2-JADVAL Eng yirik transmilliy korporatsiyalarga misollar 1. | International Business Machines Corporation (IBM) | Har xil kompyuter, kompyuter uskunalari va dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqaruvchi jahondagi yirik Amerika shirkatidir. Ushbu shirkatning bosh idorasi New Yorkning Armonk shahrida joylashgan. | 2. | Microsoft Corporation |
Amerikaning ko'pmillatli texnologiya kompaniyasi bo'lib, shtabkvartirasi Vashington shtatining Redmond shahrida joylashgan. U kompyuter dasturlari, maishiy elektronika, shaxsiy kompyuterlar va tegishli xizmatlarni ishlab chiqarish, litsenziyalashtirish, qo'llab-quvvatlash va sotish bilan shug'ullanadi.
| 3. | Honda | Honda Motor Co., Ltd. — yaponiyaning yetakchi mototsikl ishlab chiqaruvchi xalqaro sanoat kompaniyasi |
Shuningdek, Honda avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida dunyodagi birinchi oʻntalikka kiradi. Asosiy ishlab chiqarish quvvati Yaponiya, AQSh, Hindiston va Braziliyada joylashgan boʻlib, asosiy savdo bozorlari AQSh va janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan.
Honda quyidagi mamlakatlarda ishlab chiqarish zavodlariga ega:
Yaponiya — 4 ta zavod, 15 ming ishchi;
AQSh — Ogayo shtatidagi 3 ta zavod, Shimoliy Karolinada 2 ta (ikkalasi ham samolyot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi), bittadan Indiana va Alabama shtatida, 17 ming ishchi;
Kanada — 1 ta zavod, 4,200 ishchi;
Meksika — 2 ta zavod, 6300 ishchi;
Buyuk Britaniya — 1 ta zavod, 2600 ishchi;
Turkiya — 1 zavod, 700 ishchi;
Xitoy — 1 zavod, 800 ishchi;
Hindiston — 5 ta zavod, 10 ming ishchi;
Indoneziya — 2 zavod, 7500 ishchi; [17]
Malayziya — 1 ta zavod, 2600 ishchi;
Tailand — 3 ta zavod, 7500 ishchi;
Vetnam — 2 ta zavod, 4500 ishchi;
Argentina — 1 zavod, 1200 ishchi;
Braziliya — 2 ta zavod, 10 ming ishchi.
2016-yilda Honda Forbes Global 2000 dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar roʻyxatida 74-oʻrinni egalladi, shu jumladan aylanma hajmi boʻyicha 36-oʻrin, sof foyda boʻyicha 132oʻrin, aktivlar boʻyicha 175-oʻrin va bozor kapitallashuvi boʻyicha 176-oʻrin. Shuningdek, Honda eng qimmat brendlar roʻyxatida 23-oʻrinni va AQShdagi eng yaxshi ish beruvchilar roʻyxatida 239-oʻrinni egalladi.2
Zamonaviy TMKlar faoliyatida quyidagi asosiy tendensiyalar kuzatilmoqda:
aktivlarning umumiy hajmida xorijiy aktivlar ulushiga ko‘ra tasniflashda AQSHning TMKlari yetakchilik qilishmoqda;
Yaponiya TMKlarining faoliyati 1970—1980-yillarda boshqa TMKlarga nisbatan birmuncha barqaror bo'lgan, lekin umumiy holda hozirgi vaqtda ham ular TMKlar raqobatlashuvida o‘zining mustahkam o'rnini egallab kelishmoqda;
hozirgi davrda Xitoy TMKlari jadal sur'atlarda o‘z faoliyatlarini kengaytirmoqda, shuningdek, TMKlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan faol tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya, Janubiy Koreya, Hindiston va Malayziyani kiritish mumkin;
Yevropa TMKlari mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati kabi yirik xarajatlar talab etuvchi sohalardagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishmoqda;
Do'stlaringiz bilan baham: |