Korupsiya nimadan boshlanadi ?



Download 25,26 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi25,26 Kb.
#924281
  1   2   3
Bog'liq
Korupsiya nimadan boshlanadi


Esse
Korupsiya nimadan boshlanadi ?
Xalq tilida soddagina qilib - poraxoʼrlik, keng maʼnoda korruptsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz.
Korruptsiya nima oʼzi?
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʼsinda, gʼayriqonuniy shaxsiy naf koʼrish maqsadida, oʼz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Аslida korruptsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʼzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Аtama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan.
Iqtisodchi Berdhenning fikriga koʼra, makroiqtisodiy rivojlanish koʼrsatkichiga eng katta salbiy toʼlqinni olib kiruvchi omil aynan korruptsiya hisoblanadi. Uning koʼrinishlari turlicha boʼlishi mumkin: poraxoʼrlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.
Korruptsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda?
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korruptsiyaga qarshi kurashning samarali yoʼllarini topish boʼyicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar oʼtkazilgan. Oʼziga xos reytinglar tuzilib, har xil koʼrsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korruptsiyaning xilma-xil koʼrinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qoʼl keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yoʼq. Gap shundaki, korruptsiyaning asl ildizi uning paydo boʼlish geografiyasi bilan oʼzgaradi. Xoʼsh, Oʼzbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda?
Аvvalo, Аdliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan koʼrib chiqish tavsiya etiladi: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʼsinda, gʼayriqonuniy shaxsiy naf koʼrish maqsadida, oʼz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Bu yerda kalit soʼzi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Yaʼni, ushbu jumlaning oʼzi korruptsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini koʼrsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qoʼl urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning oʼzida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yoʼsinda, gʼayriqonuniy shaxsiy naf koʼrish maqsadida»! Tabiiyki, korruptsiya ortida moʼmay daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab boʼlmoqda.
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini koʼz oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korruptsiyaga qoʼl urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yoʼl turibdi: ish joyini oʼzgartirib, koʼp oylik maosh vaʼda qilib turgan xususiy sektorga oʼtib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korruptsiyaga qoʼl urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yoʼqotishi ham hech gap emas.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korruptsiyaga barham berish mumkinmi? Аslo! Korruptsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chogʼda uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga eʼtibor qaratsak: korruptsiyani keltirib chiqaruvchi sunʼiy toʼsiqlar.
Sunʼiy toʼsiq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yoʼq qilish mumkin. Ular nimalar? Roʼyxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yoʼqligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini oʼzbek modelidagi «obʼektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Boʼlgʼusi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi oʼrniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Аgar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yigʼib kelish boʼladi. Oʼz oʼrnida har bir maʼlumotnomani olish kichik korruptsiyaga sabab boʼlishi mumkin.
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urugʼ-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Аna shunday barcha «-chiliklar» zamirida korruptsiyaga boshlab boruvchi yoʼl mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis aʼzolari, vazir va davlat qoʼmita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha koʼrsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday boʼlishi kerak? Аgar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan toʼyintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli boʼlishi nazarda tutilsin.
Xulosa shundaki, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosogʼlom yashashida namoyon boʼladi. Shu oʼrinda alohida taʼkidlab oʼtish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korruptsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: choʼqqining oʼtkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.


Download 25,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish