Соломатин А.Н.Экономика товарного обращения. М.: Инфа-М, 2001, С.220
10.Поведение потребителя. Практикум. Минск. Новое знание, 2002, С.123
11.Коммерческо-посредническая деятельность на товарном рынке. Учебник под ред. Проф. А.В.Зверьянова. Екатеринбург,2002, С.560
12.Юлдашев Н.К., Козоков О.С. Менежмент. Т.: Фан, 2004, С.213
13.Вергилес Э.В. Менеджмент (практические навыки): Учеб. пособие – М. 2004.-80с.
14.Воронина Э.М. Менеджмент предприятия и организации: Учебно-практ. пособ. - М.: 2004.-256 с.
15.Босчаева З. Н. Управление экономическим ростом. М.: ЗАО « Экономикс», 2004
16.Развитие организации и НR-менеджмент. М.: Независимая фирма «Класс», 2004
17.Майкл У. 50 Методик менеджмента. 2004
18.Волгин В.В. Торговые операции. М.: 2004
19.Ласкина Н.В. Международное торговое дело. М.: Экономика, 2004
20.www.edu.ru
21.www.economics.ru
22.www.torg.uz
23.www.uzbussines.unitech.uz
24.www.cer.uz


Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish