5.5. Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo‘yicha takliflar
tizimi
O‘zbekistonning korporativ boshqaruv tizimi Germaniya korporativ boshqaruv
tizimiga uxshash bulib, Germaniya tajribasi urganilmokda. Mamlakatimizda
korporativ boshqaruv sohasini rivojlantirish uchun Korporativ boshqaruv kodeksi
tasdiklandi. Korporativ boshqaruv kodeksi aksiyadorlik jamiyatlarining haqqoniy va
ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro korporativ boshqaruv prinsiplari asosida
ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bunda asosiy maqsad sifatida aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatini yangilash
maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi, kuzatuv kengashi, aksiyadorlar,
92
mehnat jamoasi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida manfaatlar
uyg‘unligiga erishishga qaratiladi. Kodeks qoidalariga rioya qilish majburiyati
to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida oddiy ko‘pchilik ovoz bilan
qabul qilinadi. Korporativ boshqaruv kodeksidagi ma’lum talablarga qa’tiy rioya
qilish to‘g‘risida xabar belgilangan shakl bo‘yicha majburiyat oluvchi shaxslarga
taqdim etilishi shart. Bu kodeks yana bir me’yoriy hujjat O‘zbekiston
Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi qonuni asosida tuzilgan. Qonunning yangi tahriri 2015- yil
3- iyunda tasdiqlangan. Ushbu qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining
tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek,
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat. Bu konun va kodeks O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini
joriy etishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va xalqaro
talablarga javob beruvchi tizimga erishish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarning
tayanchi xisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tashkil etish va amalga
oshirish, korporativ boshqaruv tizimini joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, Prezidentning qaror va farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar
asosida ish yuritiladi. SHu bilan birga, mavjud me’yoriy hujjatlar bazasini yangi
zamonaviy xalqaro talablar va standartlar asosida tizimli ravishda takomillashtirib
borish, ulardagi turli bo‘shliqlarni tegishli me’yor va talablar bilan to‘ldirish, yangi
hujjatlarni ishlab chiqish lozim. Bu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda
aksiyadorlik jamiyatlari, qonun chiqaruvchi va ijro organlarining o‘zaro uzluksiz,
tizimli hamkorligini tashkil etish zarur.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
qo‘mitalarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir
qator dolzarb qonun loyihalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan,
byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida ekspertlar, mutaxassislar hamda
manfaatdor idoralarning vakillari ishtirokida “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
93
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bugungi kunda
dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlari zamonaviy korporativ
boshqaruv tizimini joriy etish evaziga yuqori iqtisodiy natijalarga erishib kelinmoqda.
Korporativ boshkaruv tizimini joriy etishdagi masalalardan yana biri mazkur
yo‘nalishdagi kadrlar salohiyati, ya’ni ularning imiji, diplomatiyasi xalqaro talablarga
to‘liq javob bermasligidir. Bu etishmovchilik respublikamizdagi aksiyadorlik
jamiyatlarining ayrimlarida korporativ madaniyat tushunchasining to‘liq joriy
etilmaganligining natijasida kelib chiqmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarining
korporativ madaniyati xodimlarning axloq-odoblari ta’sirida shakllanadi va rivojlanib
boradi. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining 3 ta asosiy guruhi mavjud:
1. Bozor muhitida xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyingi jarayonlar
natijasida shakllangan aksiyadorlik jamiyatlari.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida vujudga kelgan va rivojlangan aksiyadorlik
jamiyatlari.
3. Tabiiy monopoliyaga mansub aksiyadorlik jamiyatlari. Bu guruhlarning har
birida ushbu biznesning asosiy vazifalari ta’siri ostida ishbilarmonlik axloqi
xususiyatlari shakllangan. Odob-axloq tushunchasi oilada shakllanadi, ya’ni ota-ona,
mahalla bergan tarbiya, bular hammasi madaniyatning asosi hisoblanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, ish jarayoniga ham ta’sir qiladi. SHuning uchun ham hukumat tomonidan
yoshlar va ularning ma’naviy va madaniy jihatdan etuk bo‘lishiga muhim e’tibor
qaratilmoqda.
Korporativ madaniyatning umumiy va hammaga ma’qul bo‘lgan ta’rifi
yo‘qligiga qaramay, bu tushuncha umumqabul qilingan axloqiy qadriyatlar,
qonunchilik talablariga amal qilish, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
atrof-muhitni asrash bilan bog‘liq tamoyillar asosida shakllanadi. Korporativ
boshqaruv sohasini yanada rivojlantirishda mazkur yo‘nalishda yuqori malaka va
bilimga ega kadrlarni tayyorlash asosiy bosqichlardan biri hisoblanib, professional va
chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlashdagi yana bir masala sifatida tegishli o‘quv
material
va
qo‘llanmalarning
etishmasligini
keltirish
mumkin.
O‘quv
muassasalaridagi bakalavr va magistratura bosqichlarida korporativ boshqaruv
94
bo‘yicha o‘quv jarayonlarini yanada kengaytirish, ularni ishlab chiqarish jarayonlari
bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv qo‘llanmalarining soni va qamrovini doimiy oshirib
borish
ushbu
yo‘nalishdagi
asosiy
vazifalardan
hisoblanadi.
Korporativ
boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini
takomillashtirish, shaffofligini ta’minlash va shuning natijasida uning daromadlarini
oshirishdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida daromadlarini ko‘paytirish va uning
investorlar oldida jozibadorligini yanada oshirishning yo‘nalishlaridan biri aksiyalar
emissiyasidir.
Aksiyalar emissiyasi deganda emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va
joylashtirish tushunilib, qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Respublikamizda mazkur faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi amalga
oshirib kelmoqda. Jumladan, korporativ boshqaruv joriy etiladigan aksiyadorlik
jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar bo‘yicha ochiq holda e’lon
qilinishi, investorlarga taqdim etilishi va bu yo‘nalishdagi mutaxassislar
tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish ham bu yo‘nalishdagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari soni va ular tomonidan
chiqarilgan aksiyalar hajmining o‘zgarish dinamikasini ko‘rishimiz mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarining joriy
etilishi yaqin kelajakda Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va eksport salohiyatini yanada oshirish, ichki va tashqi
bozorning rivojlanishi va mustahkamlanishiga katta turtki vazifasini bajaradi.
Bu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy
masalalarni, jumladan:
- korporativ boshqaruv sohasida kadrlarni halqaro talablar bo‘yicha tayyorlash;
- qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
- aksiyadorlik jamiyatida axborotlarni shaffofligini ta’minlash;
- kimmatli kogozlarni emissiya kilish tartibini soddalashtirish;
95
- aksiyadrlik kapitali tarkibida mayda investorlarni (minoritar aksiyadorlar)
sonini oshirib borish;
va boshqa muhim masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish orqali
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va uning
natijasida respublikamiz oldida turgan oliy maqsadlarga erishish, xalq farovonligini
ta’minlash va iqtisodiyoti rivojlangan, ilg‘or mamlakatlar qatoridan joy olishda katta
o‘ringa ega.
Aksiyadorlik jamiyatlarigagina xos bo‘lgan korporativ boshqaruvning birorta
modeli boshqalari oldida ajralib turuvchi ustuvorliklarga ega emas, qolaversa, hech
birini universallikka ega, deb ham bo‘lmaydi. Aksincha, oxirgi o‘n yillikdagi vaziyat
jahondagi barcha etakchi davlatlar uchun korporativ boshqaruvning turli xil tizimlari
qorishib borishi xos ekanligini ko‘rsatmoqda.
SHuning bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning
samarali tashkil etilishi, nafaqat, ular faoliyatining rivojlanishiga, balki, pul oqimlari
hajmi va harakatini yanada ko‘paytirish, investitsiya loyihasiga kiritiladigan kapital
qiymatini pasaytirish orqali qo‘shimcha qiymat o‘sishini ta’minlash bilan birga,
milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro integratsiyasi va raqobatbardoshligini
oshirishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bu esa aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning ilg‘or xorij
tajribalarini tadbiq etishga bo‘lgan ehtiyojni yanda oshiradi. Bunda mamlatimizda
korporativ boshqaruv bo‘yicha muayyan tajribalarning to‘planganligi, amaliyot
uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi bu boradagi ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq
etish uchun zaruriy elementlar mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyotini takomillashtirish
maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1.
Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida xorijdan yuqori
malakali, tajribali mutaxassislarni ishga jalb etish, ularning korporativ boshqaruv
tizimini takomillashtirishga doir takliflari, tajribalaridan amaliyotda foydalanish
asosida mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv tizimini
96
joriy etishda mutaxassislar professional saviyasini oshirish, korporativ boshqaruv
madaniyati, etikasi, psixologiyasi va ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
2.
Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida moliyaviy
siyosatni puxta ishlab chiqish va uni amalga oshirishning moliyaviy asoslarini
ta’minlashda kapital qiymati, kapital tarkibi, pulning vaqt birligidagi qiymati hamda
daromadlilik va risk darajasining o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyalariga to‘liq va
muntazam amal qilinishini ta’minlash zarur.
3.
Mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy nufuzli fond
birjalariga (IPO) chiqishini ta’minlash orqali ularning xorijiy kapital bozoriga
chiqishini ta’minlash asosida xalqaro bozordagi erkin raqobat kurashiga
chidamliligini oshirishga erishish, bunda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari
va standartlarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy, texnik-iqtisodiy, axborot va
kadrlar ta’minoti bo‘yicha asoslari hamda mexanizmini ishlab chiqish maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakatimizda xususiy mulkchilik sohasidagi islohotlar natijasida iqtisodiy
jihatdan savodxon, xo‘jalik yuritish san’atiga ega mulkdorlar sinfi shakllandi.
Korporativ
boshqaruvning
samaradorligini
yanada
oshirish
uchun
yirik
korxonalarning xususiylashtirishdagi keyingi jarayonlarga yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
mulkdorlar sinfini jalb etish lozim. Bu esa O‘zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or,
iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin
egallashida o‘z hissasini qo‘shadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida takomillashgan korporativ strategiyani ishlab
chiqish korporativ maqsadga erishishning sinalgan va istiqbolli usuli hisoblanadi.
Korporativ strategiya korxonani rivojlantirishning o‘zak yo‘nalishlarini ifoda etuvchi,
boshqarishning
yuqori
bo‘g‘ini
foydalanadigan
chora-tadbirlar
majmuidir.
Amaliyotda, korporativ strategiya aksiyadorlik jamiyatining turli bo‘linmalarini bosh
korporativ maqsad atrofida birlashtirish uchun ishlab chiqiladi. Aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ strategiya boshqaruv bo‘g‘inlari rahbarlarida strategik
bashoratlash
(tasavvur)ni
shakllantiruvchi
birdan-bir
vositadir.
Korporativ
97
strategiyaning samarasi aksiyadorlik jamiyatida mehnat unumdorligini o‘sish darajasi
bilan belgilanadi.
Fikrimizcha, o‘zbek modelining shakllanishi va takomillashishida quyidagilar
inobatga olinishi lozim deb hisoblaymiz:
– milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda, iqtisodiy globallashuv sharoitiga
hamda milliy xususiyatlarga mos bo‘lgan korporativ boshqaruvning zamonaviy
konsepsiyasini ishlab chiqish;
– korporativ munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda korporativ madaniyat va
korporativ nazoratning ahamiyatini kuchaytirish;
– boshqaruvchilar, menejerlarning yuqori malakali, tajribali bo‘lishlariga
imkon yaratish;
– axborotlarning ochiq-ravshanligi, aniq va to‘liqligi, kompaniya faoliyatidan
aksiyadorlarning to‘liq xabardorligini ta’minlash.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy kompaniya faoliyat yo‘nalishlarini
dasturlash, uni strategik boshqarish va rejalashtirishni maqsadga muvofiq tashkil
etish hamda bu borada ilg‘or xorij tajribalaridan keng qamrovli foydalanish
korporativ boshqaruv tizimida strategik menejment usullarini joriy etish
samaradorligini oshirishda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |