Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Xo’jalik shirkati.O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik SHirkatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq: “Muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo’lingan Nizom jamg’armasiga (ustav kapitaliga) ega bo’lgan tijorat tashkiloti xo’jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar”.
Xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat tarzida tuziladi. Ishtirokchilari (to’liq sheriklari) o’z o’rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan holda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat deb hisoblanadi.
Xo’jalik shirkatini oliy boshqaruv organi shirkat ishtiroqchilarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Umumiy yig’ilish vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilash;
shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan ish yuritishga hakdidir. Shirkat ishlari uning ishtirokchilari tomonidan birgalikda yuritilsa har bir bitimni amalga oshirish uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi. Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan biri yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat nomidan bitimlarni amalga oshirish uchun shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan ishtirokchi (ishtirokchilar) dan ishonchnoma olinishi kerak.