Bog'liq Referat mavzu O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kur
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. (ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq)
‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida``gi qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik — ushbu prinsipni amalga oshirishda vakolatli davlat organlari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, xalqaro huquq normalariga, normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa konstitutsiyaviy normalarga asoslangan holda amalga oshiradilar.(ushbu qonunning 4-moddasiga muvofiq)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. (ushbu qonunning 7-moddasiga muvofiq)
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi — ushbu prinsip Konstitut-siyamizning 2-bo`limida yorqin aks etgan.O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas. (O`zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. 19-modda)