Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


III bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilish



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana08.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#330900
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
MD Qorayeva L

III bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilish 

mexanizmini takomillashtirish

 

masalalari 

 

 3.1  Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  soliq  nazoratini 

takomillashtirish istiqbollari 

Soliq  nazoratini  takomillashtirish,  uni  to’lash  intizomiga  qatiy  rioya  qilish, 

soliq  qonunbuzarligiga  yo’l  qo’ymaslik,  soliq  to’lovchilar  va  soliq  organlari 

xodimlarining  ma’naviyatini  yuksaltirish  korxonalarning  iqtisodiy  faoliyatini 

ta’minlashda  muhim  omillardan  sanaladi.  Hozirgi  kunda  soliqqa  oid 

qonunbuzarliklarga  yo’l  qo’ygan  korxonalardan  undirilgan  soliq  summasining 

umumiy  soliq  summasidagi  ulushi  yuqoriligicha  qolmoqda.  Bularning  saqlanib 

qolayotgani, hali soliq to’lovchilarimizning davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati, 

ularning ma’naviy saviyasi talab darajasida etarli emasligidan darak beradi. Davlat 

soliq  xizmati  organlari  faoliyatida  har  kuni  o’nlab  qonunbuzar-liklar 

aniqlanmoqda. Ularning mavjudligi ijobiy holat hisoblanmaydi.  

Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  quyidagi  ishlarni 

amalga  oshirish  maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi.  Bu  esa  o’z  navbatida  soliq 

nazoratini takomillashuviga olib keladi.  

Bu borada quyidagi takliflarni kiritish mumkin:  

Birinchidan,  ulgurji  savdo  faoliyati  bilan  shug’ullanish  maqsadida 

ochilayotgan  yuridik  shaxslarni  ro’yxatga  oluvchi  inspektsiyalar  tomonidan  har 

taraflama  o’rganilishi  va  taqdim  etilayotgan  ma’lumotlar  haqqoniyligiga,  ya’ni 

ko’rsatilayotgan  manzilgohining  haqiqiyligi,  moddiy 

texnika 


bazasini 

mavjudligiga e’tibor kuchaytirilishini majburiy yo’lga qo’yish.  

Ikkinchidan, soliq tizimi tarkibida bankdagi pul mablag’larini monitoringini 

olib boruvchi nazorat tizimini kuchaytirish.  

Uchinchidan,  shubhali  bank  operatsiyalarini  olib  boruvchi  sub’ektlarning 

alohida hisobini yuritish va ularga nazoratdagi sub’ekt maqomini berish.  

To’rtinchidan,  soliq  nazorati  samaradorligini  oshirishda  asosiy  e’tibor 

daromadlarni qasddan yashirish holatlariga chek qo’yish lozim.  




 

Beshinchidan,  litsenziyalash,  sertifikatlash,  ro’yxatga  olish  jarayonlarini 

soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirishdir.  

Oltinchidan,  soliq  tushumlarini  oshirishda  soliq  boshqaruvining  nazorat 

funktsiyasi  samaradorligini  oshirishda  soliq  madaniyatini  oshirish,  soliq 

mexanizmini  soddalashtirish,  tadbirkorlik  faoliyatini  ro’yxatga  olish  tartibini 

ixcham va tez shakllarini joriy etish lozim.  

Ettinchidan,  2007  yil  23  noyabrda  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul 

qilingan,  2007  yil  30  noyabrda  Senat  tomonidan  ma’qullangan,  2007  yil  25 

dekabrda  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.A.  Karimov  tomonidan 

tasdiqlangan  2008  yil  1  yanvardan  e’tiboran  kuchga  kirgan  O’zbekiston 

Respublikasining Soliq kodeksi va uning sharhi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib 

borish, kengroq matbuotdan foydalanishni, soliq to’lovchilar orasida soliq nazorati 

haqida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish lozim.  

Sakkizinchidan,  soliq  organlari  tomonidan  o’tkaziladigan  tekshirishlarda 

nazorat  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  bo’lim  tomonidan  soliqqa  oid 

qonunlar, Farmonlar va qarorlar talablarini 

bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir.  

To’qqizinchidan,  soliq  qonunchiligini  barqarorlashtirish  soliq  nazoratini 

huquqiy tartibga solishda soliq to’lovchilar uchun soliq yukini optimal taqsimotini 

ta’minlash va soliq sub’ektlarining soliq madaniyatini yuksaltirish lozim.  

O’ninchidan,  soliqlarni  hisoblash  va  byudjetga  o’tkazish  jarayonida  soliq 

nazoratini  kuchaytirish  va  soliq  qonunchiligini  buzganlik  uchun  moliyaviy  jazo 

choralarini  qonunchilik  me’yorlarini  soliq  to’lovchiga  tushunarli  holda  to’liq 

belgilash lozim. 

Korxonalarda  biznesning  taqdiri,  uning  saqlanishi  va  rivojlanishi  ko’p 

jihatdan  soliq  va  to’lovlarning  qanday  va  qancha  miqdorda  to’lanishiga  bog’liq 

bo’lib  qolayotganligi  hech  kimga  sir  emas.  Respublikamizdagi  soliq  va  boshqa 

soliqqa  tortish  tizimiga  ta’sir  etuvchi  boshqa  qonunchilikka  tinimsiz 

o’zgartirishlarning  kiritilishi  va  soliq  yukining  yuqoriligi  sharoitida  korxonalarda 

soliq menejmentini samarali tashkil etish nihoyatda muhim va shu bilan bir paytda 



 

juda murakkabdir. Chunki soliq qonunchiligining o’zgarishi rejalashtirilgan biznes 

rejalarning  buzilishiga  olib  keladi.  Soliq  menejmenti  korxonada  moliyaviy 

resurslar  va  moliyaviy  oqimlarni  boshqarishning  muhim  yo’nalishi  hisoblanadi. 

Soliq  menejmenti  -  soliq  to’lovlarini  optimallashtirish  bilan  bog’liq  faoliyat 

sifatida ularni samarali boshqarishdir va u har qanday korxona 

menejmentining ajralmas qismi hisoblanadi. 

Respublikamizda  korxonalarda  soliq  menejmentini  rivojlantirish  hali 

o’zining yaxshi rivojini topmagan. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar 

soliq  menejmentini  rivojlantirish  davr  talabidir.  Shu  tufayli  korxonada  soliq 

munosabatlarini  boshqarish  nafaqat  soliq  to’lovchilarning,  balki  auditorlik  va 

konsalting  firmalari  faoliyatining  asosiy  ish  ob’ektiga  aylanib  bormoqda,  chunki 

soliq  menejmenti  tadbirkorlik  faoliyatining  ajralmas  qismiga  aylanib  bormoqda. 

Aks  holda  korxonalar,  albatta,  inqirozga  uchraydilar.  Buni  mamlakatimiz  bozor 

iqtisodiyotiga  qtishining  dastlabki  bosqichlarida  (ya’ni  soliq  menejmenti 

tushunchasining  umuman  mavjud  bo’lmagan  paytlarida)  ko’plab  kuzatishimiz 

mumkin edi. Hozirgi paytda ham bu holat yo’q emas. Respublikamizdagi iqtisodiy 

shart-sharoitlarda  korxonalarda  soliq  menejmentini  yuritishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari,  uni  tashkillashtirish  imkoniyatlari  va  chegaralari  qanday?  Barqaror 

soliq  qonunchiligi  asos  yaratadigan  korxonalar  soliq  menejmentini  korxonalar 

moliyaviy xo’jalik faoliyatini rivojlanishini ta’minlaydigan va ayni paytda byudjet 

daromadlariga  minimal  ta’sir  ko’rsatadigan  darajada  tashkil  etish  mumkinmi? 

Ushbu bo’limda shu kabi savollarga javob berishga harakat qilamiz.  

Adolatli soliq yuki va mukammal soliq tizimi sharoitida korxonalarda soliq 

menejmentidan  kutilgan  natija  yuqoridagi  holatni  ta’minlaydi.  Ammo  korxona 

soliq  menejmentining  (binobarin  har  bir  tadbirkor)  pirovard  maqsadi, 

korxonalarning  soliq  to’lashni  kamaytirishga  va  maksimal  foyda  ko’rishga 

qaratilganini e’tiborga oladigan bo’lsak, soliq va to’lovlar yuki darajasi korxonalar 

foyda  olishini  nihoyatda  chegaralaydigan  (yoki  ta’minlamaydigan)  sharoitda 

korxonalar yo inqirozga uchraydi yoki noqonuniy yo’llarga qtishga majbur bo’ladi. 

Coliq  sohasida  qarorlar  qabul  qilinayotganda,  korxonalarda  soliq  menejmentining 



 

rivojlanganligini e’tiborga olmaslik, byudjet daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Yana  shuni  ta’kidlab  qtish  lozimki,  soliq  menejmentini  samarali  tashkil  qilish 

ko’proq xorijiy investitsiya ishtirokidagi qqshma 

korxonalarda 

riojlanganligini 

ko’rishimiz  mumkin.  Korxonalarda  soliq 

menejmentini  qisqacha  xo’jalik  sub’ektlarining  soliqlar  va  davlatning  maqsadli 

fondlariga  to’lovlarni  korxona  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatiga  minimal  darajada 

ta’sir ko’rsatadigan darajada boshqarishni tushunish 

mumkin. 

Korxonalarda soliq menejmentini tashkil qilishningikki xil ya’ni, korxonada 

soliqni  rejalashtirish  va  korxonada  soliq  nazoratini  olib  borish  yo’nalishda 

yuritiladi. 

Korxonada 

soliqni 


rejalashtirish 

avvalo 


soliq 

to’lovlarini 

optimallashtirishni  anglatadi.  Korxonada  soliqlarni  optimallashtirish  bu  -  soliq 

to’lash xarajatlarini kamaytirish orqali moliyaviy natijalarga ega bo’lish, yoki soliq 

to’lovlarini  oshirmagan  holda  ko’proq  tushumga  ega  bo’lishdir.  Soliq  to’lovchi 

byudjetga  to’lovlarni  qisqartirish  binobarin,  mulkni  saqlab  qolish  uchun  yo’l 

qo’yiladigan  barcha  usullardan,  shu  jumladan  qonun  hujjatlari  kamchiliklardan 

foydalanish  huquqiga  egadir.  Soliq  qonunchiligidagi  barcha  shubhali  joylar  soliq 

to’lovchining  foydasiga  sharhlanishi  kerak.  Bu  narsa  xususiy  mulk  daxlsizligi 

qoidasining  real  ifodasi  hisoblanadi  va  davlat  o’zboshimchaligiga  qarshi  kafolat 

bo’ladi. Soliq to’lovchining soliqning qonuniy tarzda chap berish huquqining shak-

shubhasizligi  ko’pchilik  mamlakatlarning  sud  amaliyoti  bilan  ham  tasdiqlanadi. 

Soliqlarni 

rejalashtirish 

asosida 

qonun 


tomonidan 

belgilangan 

barcha 

imtiyozlardan  iloji  boricha  to’liq  va  to’g’ri  foydalanish,  shuningdek,  soliq 

organlarining  pozitsiyasini  baholash  va  davlatning  soliq,  byudjet  va  investitsiya 

siyosati asosiy yo’nalishlarini hisobga olish turadi.  

Soliq  to’lashdan  bo’yin  tovlash,  soliqlarga  chap  berish  va  soliqlarni 

rejalashtirishni chegaralash kerak bo’ladi. Mazkur tushunchalar jahon amaliyotida 

soliq  huquqi  shakllanishi  bilan  barobar  paydo  bo’lgan.  Soliqlarga  chap  berish 

shunday  vaziyatki,  bunda  korxona  yoki  jismoniy  shaxs  uning  faoliyati  qonunga 

ko’ra  soliq  solishdan  yoki  soliq  solinmaydigan  daromadlar  olishi  yoxud  soliq 



 

organlarida  ro’yxatga  olinmaganligi  tufayli  soliq  to’lovchi  hisoblanmaydi. 

Soliqlarni  rejalashtirish,  shuningdek,  qonun  bilan  yo’l  qo’yiladigan  barcha  soliq 

imtiyozlaridan  qonuniy  foydalanish  yoki  to’lovchining  soliq  majburiyatlarini 

kamaytirishning  maxsus  usullarini  qo’llanish,  agar  ular  qonuniy  usullar  bilan 

amalga  oshirilsa,  odatda,  ularga  soliq  organlarining  qanday  munosabatda 

bo’lishidan  qat’i  nazar,  to’lovchiga  nisbatan  jarima  choralarini  qo’llash  uchun 

sabab  bo’la  olmaydi.  Soliqlarni  rejalashtirishning  shak-shubhasiz  afzalligi 

shundaki, soliq majburiyatlarini imkoni boricha kamaytirish 

maqsadlariga  qonunlarni  buzmasdan  erishiladi.  Soliqlardan  ochiq-oydin  qochish 

uchun  ham,  soliq  to’lashdan  bo’yin  tovlash  uchun  ham  foydalaniladigan  soliq 

qonunchiligidagi  kamchiliklar  qonunni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  chog’ida 

yuridik  texnikaning  mukammal  emasligi  bilan  izohlanadi.  Bunday  muammolar 

qonun  matniga  zarur  tuzatishlar  kiritish  yoki  noaniq  yohud  ikki  xil  ma’no 

beradigan ta’riflarni rasman sharhlash bilan bartaraf etiladi. Soliqlarni rejalashtirish 

ijodiy jarayon bo’lib, u mamlakatdagi soliq qonunchiligining holatiga, uning soliq 

muhitiga, byudjet, investitsiya va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari va huquqiy 

tartibot holatiga,  soliq organlari ixtiyorida  bo’lgan va  soliqlarni to’lashdan bo’yin 

tovlashlarning  oldini  olishga  yo’naltirilgan  qonunchilik,  ma’muriy  va  sud 

choralariga,  soliq  to’lovchilar  huquqiy  madaniyati  holatiga,  shuningdek,  soliq 

maslahatchilarining omilkorligiga bog’liqdir.  

Ko’pchilik davlatlarning huquqni qo’llash amaliyotida soliqlarni to’lashdan 

bo’yin  tovlashning  oldini  olishga,  shuningdek,  soliqlarni  rejalashtirishni  qo’llash 

sohasini  jiddiy  ravishda  chegaralash  imkonini  beradigan  maxsus  usullar 

shakllangan. Korxonada soliqni rejalashtirishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: 

1)  Soliqlarni  eng  minimal  darajada  to’lashga  harakat  qilish  (soliq 

qonunchiligi doirasida); 

2)  Soliq  to’lashning  optimal  holatini  tanlash.  Masalan,  soddalashtirilgan 

tizimda yoki aksincha umumiy tartibda soliq to’lashni tanlash; soliq imtiyozlaridan 

foydalanishdan  voz  kechish  (ayrim  hollarda  bu  korxona  uchun  qulay  bo’lmasligi 

mumkin);  soliqqa  tortish  tizimining  qulayligiga  qarab  tadbirkorlik    bilan 



 

shug’ullanuvchi  jismoniy  shaxs  sifatida  ro’yxatdan  qtish  yoki  yuridik  shaxs 

sifatida faoliyat qilish qulay bo’lishi mumkin;  

3)  Soliq  to’lovlari  muddatlarini  o’z  manfaatidan  kelib  chiqib  taqsimlash. 

Bunda  soliqlar  qonuniy  belgilangan  muddatlarda  to’lanmay,  jarima  va  penyalar 

to’lash korxona uchun afzalroq deb qaralishi mumkin. 

Soliqni  rejalashtirish  ishlari  yil  davomida  emas,  moliya  yili  boshlangunga 

qadar  amalga  oshirilishi  samaraliroq  bo’ladi.  Soliqni  rejalashtirish  xo’jalik 

faoliyatini  ishlab  chiqarisholdi  rejalashtirishning  bir  qismi  bo’lishi  lozim.  Soliqni 

rejalashtirishni tashkil qilishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:  

1.  Buxgalteriya  hisobi  bilan  birgalikda  (Rossiyadagi  kabi)  alohida  soliq 

hisobini yuritishni tashkil qilish  

2.  Korxonada  shakllanadigan  xarajatlar  tarkibini,  foydaning  shakllanishini 

tahlil  qilib  chiqish.  Bu  holat  qonun  doirasida  foyda  solig’ini  va  QQSni 

kamaytirishi mumkin. Ammo bu sof foydani ham kamaytiradi. 

Bizning soliq qonunchiligimizga ko’ra, xarajatlar ham ko’pgina soliqlarning 

ob’ektiga  kirishini  e’tiborga  olish  zarur  (ekologiya  solig’i,  yo’l  fondiga  to’lov, 

nafaqa fondiga to’lov), xarajatlarni ko’paytirish orqali soliqni ko’proq to’lanadimi 

yoki kamaytirish orqali degan savolga javob berish uchun xar bir korxona tegishli 

hisob-kitoblarni amalga oshirishi kerak va to’g’ri variantni tanlash mumkin.  

3. Soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish lozim. Soliq 

imtiyozlaridan  foydalanish  uchun  moliya  yili  boshlangunga  qadar  soliq 

imtiyozidan foydalanish shartlariga moslashish tadbirlari ko’riladi.  

4.  Soliq  to’lovlarining  optimal  holatini  tanlashda  barcha  soliqlarning  va 

boshqa soliq to’lovchilarning soliq to’lash bo’yicha holatini birgalikda olib qarash 

kerak (chizmada). Chunki bir soliqni pasaytirish imkoniyatidan foydalanish boshqa 

soliqdan  ko’proq  to’lanishiga  yoki  boshqa  soliq  to’lovchi  tomonidan  ko’proq 

to’lanishiga olib kelishi mumkin.  

5. Soliqni rejalashtirishda soliq organi bilan munosabatlarni shunday tashkil 

qilish  kerakki,  soliq  qonunchiligini  buzganlik  uchun  penya  va  jarimalarga  ketgan 

xarajatlarni kamaytirilishi lozim. Soliqni to’lash muddati kelgan bo’lsa, uni to’lash 



 

uchun  kredit  olish  kerakmi  yoki  soliq  penyasini  to’lash  afzalmi  degan  savolga 

javobni qulay hal qilish lozim. 

6.  Soliq  qonunchiligini  buzganlik  uchun  javobgarlik  faqat  Soliq  kodeksi 

bilan  emas  balki  boshqa  me’yoriy  hujjatlar  bilan  belgilanganligini  ham  e’tiborga 

olish lozim.  

7. Soliq to’lovlari bo’yicha korxonada taqvim yuritilishi maqsadga muvofiq. 

U  korxonaning o’z  to’lov kalendariga  mos  kelishi  va  to’lov  muddatlariga tegishli 

mablag’lar mavjud bo’lishi choralari ko’rib boriladi. Soliqni rejalashtirish sifatini 

baholash mezoni bo’lib, uning qo’llanilishidan bo’lgan iqtisodiy natija hisoblanadi. 

Korxonada  soliqni  rejalashtirishni  samarali  amalga  oshirish  uchun  uchun 

quyidagilarga e’tibor berish zarur: 

1.  Nafaqat  joriy  yil  balki  rejalashtirilayotgan  davr  uchun  ham  soliq 

qonunchiligini bilish;  

2. Soliq davri uchun aniq biznes rejaning mavjudligi.  

Iqtisodiy  ko’rsatkichlar  aniq  bo’lmasdan  turib,  soliqni  to’g’ri  rejalashtirish 

mumkin  emas;  Amaliyotda  shunday  hollar  uchraydiki,  korxona  (ko’proq  xususiy 

firmalar) ro’yxatdan qtiladi, bir muncha xarajatlar qilinadi va faoliyatini boshlaydi. 

Endi soliqqa tortish holati bilan yaxshilab tanishishi yoki soliqni dastlabki to’lash 

payti kelishi bilan korxona faoliyat yurita olmasligiga, bankrotga uchrashiga ko’zi 

etib  faoliyatini  tqxtatadi.  Respublikamizda  ro’yxatdan  o’tgan  va  faoliyat 

yuritmayotgan  korxonalar  soni  ko’p.  Shu  tufayli  soliqni  rejalashtirishda  faoliyat 

yuritishdan  keladigan  soliq  oqibatlarni  to’g’ri  aniqlanishi  mablag’  va  vaqtning 

tejalishiga olib keladi. 

3. Kadrlar masalasini to’g’ri hal etish. Soliqni samarali rejalashtirish nafaqat 

soliq  qonunchiligini  yaxshi  bilishni,  balki  ko’plab  iqtisodiy  bilimlarni  chuqur 

o’zlashtirishni talab etadi. 

4.  Soliq  to’lovchilarning  o’z  qonuniy  huquqlarni  talab  qila  olishlari  ham 

korxonada soliq to’lovlarini optimallashtirish uchun muhimdir. 

Respublikamizda 

iqtisodiyotni 

rivojlantirishda 

soliqlardan 

samarali 

foydalanish  maqsadida,  korxonalar  faoliyatini  soliqlar  orqali  rag’batlantirish 



 

alohida  dasturlar  loyihalariga  kiritilgan  korxonalarga  va  soliq  to’lovchilar  ayrim 

guruhlariga (investitsiyaviy dasturlar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, 

iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish,  qo’shma  korxonalar)  nisbatan  olib  boriladi. 

Bunday  dasturlar  loyihalariga  kirishga  moslashish  korxonada  soliqlarni 

pasaytirishning bir yo’nalishi hisoblanadi. 

Soliqqa  tortishning  yuqoriligi  va  soliq  tushumlari  rejasining  bajarilishining 

talab  qilinishi  ayrim  hollarda  soliq  inspektorlari  tomonidan  qo’shimcha 

tushumlarni undirishni zarur qilib qo’yish hollarining ham amaliyotda mavjudligini 

e’tiborga  olish  zarur.  Soliq  organlari  tomonidan  nazorat  o’tkazish  natijalariga 

ko’ra,  korxona  faoliyatini  tubdan  o’zgartirib  yuboradigan  jarimalarni  (masalan 

korxona  faoliyatini  tqxtatish,  tugatish,  litsenziyalarni  bekor  qilish,  tovarlarni 

oborotdan  chiqarish,  bankdagi  hisob  raqamini  hibsga  olish,  yirik  jarimalarni 

qo’yish)  qo’llash  vakolatini  sud  organlariga  berish  masalasini  ko’rib  chiqish 

maqsadga muvofiq. Bu holat bir tomondan noqonuniy harakatlarning oldini oladi, 

ikkinchi  tomondan,  moliyaviy  mablag’lar,  resurslarning  tadbirkorlar  ixtiyoridan 

byudjetga  noto’g’ri  o’tkazilishining  oldini  oladi.  Yuqori  jarimalar  korxonalar 

faoliyatining  to’xtashiga  va  byudjet  daromadi  manbaining  tugashiga  olib  keladi. 

Buning natijasida byudjet ko’proq zarar ko’radi.  

Joylarga  borib  soliq  nazoratini  o’tkazishdagi  eng  katta  muammo  bu 

korxonalar tomonidan ikki xil buxgalteriya hisobining yuritilishidir. Birinchisi o’zi 

uchun, ikkinchisi soliq organlari uchun. Yashirilgan soliq ob’ektlarini topish soliq 

organlari  xodimlaridan  nihoyatda  katta  bilim  va  tajriba  talab  qilinadi.  Soliq 

nazorati  sohasidagi  muammolardan  biri  soliq  to’lovchilarni  ro’yxatdan  o’tkazish 

bilan  bog’liq.  «Qayd  qilingan  manzil»  tushunchasining  tartibga  olinmaganligi, 

hamda  noqonuniy  faoliyat  boshlagani  uchun  jazoning  kuchli  emasligi  turli 

soliqdan  qochish  uchun  turli  qonunbuzarliklarni  amalga  oshiruvchi  «bir  kunlik» 

firmalarning tashkil bo’lishiga olib kelmoqda. Ular haqiqiy bo’lmagan hujjatlardan 

va  noaniq  manzildan  foydalanadilar.  Ular  turli  noqonuniy  operatsiyalarni  amalga 

oshirib,  soliqlarni  to’lashdan  ko’ra  korxonaning  «tashlab»  ketishni  ma’qul 

ko’radilar.  Ularni  topish  soliq  organi  uchun  kata  mehnat  va  xarajatlarni  talab 



 

qiladi.  Shuningdek,  ularni  sud  orqali  yopish  va  qarzlarni  undirish  ham  vaqt  va 

xarajatni talab qiladi. Shu tufayli yangi korxonani ro’yxatdan o’tkazishda dastlabki 

nazoratni  diqqat  bilan  amalga  oshirish  mexanizmini  ishlab  chiqish  va  uni 

qonuniylashtirish maqsadga muvofiq.  

Nazorat  organlari  ish  faoliyatlari  reglamentining  umumiy  shaklini  ishlab 

chiqish  va  joriy  etish  lozim.  Unda  tekshiruvchi  inspektorlar  va  tekshirilayotgan 

xo’jalik  sub’ektlarining  huquq  va  majburiyatlari  aniq  ko’rsatilishi  kerak. 

Shuningdek, unda nazorat faoliyatini amalga oshirish vakolatlarini va nazoratning 

soddalashtirilgan  tartibi  aks  etishi  kerak.  Amalda  xo’jalik  sub’ektlarini  soliq 

organlari  tomonidan  tekshirishni  o’tkazishning  aniq  tartib  qoidalari  ishlab 

chiqilmagan.  Natijada  tekshiruvchi  organlar  xodimlarining  o’z  vazifalarini 

suiiste’mol  qilish,  soliq  to’lovchilar  huquqlarini  buzish  hollari  yuz  beradi. 

Masalan,  qanday  maqsadli  tekshirishlarda  qanday  hujjatlarni  olish  mumkin, 

qaysilarini  olish  shart  emas,  tekshirishning  maqsadiga  qarab  qancha  vaqt  davom 

etishi  lozim,  boshqa  nazorat  organlari  tekshirish  natijalaridan  foydalanish  tartibi 

kabi  jihatlari  aniq  qonuniylashtirilmagan.  Soliq  organlarining  noqonuniy 

xarakatlariga doir javobgarlik mexanizmi ishlab chiqilishi kerak. 

 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish