Qisqa xulosalar
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan avvalgi texnik, sanoat, moliyaviy rejalar o’rniga biznes-rejalar vujudga kelgan bo’lib, korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyalari belgilab beriluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Biznes-reja uchta asosiy funktsiyani bajarishga imkon beradi: birinchidan, biznes kontseptsisini ishlab chiqish, ikkinchidan, biznes-rejani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari miqdorini aniqlash va uchinchidan, korxonaning joriy faoliyatini boshqarish vositasi hisoblanadi.
Biznes-reja bir nechta bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’lib, ularning soni korxonaning hajmi, o’ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo’limdan iborat bo’lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi.
Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib,bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi. Biznes-rejaning hayotiyligi ko’p jihatdan uni tayyorlovchilar, birinchi navbatda iqtisodchilarning malakasi va tajribasiga bog’liq bo’ladi.
Muhokama va nazorat savollari
Biznes-rejaning mazmuni va mohiyati nimada?
Korxona missiyasi nma va u qanday ishlab chiqiladi?
Maqsadlar qanday aniqlanadi va uning missiyadan farqi nimada?
Biznes-reja qanday ma’lumotlardan iborat bo’ladi?
Biznes-rejani tuzish uchun ma’lumotlarni qaysi ketma-ketlikda tayyorlash kerak?
Biznes-rejani tuzish bosqichlari va ularning farqi nimada?
Ishchi biznes-reja qanday vazifalarni bajarishga qaratilgan?
Biznes-rejaning asosiy bo’limlarini sanab bering?
Biznes-reja qanday talablarga javob berishi lozim?
Biznes-rejani ishlab chiqish uchun javobgarlik kimning mas’uliyatida bo’ladi?
Asosiy adabiyotlar royxati
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq sо‘zi, 2017 yil 23 dekabr.
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz – Toshkent: «О‘zbekiston» NMIU, 2017.
Maxmudov E.X., Isoqov M.Y. Biznes - rejalashtirish. O’quv qo’llanma. –T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005, – 160 bet.
Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 20 bet.
Экономика предприятия. Под ред. проф. Горфинкеля В.Я., Купрякова Е.М. –М.: «ЮНИТИ», 1996
Экономика предприятия. Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998
Do'stlaringiz bilan baham: |