Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi


O’z mablag’larining manbalari bo’limini tuzish qoidalari



Download 222 Kb.
bet10/12
Sana29.05.2022
Hajmi222 Kb.
#616615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
coursework

5. O’z mablag’larining manbalari bo’limini tuzish qoidalari

Balansning passivi ikki bo’limdan: "O’z mablag’larining manbalari" va "Majburiyatlar" dan tarkib topgan.


"O’z mablag’larining manbalari" bo’limi quyidagi moddalardan tarkib topgan:
"Ustav kapitali" (320-satr) moddasida su’yekt ta’sischilarining Ustav kapitaliga qo’shgan hissalarining (qismlar, nominal qiymatdagi aksiyalar, ulush badallari) majmui, ya’ni ta’sis hujjatlarida ro’yxatga olingan miqdorlar ko’rsatiladi.
Balansda Ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga qo’shishi kerak bo’lgan haqiqiy qarzi alohida ko’rsatiladi.
"Qo’shilgan kapital" (330-satr) moddasida su’yekt o’z aksiyalarini nominal qiymatdan yuqori baholarda birlamchi sotishdan oldin olingan emissiya daromadlarining miqdori ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar 8521 "Emissiya daromadlari" schyotidan olinadi.
"Zaxira kapitali" (340-satr) moddasida su’yektning Nizomiga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilingan zaxiralar mol-mulkini qayta baholashda tashkil etilgan zaxiralar, shuningdek beg’araz olingan mulklar va hissadorlik (o’rtoqchilik) jamiyatlarini mulklarini oshiradigan boshqa (pulli mablag’lardan tashqari) tushumlarning miqdori ko’rsatiladi. Bu moddalar uchun ma’lumotlar 8531-"Aktivlarni qayta baholash", 8523-"Тekinga olingan mulklar" schyotlarining ma’lumotlariga asosan to’ldiriladi.
Choraklik hisobotning "Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" (350-satr) moddasida sof (netto) foyda, ya’ni tayyor mahsulot, yarim-fabrikat, sotib olingan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning sotilishidan aniqlangan moliyaviy natijalar, shuningdek muomalaviy daromadlar va tushumlar, 9430-"Boshqa muomalaviy sarflar" schyotidagi xarajatlar, su’yektning moliyaviy faoliyati bo’yicha daromad va xarajatlari, favquloddagi, ya’ni kutilmagan tasodifiy foyda va zararlarni aks ettiruvchi 9000, 9100, 9300, 9430, 9500, 9600, 9700 schyotlari bilan 9800 schyotda qayd qilinadigan hisobot yili mobaynida to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar, shuningdek yakuniy hisoblanilgan foyda (daromad) solig’i va atrof-muhitni tozalash uchun mahalliy yig’imlarni aks ettiruvchi 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining qoldiqlari o’rtasidagi farq ko’rsatiladi.
Hisobot yilining oxirida 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining debetida yig’ilgan miqdor 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debetiga olib borilib, ushbu 9800 schyot yopiladi va 1-yanvar sanasiga qoldiq qolmaydi.
Hisobot yilida 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida qoladigan qoldiq foyda (zarar) 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotining (zarar) debetiga yoki (sof foyda) kreditiga olib boriladi va ushbu 9900 schyot yopiladi.
Yillik hisobotda 8710 "Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotining kreditiga o’tkazilgan foyda ham ko’rsatiladi. Shu bilan birga agarda 8720-"Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotida o’tgan yillarning Тaqsimlanmagan foyda qoldig’i bo’lsa, hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydaning qoldig’i oldingi yilgisi bilan qo’shilib ko’rsatiladi.
Agarda su’yekt zarar ko’rsa, u holda bu zarar shu satrda "manfiy" belgi bilan chorak oxirida ko’rsatiladi. Shu bilan birga 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlari qoldig’ining 9900-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining qoldig’idan ortiqcha miqdor ortiqcha “manfiy” belgi bilan ko’rsatiladi.
Hisobot yilidagi su’yektning ko’rgan zarari dekabr oyidagi "Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining yakuniy oborotlari 8700-“Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining krediti bilan korrespondensiyalangandan keyin hisobotning "Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" moddasida ko’rsatiladi. Hisobot davrida olingan zarar miqdori ham yil mobaynida shu satrda aks ettiriladi. "Maqsadli tushum va jamg’armalar" (360-satr) moddasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 7800 va 8800 "Grant va subsidiyalar" schyotida hisobga olingan byudjetdan, tarmoq va tarmoqdan tashqari maxsus maqsadlarga mo’ljallangan jamg’armalardan, yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan pul mablag’larining qoldig’i ko’rsatiladi.
"Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun zaxiralar" (370- satr) moddasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1994 yil 26 martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida"gi Nizom va tegishli BHMS va "Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom"ga muvofiq ishchilar ta’tiliga xaq to’lash, har yilgi mukofot to’lovlari, xizmat ko’rsatishi, asosiy vositalarni ta’mirlash va shunga o’xshash maqsadlar uchun zaxiralangan mablag’larning qoldig’i ko’rsatiladi. Хarajatlarning zaxiralanishi, ularni ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir tekisda taqsimlash imkonini beradi.
“Kelgusi davr daromadlari” (380-satr) moddasida hisobot davrida olingan, lekin keyingi hisobot davrlariga tegishli bo’lgan mablag’lar (ijara xaqlari va shu kabilar), shuningdek amaldagi tartibga binoan 9550-"Moliyalashtiriladigan lizing bo’yicha daromadlar" schyotida hisobga olinadigan mablag’larning miqdorlari ko’rsatiladi.
"1-bo’lim Jami" (390-satr) moddasida 320-380 satrlarning yigindisi ko’rsatiladi.
“Uzoq muddatli qarzlar” (400-satr) moddasida boshqa korxona va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan uzoq muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan kam bo’lmagan) qarz miqdorlari ko’rsatiladi.
Ijara beruvchidan uzoq muddatli ijara sharti bilan olingan asosiy vositalar bo’yicha qarzlarning holati 6910-"Тo’lanadigan tezkor lizing" schyotlarida hisobga olinuvchi kreditorlik qarzi ijarachi tomonidan 0310-"Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar" schyotida hisobga olinib, uning miqdori ham shu satrda ko’rsatiladi.
"Uzoq muddatli kreditlar" (410-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda ulardan olingan uzoq muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan kam bo’lmagan) kreditlar bo’yicha qarzlar miqdori ko’rsatiladi. Ushbu moddani to’ldirish uchun ma’lumotlar shu nomdagi 7510 schyotdan olinadi.
"Qisqa muddatli qarzlar" (420-satr) moddasida 6870- "Bankdan tashqari qarzlar" schyotida hisobga olinuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan (banklardan tashqari) olingan qisqa muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan ko’p bo’lmagan) qarzlar bo’yicha qarz miqdorlari ko’rsatiladi. Bundan tashqari ushbu moddada 6820, 6830 va 6890 schyotlarning ma’lumotlari ham keltiriladi.
"Qisqa muddatli kreditlar" (430-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda ulardan olingan (to’lovni uzish muddati bir yildan ko’p bo’lmagan) kreditlarning miqdori ko’rsatiladi. Shu bilan birga bu moddada yakka tartibdagi uy-joy, dala-hovli qurish, boshqa maqsadlar uchun xodimlarga berilgan bank ssudalari, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar qiymatini qoplash bo’yicha olingan qarzlarning miqdori ham ko’rsatiladi. Ma’lumotlar 6810-"Bankning qisqa muddatli kreditlari" schyotidan olinadi.
"Хaridor va buyurtmachilardan (schyotlarga kelib tushgan) olingan bo’naklar" (440-satr) moddasida mahsulotlar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun 6310- "Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" schyotida hisobga olinuvchi xaridor va buyurtmachilardan keyingi hisoblashishlar bo’yicha olingan bo’naklarning miqdori ko’rsatiladi.
"Mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarzlar" (450-satr) moddasida kirim qilingan moddiy qimmatlik, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, shuningdek fakturalanmagan ТMZ uchun mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi. Bundan tashqari, bu yerda 6010, 7010-"Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’langan schyotlar" 6020, 7020-berilgan vasiqalar schyotida hisobga olingan mol yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar bilan ta’minlash uchun su’yekt tomonidan berilgan vasiqalar bo’yicha qarzlarning miqdori ham ko’rsatiladi.
"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" (460-satr) moddasida su’yektning byudjetga bo’lgan to’lovlarining barcha turlari bo’yicha, shu bilan birga o’zining xodimlaridan ushlanadigan daromad solig’i bo’yicha qarzlar 6410-"Byudjetga to’lov bo’yicha qarzlar" schyotida ko’rsatiladigan summalar aks ettiriladi.
"Mehnatga xaq to’lash bo’yicha qarzlar" (470-satr) moddasida hisoblangan, lekin hali to’lanmagan mehnat haqining miqdorlari 6710-"Mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan hisoblashishlar" va 6720-"Deponentlangan mehnat haqi" schyotlari bo’yicha qoldiq summalari ko’rsatiladi.
"Ijtimoiy sug’urta va nafaqa ta’minoti bo’yicha qarzlar" (480-satr) moddasida su’yektning ijtimoiy sug’urta, nafaqa ta’minoti va tibbiy sug’urta ajratmalari bo’yicha qarzlarning miqdori aks ettiriladi.
Ushbu ma’lumotlar 6520-"Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar" schyotidan olinadi.
"Mulk va shaxsiy sug’urtalar bo’yicha qarzlar" (490-satr) moddasida su’yekt ishchilarining va mulkining majburiy va ixtiyoriy hamda su’yekt sug’urtachi vazifasini bajaradigan boshqa xil sug’urtalar bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. Тegishli ma’lumotlar 6510-"Mulk va shaxsiy sug’urtalar bo’yicha to’lovlar" schyotidan olinadi.
“Budjetdan tashqari to’lovlar bo’yicha qarzlar” (500-satr) moddasida su’yektning byudjetdan tashqari ajratmalar bo’yicha davlat boshqaruv organlari va soliqchilikda belgilangan tartibga muvofiq, davlat organlariga o’tkaziladigan boshqa maxsus jamg’armalarga ajratmalari bo’yicha qarzlari ko’rsatiladi va ma’lumotlar 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyotidan olinadi.
"Avlod korxonalariga bo’lgan qarzlar" (510-satr) moddasida avlod korxonalar bilan joriy qarzlar (balanslararo hisoblashish) bo’yicha ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda avlod korxonasi timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda strategik iqtisodiy siyosat masalalari bo’yicha joriy, investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy su’yektga doimiy ravishda berilgan bo’linmalar tushuniladi. Asosiy su’yekt va uning avlod korxonalari bo’yicha ma’lumotlar jamlanishi lozim. Yig’ma hisobotda ko’rsatilgan moddalar 6110-"Mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalarga bo’lgan to’lovlar" schyoti yordamida jamlanadi.
"Uyushma korxonalariga qarzlar" (520-satr) moddasida 6110-"Mustaqil balansga o’tkazilgan bo’limlarga bo’lgan to’lovlar" schyotida hisobi yuritiladigan uyushma korxonalariga bo’lgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi.
"Boshqa kreditorlar" (530-satr) moddasida "Kreditorlar bilan hisoblashishlar" guruhining moddalarida o’z aksini topmagan boshqa hisoblashishlar bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. "Kreditorlar" guruhi bo’yicha su’yektning mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjetga, mehnat haqi bo’yicha su’yektning xodimlariga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot muassasalaridan tashqari boshqa su’yektlarga bo’lgan kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Тegishli ma’lumotlar 6800-"Har xil kreditorlarga bo’lgan qarzlar va boshqa hisoblangan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar"dan olinadi.
“2-bo’limning jami” (540-satr) moddasida 400-530 satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
"Balansning passivi bo’yicha hammasi" (550-satr) moddasida 390 va 540 satrlar yig’indisining natijasi yordamida topilgan balans passivining miqdori aks ettiriladi.
XULOSA
Buxgalteriya balansi - xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. Yangi xo`jalik yuritish sharoitida korxonalar faoliyatlarini nazorat qilish va uni takomillashtirishida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan faol foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Balans hisoboti ma’lumotlari su’yektning tashkiliy qayta qurilishi, tovar-moddiy zaxiralarining qayta baholanishi va boshqa shunga o’xshashlarni hisobga olgan holda, 3-ustunda, ya’ni kirish balansining ma’lumotlari yil boshiga ko’rsatiladi.
Balans moddalarining va umumiy summasining yil boshiga va yil oxiriga ma’lumotlarining bir-biriga mos bo’lishi uchun tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga bo’lgan balans moddalari va guruhlangan bo’limlariga mos keltirilishi shart. Shu bilan birga hozir korxonalar amaliyotida qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining mazmunan va shaklan xorijiy rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansiga ancha yaqinlashtirilgan bo’lsa-da, ulardan farqli jihatlari ham mavjud. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’lami bilan bevosita bog’liq bo’lib, barcha sohalarda shu jumladan buxgalteriya hisobidagi islohotlarning ham evolyutsion tarzda davlat rahbarligida amalga oshirish bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, buxgalteriya balansining bugungi kundagi rivojlanish darajasini hozir iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar talabiga javob berishini e’tirof etgan holda, kelgusida uni yangi bosqichda rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlash mumkin.

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish