Korrupsiyaga qarshi kurashish” fanidan mustaqil ish mavzu: Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (oesr) doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasining mazmuni


Korupsiyaga qarshi kurashish Istanbul harakatlar rejasining ishtirokchi davlatlari



Download 34,22 Kb.
bet2/5
Sana18.07.2022
Hajmi34,22 Kb.
#822965
1   2   3   4   5
Bog'liq
IX 51 2 Tursunov Mirshod Korrupsiyaga qarshi kurashish mustaqil ish

Korupsiyaga qarshi kurashish Istanbul harakatlar rejasining ishtirokchi davlatlari.

Monitoring uchrashuvida monitoringning 4-raundi yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston hisobotining yakuniy muhokamasi va uni qabul qilish jarayoni boʻlib oʻtdi, shuningdek aʼzo davlatlarning tavsiyalarni bajarishdagi yutuqlariga oid hisobotlari muhokama qilindi.


Tadbirlarda Istanbul harakatlar rejasining ishtirokchi davlatlari, IHRT tarmogʻiga aʼzo davlatlar, Yevropa ittifoqi, Yevropa Kengashi, Jahon banki, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi, BMTTD, GRЕKO, Transparency International va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Monitoring yuzasidan Oʻzbekiston maʼruzasining muhokamasi va qabul qilish jarayoni ikki bosqichli yalpi majlis koʻrinishida hamda uchrashuv ishtirokchilari, xususan, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari uchun ochiq tarzda tashkil etildi.
Maʼruza muhokamasi davomida xalqaro ekspertlar tomonidan hisobotning tegishli qismlari boʻyicha taqdimot shaklidagi qisqacha yakuniy xulosalar taqdim qilindi va unda Oʻzbekiston erishgan yutuqlarga ijobiy baho berildi.
Muhokamalar yakunida monitoring hisoboti, shu jumladan, reytinglar va 47 ta yangi tavsiya tasdiqlandi.
Xususan, monitoring natijasiga koʻra, Oʻzbekiston barcha tavsiya (jami 21 ta) boʻyicha progress mavjudligi reytingiga erishdi, shundan 3 ta tavsiya toʻliq bajarilgan, 8 tasi deyarli bajarilgan, 10 tasining qisman bajarilishiga erishilgan. Taʼkidlash joizki, tavsiyalarning birortasi boʻyicha “bajarilmaganlik” salbiy reytingi qoʻyilmadi, bu esa Oʻzbekistonning Istanbul harakatlar rejasidagi eng yaxshi natijasidir.
Hisobot tasdiqlangandan soʻng Kotibiyat tomonidan Oʻzbekistonning monitoringi natijalari taqdimotini oʻtkazish maqsadida IHRT Kotibiyatining Oʻzbekistonga rejalashtirayotgan tashrifi boʻyicha maʼlumot berildi.
Mazkur Konvensiyaga a’zo davlatlar
korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdidlarning jiddiyligi yuzasidan tashvishga tushib,
shuningdek, korrupsiya va jinoyatchilikning boshqa shakllari, xususan, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik o‘rtasidagi aloqalar, shu jumladan noqonuniy pul mablag‘larini legallashtirish kabi ko‘rinishlardan xavotirlanib,
hamda davlatlar resurslarining katta ulushini tashkil etishi mumkin bo‘lgan va ushbu davlatlarning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishini tahdid ostida soladigan katta hajmdagi aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya holatlari kuzatilishi sababli hayajonga tushib,
endilikda korrupsiya lokal muammodan butun jamiyat va barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga daxl qiladigan va bu bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning juda muhim ahamiyatini belgilaydigan transmilliy hodisaga aylanganligiga amin bo‘lib,
shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish uchun keng qamrovli va ko‘p taraflama intizomiy yondashuv zarur ekanligiga ishonch bildirib,
hamda samarali ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida salohiyatni kuchaytirish va institutlarni yaratish yo‘li bilan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirishda texnik yordam ko‘rsatilishi muhim rol o‘ynashi mumkinligini tan olib,
va ayni paytda, noqonuniy yo‘l bilan shaxsiy mol-mulk orttirish demokratik institutlar, milliy iqtisodiyot va huquq-tartibotga jiddiy putur yetkazishi mumkinligiga amin bo‘lib,
noqonuniy orttirilgan aktivlar xalqaro tartibda o‘tkazilishini yanada samarali oldini olish, aniqlash va bunga barham berish hamda aktivlarni qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga dadillik bilan kirishishga shay bo‘lib,
mulkiy huquqlarni aniqlash uchun jinoiy, fuqarolik yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqiy choralarni qo‘llash borasidagi eng asosiy tamoyillarni e’tirof etib,
korrupsiyaning oldini olish va butkul barham berish — bu barcha davlatlarning vazifasi va bu sohadagi sa’y-harakatlar samaradorligini ta’minlash uchun fuqarolik jamiyati, nohukumat tashkilotlar va jamoalar negizida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar kabi ommaviy sektor doirasidan tashqarida alohida shaxslar va guruhlar ko‘magi va ishtirokida bir-biri bilan hamkorlik qilishlari lozimligini hisobga olib,
hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni tegishli darajada boshqarish, shuningdek adolat, mas’uliyat va qonun oldidagi tenglik, shuningdek, korrupsiyani rad etadigan madaniyatni shakllantirishga ko‘maklashish tamoyillarini inobatga olib,
jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov Komissiyasining hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasining ishiga yuqori baho berib,
ushbu sohada ish olib borayotgan boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Afrika ittifoqi, Yevropa ittifoqi, Arab davlatlari ligasi, Amerika davlatlari tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda Bojxona hamkorligi bo‘yicha Kengash (shuningdek Jahon bojxona tashkiloti deb yuritiladi) tomonidan olib borilayotgan ishlarni dalil sifatida keltirib,
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tomonlama hujjatlarni, va xususan, Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996-yil 29-mart kuni qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Amerikaaro konvensiyasi, Yevropa ittifoqi Kengashi tomonidan 1997-yil 26-mayda qabul qilingan Yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan 1997-yil 21-noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 27-yanvarda qabul qilingan Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 4-noyabrda qabul qilingan korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyasi va Afrika ittifoqiga a’zo davlat va hukumatlar rahbarlari tomonidan 2003-yil 12-iyulda qabul qilingan Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga doir Afrika ittifoqi Konvensiyasini minnatdorchilik bilan inobatga olingan.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil fevral oyi davomida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi hamda qator masalalarda kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Agentlik rahbariyati va vakillari ishtirokida 10 ga yaqin uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi, IHTT Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i rahbari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi masofaviy missiyasi, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy nazorat komissiyasi raisi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Buyuk Britaniya va Xitoy elchilari bilan uchrashuv davomida tegishli davlatlar vakolatli organlari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.
Jahon Banki, IHTT, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va USAID vakillari bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkilotlar ko‘magida rivojlantirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.
22-fevral kuni Agentlik direktori Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasini Transparency International xalqaro nodavlat tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksidagi o‘rnini yaxshilash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
Agentlik tomonidan quyidagilar amalga oshirilmoqda:
- BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini O‘zbekistonda amalga oshirilishi doirasida 2-bosqich obzorini o‘tkazish yuzasidan Konvensiya obzori doirasida baholash nazorat ro‘yxati (savolnoma) asosida tegishli vazirlik va idoralardan kerakli ma’lumotlar qabul qilinib, ularni umumlashtirish ishlari olib borilmoqda;
- O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund monitoringidan o‘tkazilishi yuzasidan metodologik o‘rganish va tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.



  1. Download 34,22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish