tirik mehnat harajati me’yorlari (mahsulot biriligiga sarflanuvchi ish vaqti me’yorsi, vaqt birligida ishlab chiqarish me’yorsi, xizmat ko’rsatish me’yorsi, miqdor me’yori);
moddiy harajat me’yorlari (xomashyo, material, yoqilg’i, energiya, butlovchi qismlar);
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yorlari (ishlab chiqarish davrining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish zaxiralari va hokazo);
mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);
korxona, tsex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti me’yorlari.
Ko’rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, korxona faoliyatining resurslar harajatini me’yorlashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgacha barcha ko’rsatkichlarini inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:
maqsadni belgilash;
korxona faoliyatining turli xil yo’nalishlari, ayniqsa, iqtisodiyot va aholi uchun zarur bo’lgan masulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish;
zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
yakuniy natijalarning ijobiy bo’lishiga erishish.
Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqtisodiy-rejalash xizmatining o’zi bajarmaydi yoki bajarishi lozim emas. Bunda butun jamoa, ayniqsa, agar bu korxona aktsiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko’pincha “rahbarga ko’proq narsa ko’rinadi” printsipi asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga erishish uchun tashabbuskorlik ko’rsatmaydilar. Tajribalar esa korxona muammolarini hal qilish barcha xodimlar, jumladan, ishchilarga ham bo’lgan holdagina bu korxonalar gullab-yashnashi mumkinligini ko’rsatadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va oqilona boshqarish tizimi hamda maksimal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi vazifalarni hal qilishga yo’naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, qulaylik, moslashuvchanlik kabi printsiplariga tayanish zarur.
Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo’lsa, asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tsexlardan iborat bo’lib, ularning har biri faqat o’ziga xos bo’lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni rejalashtirish va tartibga solishning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda etakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish rejalashtirishning asosiy printsiplaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajarilishini ta’minlovchi bo’linmasini rivojlantirishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Masalan, bunday bo’g’in sifatida mashinasozlik zavodida yig’uv tsexi, to’qimachilik kombinatida yigiruv va to’quv tsexlari, qandolatchilik fabrikasida tayyor mahsulot tsexini ko’rsatish mumkin.
Etakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish korxonaning barcha bo’linmalarini birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Chunki busiz rejalashtirish bir tomonlama bo’lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda “tor joylar” va disproportsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlari va bo’limlarining o’zaro aloqada bo’lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda ham rejalashtirishning balans usuli katta ahamiyatga ega.
Rejalashtirishning yana bir muhim printsipi ilmiylik bo’lib, u, avvalo, tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat harajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |