va ularning rahbarlarini baholash uchun alohida idoralarning korrupsiya mavjudligi reytingini va mansabdor shaxslarning reytingini joriy etish
vaqti bilan e’lon qilishni rejalashtiryapmiz va shu bilan xalqaro tashkilotlarga mamlakatimizdagi
— Yaqinda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergani
uchun fuqarolarni rag‘batlantirish taklif qilingan. Pul mukofoti miqdori pora miqdori yoki yetkazilgan zarar yoki talon-
taroj qilingan mol-
mulkning qiymatiga bog‘liq bo‘ladi — BHMning 3 baravaridan mablag‘ning 10−15% gacha.
Bu
korrupsiya darajasiga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?
— Albatta ta’sir qiladi. Oddiy misol, Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzish faktlari to‘g‘risida ma’lumot berish tizimi joriy etildi, buning uchun pul
mukofoti to‘lanadi. Bu, albatta, ta’sir ko‘rsatdi va yo‘l harakati ishtirokchilarini intizomli qildi.
Bunday amaliyot hukumat ama
ldori uchun to‘xtatuvchi omil bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu yaxshi samara beradi, hech bo‘lmaganda xorijiy amaliyotda
bunday mexanizmlar o‘zini oqladi.
— Agentlik byudjet xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash va o‘rganish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishdagi
ishlar jarayoni haqida gapirib bersangiz.
— Avvalo, byudjet xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat agentlik, balki barcha fuqarolar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak, biz bunga erishishimiz
kerak. Biz boshqa byudjet tashkilotlari bilan birg
alikda me’yoriy-huquqiy bazani yaratamiz, bu ma’lumotlarni olishning aniq mexanizmi bo‘ladi.
Yaqinda pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar talon-taroj qilinganligi e’lon qilindi. Ushbu pullarning sarflanish jarayoni
ustidan nazor
at o‘rnatdik. Biz turli davlat idoralari bilan bog‘landik, ular qayerga va qancha mablag‘ sarflanganligi to‘g‘risida ma’lumot berishga
tayyor. Bundan buyon bizda o‘rnatilgan tizim bo‘ladi va biz barcha organlarning xarajatlari va byudjet tushumlarini kuzatib boramiz.
— Aytib o‘tganingizdek, so‘nggi paytlarda ko‘pincha «Mehr shafqat va salomatlik», «Mahalla» jamg‘armalaridan,
Sanitar-
epidemiologik farovonlik markazidan yoki ishsizlik nafaqasi mablag‘larini talon-taroj qilish holatlariga tez-tez
ko‘zimiz tusha boshladi. Ba’zi hollarda, bu ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlami uchun davlat tomonidan ajratilgan
pullar edi. Mutaxassislar ushbu jarayonda vositachilardan foydalanmasdan, pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhtojlarga
tarqatadigan mexanizmni ishlab chiqishni taklif qilishdi. Nima uchun bu jarayonda vositachilarning ishtiroki baribir qoldi
deb o‘ylaysiz? Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun nima qilish mumkin?
— Bu holat oldindan taxmin qilingan vaziyat edi. Men boshida pul miqdori juda katta bo‘lsa, vasvasa bo‘ladi deb aytgan edim. Agar bu pul
favqulodda vaziyatda ajratilsa, vasvasa ikki baravar ko‘payadi. Tizimning yo‘qligi vijdonsiz kishilarga bundan foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Oxirgi talon-
taroj qilish faktlari bizning tayyor emasligimizni ko‘rsatdi. Statistik idoralarda ham, kambag‘al fuqarolar bilan ishlaydigan boshqa
tashkilotlarda ham kimning qanday holatda ekanligini hisobga olish tizimi mavjud emas edi. Shuning uchun davlat bu pulni qaysidir tashkilotlar orqali
ajratishga majbur bo‘ldi. Inson omilini kamaytirish uchun bizda ekotizim, platforma bo‘lishi kerak.
— Sizning agentligingiz koronavirusga qarshi kurashga ajratilgan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari bo‘yicha tekshiruvni
boshladi. Bu ish qanday olib boriladi?
— Avvalo, biz O‘zbekistondagi pandemiyani yumshatish bo‘yicha barcha tushumlarni o‘rganmoqchimiz. Bu inqirozga qarshi fondga tushgan
hukumat mablag‘lari. Ikkinchidan, bu xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari, grant mablag‘lari, shu jumladan xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari.
Uchinchidan, qaysidir fondlar va
xayriya tashkilotlari orqali ajratilgan mablag‘lar. Biz bularning barchasini tahlil qilmoqchimiz.
Agar talon-
taroj qilish faktlari aniqlansa, ular uchun jazoning muqarrarligini ta’minlaymiz. Hozirning o‘zida aniqlangan faktlar bor, jinoiy ishlar
qo‘zg‘atilgan, biz bu ishlarning tergov jarayonini kuzatib boramiz. Oxirida esa biz fuqarolarga qancha mablag‘ ajratilganligi va qanday sarflanganligi,
kimni va qanday qilib javobgarlikka tortganimiz to‘g‘risida hisobot tayyorlaymiz. Engmuhimi, biz ushbu mablag‘larni davlat xazinasiga qaytarilishini
nazorat qilamiz.
— Siz ilgari propaganda jamoatchilik bilan ishlashning eng samarali usuli emas deb aytgan edingiz. Biroq, agentlikning
oldida odamlarning korrupsiya masalasida savodxonligini oshirish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirishvazifasi turibdi. Propaganda va
ma’rifat tomonidan yondashuvning o‘rtasidagi farq nimada?
— Biz «korrupsiya — yovuzlik» deb aytsak va uni barchaga takrorlasak, demak bu propaganda bo‘ladi. Odamlarga korrupsiyaning oqibatlarini
ko‘rsatish esa ma’rifat tomonidan yondashuv bo‘ladi. Odamlar korrupsiya nafaqat davlatga, balki oilalarga va ularning kelajagiga zarar yetkazishini
bilishlari kerak.
Odamlarda daxldorlik hissi paydo bo‘lishi uchun biz ularni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishimiz kerak. Buning uchun
yangi yondashuvlar va
eng yaxshi amaliyotlardan foydalanishimiz zarur. Yaqinda korrupsiya to‘g‘risida xabar berganlarni moddiy jihatdan
rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qaror shunday misollardan biridir.
— Agentlikka xodimlarni ishga qabul qilish qaysi bosqichda ekanligi, ular qaysi mezonlar bo‘yicha saralanganligi
to‘g‘risida gapirib bersangiz.
— Biz birinchi o‘rinda nizomni ishlab chiqdik, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Prezident ma’muriyati, fuqarolik jamiyati
vakillari va psixologlar tarkibida maxsus tanlov komissiyasini tuzdik. Keyinchalik barcha bosqich natijalari komissiya vakillari tomonidan hal qilindi.
Har bir la
vozim uchun aniq mezonlarni e’lon qildik. Avvalo, bu ma’lum bir sohadagi tajriba va rahbar lavozimidagi tajriba. Hammasi ochiq-oydin edi.
Ariza berish jarayonida inson omili yo‘q edi, nomzodlar hujjatlarni internet orqali onlayn topshirishdi.
13 mingdan or
tiq arizalar kelib tushdi. Avvaliga biz ko‘p odamlar ishlashga qiziqish bildirganligi va ular orasidan munosiblarini tanlash imkoniyatiga
ega bo‘lishimizdan xursand edik. Ammo tanlov jarayonida biz ko‘plab nomzodlarning, ya’ni 90 foizdan ortig‘i boshlang‘ich mezonlarga mos
kelmasligini angladik: yetarli tajribaga emas yoki bu sohada ishlamagan.