Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda?
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda?
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Bu yerda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Ya'ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda? Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va'da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas3. Bunga qo‘shimcha ravishda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida professor-o‘qituvchilar korrupsiyaga aralashgani aniqlansa, ularga keskin choralar ko‘rilishini, chunki ta'lim vatan kelajagi ekanini aytdi. “Korrupsion holatga yo‘l qo‘ygan professor-o‘qituvchi oliy ta'lim tizimida ishlamasligi kerak. U yerda bunday o‘qituvchiga o‘rin yo‘q. Chunki ta'lim vatan kelajagini belgilaydi. Hozir professor-o‘qituvchining oyligi 11-13 mln so‘m. 5 yil ichida oyliklar 3-4 baravar oshdi. Bunaqangi sharoit hech qayerda yo‘q. Agar shunday holatda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, albatta biz chiday olmasligimiz kerak. Bu mehnat shartnomalariga ham kiritildi. Korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchilarga nisbatan eng keskin choralar ko‘rilishi zarur”, dedi vazir o‘rinbosari.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e'tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun'iy to‘siqlar. Sun'iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «obektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma'lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a'zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.
2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mеxanizmi yaratildi. Mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqеidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdеk bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot bеradi.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chеk qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon bеruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar4.
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Ma’lumki, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi.
Oʻzbekistonda bu borada toʻplangan muammolar Rossiyanikiga yaqin turadi, demak, dastlabki tadbirlar ana shu sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. Korrupsiya ildiziga bolta urishda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ustuvor mavqeni egallashi lozim, degan fikrdamiz.
Lekin afsuski, MDH davlatlarida kimningdir tazyiqi, koʻrsatmasi yoki tamagirligi, mansabdorning sotib olinishi evaziga sudlarning adolatsiz hukmlar chiqarishi hollari koʻp uchraydi (yurtimiz ham mustasno emas). Sud tizimi siyosiy hokimiyatning itoatgoʻy, tobe organiga aylanishi kasallikning battar gazak olishiga olib keladi. Jonli misol, mahalliy hokimlarning fuqarolar va yuridik shaxslarga yerni ajratishi, koʻp yildirki, biznesga, kimoshdi savdosiga aylanib, rosa korrupsiyalashganligi bois, ular chiqargan qarorlarning teng yarmi, qariyb 2000 tasi sudlar tomonidan bekor qilingani, soʻng deputatlar qistovi bilan mazkur vazifaning geokadastr tashkilotiga oʻtkazilgani shu sohada tashlangan dadil qadam boʻldi. Bulardan tashqari, oʻnlab vakolatlar jamoat tashkilotlari ixtiyoriga topshirildi. Ishonamizki, bunday demokratik jarayon davom ettiriladi. Mamlakatimizda ham siyosiy, ham iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish paytida korrupsiya jiddiy toʻsiq boʻlayotgani jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Shu bois Yurtboshimiz boshlab bergan jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash jarayonlari qiyinchilik bilan davom etmoqda. Iqtisodiyotning investitsiya kiritilgan, “pul ishlaydigan”, birmuncha “yogʻli” tarmoqlariga oʻrnashib olgan “korrupsiya halqasi” milliy taraqqiyotimizning dushmani, jamoat nazorati esa ularga qarshi kurashda ojizlik qilayotgani ham afsuski bor gap. Mamlakatda korrupsiya sxemalari, mehnat qilmasdan tezda boyib qolish mexanizmlari, ishlangan usullari “zanjiri” uzib tashlanmas ekan, davlatimizning har qanday siyosiy, iqtisodiy islohotini hayotga olib kirish, xalqni farovon qilish vazifasi qogʻozda qolib ketaveradi.
Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ― Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi zimmasiga pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. ― Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Ya’ni, ayrim kishilar jazodan qo‘rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko‘ra qonunni hurmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina mas‘ul hodimlarning vazifasi emas, yoki davlat rahbarlari bunga javobgar degan fikrda bo‘lish umuman to‘g‘ri bo‘lmaydi, balki bu jarayonda barchamiz birdek harakat qilsak ko‘zlangan natijaga erishishimiz mumkin. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq oshkoralikka juda katta e’tibor berilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu ishlarda esa ommaviy axborot vositalarining ahamiyati juda katta. Televideniyeda efirga uzatiladigan ko‘pgina dasturlar jonli va ochiq muloqotlarga asoslangan holda olib borilmoqda. Jurnalistlarning huquq va erkinliklari yanada kengaytirildi. Agar davlatda qonun ustuvor bo‘lsa, davlat yuksaladi. Tarixdan ma’lumki bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: ― Kuch – adolatda. Mustahkam va adolatli jamiyat esa taraqqiyot sari ildamlashda oqsamaydi. Bugungi kunimizda har bir sohaga e’tibor qaratib, undagi kamchiliklarni tuzatsak, shu sohani tubdan isloh qilsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Mamlakatizmini rivojlantirishi va fuqorolik jamiyatini qurishdagi eng katta harakatlarimizdan biri, biz fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |