Korrupsiyaga qarshi kurash kurash tushunchasi va ta’limoti


Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri



Download 74,48 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi74,48 Kb.
#818689
1   2   3
Bog'liq
referat korrupsiyaa

Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.

Korrupsiya har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy


taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiyadan ko‘riladigan
iqtisodiy zarar, birinchi navbatda, davlatning makroiqtisodiy
siyosatini amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Boshqaruv tizimining quyi va o‘rta bo‘g‘inlaridagi korrupsiya
natijasida markaziy hukumat mamlakat iqtisodiyotidagi real holat
to‘g‘risida ishonchli axborot ola olmaydi va belgilangan maqsadlarga
erishishni amalga oshira olmaydi. Korrupsiya davlat qarorlari sabablarini buzib ko‘rsatadi.
Korrupsiyalashgan siyosatchi va amaldorlar davlat resurslarini
nazorat kuchli bo‘lmagan va pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan
sohalarga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Ular maktab darsliklarini
nashr etish va o‘qituvchilarni maoshini oshirishni moliyalashtirishdan
ko‘ra ishlab chiqarishni, masalan harbiy samolyotlarni ishlab
chiqarish va boshqa yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga
moyildirlar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha korrupsiya davlat xarajatlari
tarkibiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi: korrupsiyalashgan hukumat
ta’lim va sog‘liqni saqlashga korrupsiyalashmagan hukumatdan ko‘ra
kamroq mablag‘ ajratadi.
Korrupsiya iqtisodiy ta’sirining eng asosiy salbiy jihati
tadbirkorlarning (ayniqsa, yulg‘ichlar oldida himoyasiz bo‘lgan
kichik firmalarning) xarajatlari oshib ketishidir. Masalan, sobiq
sotsialistik mamlakatlarda biznes rivojlanishidagi muammolar
amaldorlar tadbirkorlarni pora berishga majburlashi bilan bog‘liqdir,
bu poralarga qo‘shimcha soliqlar sifatida qaraladi (5.4.1-jadval).
Tadbirkor halol bo‘lib, pora bermasa ham korrupsiyadan zarar
ko‘radi, u injiq davlat amaldori bilan muloqotga ko‘p vaqt sarflashga
majburdir.
Davlat sektorida resurslardan foydalanish ustidan
nazoratning yo‘qligi. Bugungi kunda davlat ulushi bo‘lgan
korxonalarning umumiy soni 2819 tani tashkil etadi, shundan 2000
tasida davlat 50% dan ortiq ulushga ega. Qoida tariqasida, davlat
korxonalarida, xususiy sektorda bo‘lgani kabi, xodimlarning korxona
resurslaridan foydalanishi ustidan qattiq nazorat mavjud emas, bu esa
korrupsiya va o‘g‘rilik uchun asos yaratadi. Eng ko‘p davlat
korxonalari kommunal xizmat, qurilish va xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy
sohalar, turizm, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
sanoatida joylashgan bo‘lib, bu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori
bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlari hukumatning alohida qarorlari
bilan tartibga solinadi. Investitsiyalarning umumiy hajmida davlat
investitsiyalarining yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Davlat 37 turdagi
tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi. Bugungi kunda xususiy
sektorda 4 ishchi davlat sektorida 1 ishchiga to‘g‘ri keladi. Binobarin,
rivojlanayotgan davlatlar sharoitida davlatning nazorat
funksiyalarining katta qismi saqlanib qolishi korrupsiyaning
kuchayishi bilan birga keladi. Korrupsiya bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar sonining
statistikasi shuni ko‘rsatadiki, davlat muassasalari va korxonalar
xodimlariga qarshi barcha da’volarning 71 foizi qo‘zg‘atilgan.
Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda
bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga
zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta’lim xizmatlarini taqdim
eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi
maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun
odamlar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lib, bu muassasalarda
korrupsiya paydo bo‘ladi.
Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari, O‘zbekistonda davlat
xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko‘plab sohalarida ularning
aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda.
Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug‘orish tizimlari, asfalt yo‘llar,
ko‘priklar, parklar va o‘yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu
ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga nisbatan yuqori
ekanligini ko‘rsatishi mumkin, chunki davlat mablag‘lari boshqa
maqsadlarda ishlatilishi mumkin yoki bunday xizmatlarning
cheklanganligi sababli birinchi bo‘lib pora berganlar xizmat
ko‘rsatishi mumkin.
Iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. Xo‘jalik faoliyati
mexanizmlarini litsenziyalash va tartibga solish korxonalarga
mansabdor shaxslarning imtiyozli rejimidan foydalanish imkoniyatini
beradi. Natijada, ijarani davlat amaldorlari bilan bo‘lishishi mumkin,
ular o‘z navbatida ijarani tashkil etish uchun litsenziya berish yoki
savdo-sotiqni himoya qilishda to‘lovlarni oladilar. Bugungi kunda
O‘zbekistonda 355 turdagi faoliyat turlari mavjud bo‘lib, ularni
amalga oshirish uchun tegishli litsenziya talab etiladi. Bundan
tashqari, faoliyatning 140 turi turli davlat organlari tomonidan taqdim
etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Shu bilan birga, Davlat xizmatlari markazida va Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaat etuvchilar atigi 23 ta
litsenziya va ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Qolgan 475 litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun ular tegishli
davlat tashkilotlariga murojaat qilishlari kerak, bu qo‘shimcha
xarajatlar, mablag‘lar va vaqtni talab qiladi. "Buyuk Kelajak"
mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,
so‘rov o‘tkazilgan tadbirkorlarning 30 foizi litsenziyalar va
ruxsatnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ular duch kelgan 10 ta asosiy
muammolardan biri ekanligini ko‘rsatdi.


Download 74,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish