Ijobiy bayonotlar
Usul haqiqat sifatida berilgan bayonotlardan foydalanishni o'z ichiga oladi, shu bilan ushbu bayonotlar o'z-o'zidan ravshan va isbot talab etmaydi. Deyarli barcha reklama ushbu uslubga asoslangan. Bundan tashqari, ko'pincha ushbu bayonotlar oqilona nuqtai nazardan va reklamadan ajratilgan holda, mubolag'aga o'xshaydi. Masalan, shunday shiorlar: "Huggies-ni hamma bolalar bejiz sevmaydi" ("Huggies" tagliklari uchun reklama).
2.Korxona faoliyatiga reklamaning ta’siri
Reklama–marketingning muhim tarkibiy qismi sifatida. Reklama – marketingning muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi asosiy ta’kidlar shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar hozirgi iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi va bunda marketing faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita aloqadordir.
Keyingi vaqtda ishlab chiqaruvchilar tomonidan reklama faoliyatiga alohida e’tibor berilmoqda. Bozor munosabatlarining paydo bo‘lishi korxonalardan jamoatchilik diqqatini o‘ziga jalb etishning yangi usullarini izlab topishni talab etadi. Yaxshi tashkil etilgan reklama ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi. Aksincha, sifatli, yuqori did bilan tashkil etilmagan reklama iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Shu sababli reklamaga korxonalar jiddiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Reklama ma’lum bozor tadqiqotlariga asoslanishi lozim. Bunda reklama qaysi ijtimoiy qatlamga yo‘naltirilganligi aniq bo‘lishi lozim.
Korxonalar tomonidan berilayotgan reklamada o‘ziga xoslik (firma stili) bo‘lishi lozim. Ushbu o‘ziga xoslik nomlanish, tovar belgisi va slogan (shior) dan tashkil topadi. Tovar belgisi – bu korxonaning chizma ramzidir. Mazkur ramz original bo‘lishi va o‘ta murakkab bo‘lmasligi lozim. Masalan, «Mercedes Benz», «Adidas» firmalarining tovar belgilari o‘zining originalligi bilan ajralib turadi va tovarlarining reklamasida muhim ahamiyatga ega. Slogan – qabul qilingan shior bo‘lib, korxona faoliyatining mazmunini qisqacha aks ettiruvchi jumladir. Masalan, «Johnson and Johnson» firmasining shiori – «Biz Siz haqingizda va sog‘ligingiz haqida qayg‘uramiz»dir. Ushbu shior korxona tovarining reklamasida berib boriladi va u mazkur tovarning omma o‘rtasida mashhur bo‘lishida ahamiyatga ega.
Taqqoslash
Bitta mahsulotning ikkinchisiga nisbatan ustunligi asosan hissiyot orqali erishiladigan "qarama-qarshilikni yaratish" uslubidan farqli o'laroq, taqqoslash usuli u yoki bu mahsulotning boshqalarnikiga o'xshash afzalliklarini oqilona va vizual namoyish etishga qaratilgan.
Yumor omilidan foydalanish
Reklamada kulgili vaziyatlarni matn sathida, shu jumladan shiorlar, belgilar, kulgili o'yin stsenariylari va boshqalarni amalga oshirish mumkin, tabiatiga ko'ra hazil u yoki bu nostandart vaziyatni nazarda tutadi, bu qoida tariqasida yaxshi esda qoladi va rad etishga olib kelmaydi. Hazil omilining ikkinchi muhim xususiyati uning ijobiy his-tuyg'ular bilan bog'liqligidir. Bularning barchasi reklamada ushbu usuldan foydalanishning yuqori samaradorligiga olib keladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |