Korrupsiyaga qarshi kurash kurash tushunchasi va ta’limoti



Download 74,48 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi74,48 Kb.
#818689
  1   2   3
Bog'liq
referat korrupsiyaa


Korrupsiyaga qarshi kurash kurash tushunchasi va ta’limoti


Reja:

1. Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi.


2. Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.


3.Korrupsiyaga qarshi kurash yo’llari.


Xulosa.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi.
Korrupsiya (lat.corruptio – aynish, poraga sotilish) – mamlakatiqtisodiy resurslariga, davlat mulkini taqsimlash jarayonlarida uning bir qismiga ega bo‘lish maqsadida uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini
davlat manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi davlat xizmati amaldorlarini o‘z domiga ilintirib, ulardan foydalanishi va ular bilan birikib, qo‘shilib ketishidir. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona iqtisodiyotning ko‘rinishidir.
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor
shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan. BMT Bosh
Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya
– bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatlarini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuniga binoan korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek
bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish
ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan
korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin:
poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm (shaxsiy aloqalar
asosida “o‘z qanoti ostiga olish”) va h.k. chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikga erishganimizdan keying davrda ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator normative huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari,ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo’lsada, unga qarshi kurashish ko’ngildagidek bo’layotgani yo’q. tom na’noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin oshib bormoqda. Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo’lishidir. Chuqurroq o’ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.
Poraxo‘rlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar quyidagilardan
iborat:
– biznesni boshlash uchun ruxsat olish, ro‘yxatdan o‘tish, qulay
sharoit yaratishga intilish;
– korxona raqobatchilarini yo‘ldan olib tashlash, ularni
bozordan, faoliyat sohasidan surib chiqarish;
– davlat xizmatlariga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga
erishish, bu yo‘lda mansabdor shaxslar tazyiqi, qarshiligini yengish;
– soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirishga intilish;
Tovlamachilik – aldash, laqillatish, qo‘rqitish yo‘li bilan
kishining mol-mulki, pulini olib qo‘yish, undan foydalanish;
firibgarlik. Tovlamachi – kishilarni tovlab, laqillatib, qo‘rqitib kun
ko‘ruvchi; firibgar.
bgar – firib beruvchi, hiylagar, aldoqchi; aldamchilik,
tovlamachilik, makru hiyla bilan shug‘ullanuvchi kimsa. Firibgarlik
– aldamchilik, hiylagarlik. Firibgarlik – aldov yoki ishonchni
suiste’mol qilish yo‘li bilan begona mulk yoki mulkka nisbatan
huquqni qo‘lga kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining 168-modda). Firibgarlik - korxona rahbariyati yoki
xizmatchilari orasidan bir yoki bir nechta shaxsning hisob va hisobot
ma’lumotlarini ataylab noto‘g‘ri aks ettirishi va taqdim etishini, shu
jumladan, hisob yozuvlarini qalbakilashtirish va boshlang‘ich
hujjatlarni soxtalashtirish, hisob yozuvlarini qasddan o‘zgartirish,
xo‘jalik operatsiyalari mazmunini o‘zgartirish va qonunchilik hamda
korxona siyosatida o‘rnatilgan qoidalarni buzish. Firibgarlik –
rahbariyat, boshqaruvni amalga oshiruvchilar, xodimlar orasidan bir
yoki bir nechta kishi yoki uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy va
adolatsiz manfaat olish uchun aldov yordamida ataylab qilingan
harakatdir. “Firibgarlikka qo‘l urgan odamlar odatda o‘z harakatlarini
oqlashga arziydigan harakatlar, deb ishonadilar”. Bank sohasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, firibgarlik qilgan xodim odatda o‘zi aldayotgan korxonada ko‘p yillik stajiga ega bo‘ladi. Asosan, bular vakolatlarga ega bo‘lib, ilgari o‘z ishiga nisbatan e’tiroz va tanbehlar olmagan muhandis-texniklar sirasiga kiruvchi xodimlardir.
Rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishi evolyutsiyasida XIX va XX asrlar yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda bir tomondan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek amaldorlar hukmronligi kuchaydi. Ikkinchi tomondan, yirik biznes vujudga kelib, raqobat kurashida “davlatni sotib olish” usulidan keng foydalana boshlandilar. Bunda ular siyosatchilar va yuqori davlat xizmatchilari faoliyatini yirik kapital manfaatlarini himoya qilishga bo‘ysundira boshladilar. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, ikkinchi jahon urushidan keyin siyosiy partiyalar ahamiyati osha borgani sari partiyaviy korrupsiya avj ola boshladi. Yirik kompaniya, moliyaviy-sanoat guruhlar, o‘zlarining manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishini ta’minlash maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun saylovoldi jarayonlarida partiya kassalariga mablag‘ ajrata boshladilar. Yirik siyosatchilar o‘z mavqeilaridan shaxsiy daromad olish manbai sifatida foydalana boshladilar.



Download 74,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish