Korrelyasiya
Korrelyasiya
(genetikada) -bir butun organizmda belgilarning oʻzaro bogʻliqligi. K. asoslarini
birinchi marta J. Kyuvye bayon etgan (1800—05). K.ning evolyusion ahamiyatini Ch.Darvin
asoslab bergan (1859). K. oʻzgaruvchanlikning muhim unsuri boʻlib, organizmning rivojlanish tarzi
va evolyusiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Korrelyasion bogʻlanishlar mutlaq boʻlmay, tabiiy tanlanish va
sunʼiy tanlash bilan boshqarilishni taʼminlaydi. Genetik K. (genlarning birikkanligi yoki ularning
pleyotrop taʼsiri sabab boʻladi), paratipik K. (oʻzaro bogʻliq belgilarning muhim sharoitlariga
boʻlgan reaksiyasi), fenotip i k va boshqa K.lar farqgtanadi. K.ning fenotipik, genetik va paratipik
koeffitsiyenti koʻrsatkichlari oʻzaro muvofiq kelmaydi, baʼzan esa boshqa-boshqa yoʻnalishga
ega boʻlishi mumkin. Seleksiya sxemalari va tanlash yoʻna-lishini toʻgʻri tuzishda genetik K.ni
bilish katta ahamiyatga ega. Korrelyativ bogʻliqlik sifat (morfologik) hamda miqdoriy belgilar
boʻyicha ku-zatiladi. Miqdoriy belgilar rivojini nazorat qiluvchi poligenlar yagona birikish
guruhlarida boʻlishi va kompleks irsiylanishi mumkin. Madaniy ekinlarda koʻpgina qimmatli xoʻjalik
belgilar oʻzaro salbiy K.ga egaligi aniqlangan. Xususan, gʻoʻzada genetik K. kuchi oʻrtacha, tola
miqdori (chiqishi) va indeksi tola uzunligi va chiziqli zichlik bilan, ertapisharlik hosildorlik bilan,
tolaning sifati koʻsakning ogʻirligi bilan, 1000 dona chigit massasi tolaning chiqishi bilan oʻzaro
teskari nisbatga ega. Salbiy aloqadorlikning mavjudligi seleksiya ishlarini qiyinlashtiradi, chunki
bir belgini yuzaga chiqarish uchun olib borilgan intensiv tanlash boshqa belgilarning rivojlanishiga
salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun salbiy K. mavjud boʻlgan hollarda tanlash
kompleks belgilar boʻyicha oʻtkazilishi kerak. Oʻrin almashishi mumkin boʻlgan rekombinantlarni
topish uchun kattagina populyasiyalar bilan ishlash, mutagenlarning samarali taʼsiri talab etiladi.
Xususan, ertapisharlik bilan boshqa qimmatli xoʻjalik belgilar oʻrtasidagi salbiy K.ni bartaraf etish
mumkin. Mas, dastlabki ertapishar gʻoʻza navlarining koʻsagi mayda (4 g atrofida), tola chiqishi
28%, tola oʻz. 26–28 mm dan oshmas edi. Hozirgi rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarida (S-6524
Yulduz, Gulbahor, Toshkent 6, Buxoro 6, Namangan 77 va boshqalar) duragaylash, mutagenez va
sunʼiy tanlash usullaridan foydalanib, K. bogʻlanishlarini boʻzish asosida ertapisharlik bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |