7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” – “moslashish”) anomal bolalarning individual, guruhli xulqlarini ijtimoiy qoidalar, qadriyatlarga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishish qiyin, ular ijtimoiy o’zgarishlarga qiyin moslashadilar, murakkab talablarni bajara olmaydilar. Ijtimoiy adaptatsiya anomal bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8. Oila tarbiyasi ijtimoiy reabilitatsiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Oila va maxsus ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkon qadar kasb ko’nikmalarini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |