Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi. Mundarija


-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari



Download 37,46 Kb.
bet11/12
Sana17.01.2022
Hajmi37,46 Kb.
#379936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
sanoat korxonasi fotdasining taqsimlanishi

4-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari.

Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.

Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy

jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga

oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va

vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-

uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va

sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik

jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi

raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori

darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.

XULOSA
Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.

O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.

O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq.

.


Download 37,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish