Korporativ boshqaruv



Download 8,32 Mb.
bet29/30
Sana26.08.2021
Hajmi8,32 Mb.
#156617
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Koreya iqtisodiyoti

XULOSA VA TAKLIFLAR

Kuchli iqtisodiyoti bo’yicha dunyoda 12-o'rin va Osiyoda 4-o'rinni egallab turgan Janubiy Koreya eng kambag'al davlatlar qatoridan yuqori daromadli, rivojlangan mamlakatga aylangani bilan mashhur. 1990-yillarda iqtisodiy o'sish sekinlashgan bo’lishiga qaramay, 1997-yilgacha Janubiy Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) ning “Iqtisodiyotda ilg'or davlatlar” ro’yxatidan joy olishga muvaffaq bo’ldi. Koreyaning shu kabi yutuqlari dunyoga mashhur “Samsung”, “Daewoo” va “Hyundai” transmilliy kompaniyalarining paydo bo'lishiga olib keldi. Jahon moliyaviy inqirozi davrida (2008-2009) mamlakat barqaror iqtisodiyotni saqlab turdi va hatto inqiroz avjiga chiqqanda ham sezilarli iqtisodiy o'sish ko’rsatkichlariga erisha oldi.

Biroq har bir mamlakat iqtisodiy sikli davomida baland-pastliklarni boshidan kechirgani kabi, Janubiy Koreyada ham bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mavjud. Aholi daromadlari o’rtasidagi tengsizlik, keksalar orasidagi qashshoqlik va yuqori yoshdagilar orasidagi ishsizlik, uzoq ish vaqti, ishchilar unumdorligining pastligi va korrupsiya shular jumlasidandir. Shu bilan birga, Xalqaro Valuta Fondi (XVF)ning prognoziga ko’ra, COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-yilda Koreya YaIMning o’sishi 1,2% gacha tushishi va 2021-yilda pandemiyadan keyingi global iqtisodiy tiklanish sharoitida 3,4% gacha ko'tarilishi kutilmoqda.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Koreya Respublikasi o’ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo’liga ega bo’lib, tarixdagi bir nechta “iqtisodiy mo’jizalar” ushbu davlat nomi bilan bog’liq. Koreyaning iqtisodiy taraqqiyot modeli ko’plab o’tish davridagi va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga andoza bo’lib xizmat qila oladi.

Statistik va diagnostik tahlillarga ko’ra, oxirgi yillarda Koreya iqtisodiyoti rivojlanishida eng katta ulush xizmatlar (ayniqsa, ta’lim tizimi) va sanoat sohasiga to’g’ri kelayotgani ayon bo’ldi. Ushbu tahlil natijalarini hisobga olgan holda O’zbekistonning Koreya bilan shu sohalardagi aloqalarini mustahkamlashi to’g’ri bo’lar edi degan shaxsiy xulosaga keldim.

Albatta, Koreya va O’zbekiston Respublikalari o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilgandan beri (1992-yil 29-yanvar) ko’plab manfaatli bitimlar imzolandi va loyihalar amalga oshirildi. Bunga misol qilib bir qancha hamkorlik munosabatlarini keltirish mumkin. 2014-yil 1-oktabrda Toshkent shahrida kompyuter, dasturiy injiniring va logistika sohalarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Janubiy Koreyaning “Inha” universiteti filiali ochildi. Respublika bo‘yicha jami 13 oliy o‘quv yurtida, 28 maktab, litsey va kollejlarda koreys tili o‘rgatiladi. Munisipal darajada yaqin aloqalar o‘rnatiligan bo‘lib, ushbu doirada Toshkent va Seul, Farg‘ona va Yongin, Namangan va Songnam, Samarqand va Kyongju, Toshkent viloyati va Kyonsan-Pukto hamkorlik kelishuvlari mavjud.



Bu kabi hamkorlik aloqalarini ko’paytirish va mustahkamlash iqtisodiy taraqqiyotimiz uchun ijobiy ta’sir ko’rsatib, xalqaro miqyosda o’z o’rnimizga ega bo’lishimizga hissa qo’shadi.



Download 8,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish