5.3. Korporativ huquq tushunchasi. Korporativ huquqning belgilari.
Korporativ me’yoriy xujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Korporativ huquq bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo‘lib,
manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli
tomonlarini tartibga soladi.
Korporativ huquqning belgilari:
- korporativ huquq me’yorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro
munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
- korporativ huquq o‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga
soluvchi me’yorlar tizimini tashkil qiladi;
- korporativ me’yorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi
uchun majburiydir;
- korporativ me’yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o‘rnatish
shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
Aksiyadorlik va korporativ huquqning nisbati
88
AH KH
KH – korporativ huquq (ichki tashkiliy me’yorlar);
AH – Aksiyadorlik huquqi (Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ
me’yorlari);
AH
– Aksiyadorlik huquqi (Aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan
markazlashtirilgan me’yorlar).
Korporativ boshqaruvning andozalari:
- Kedberi kodeksi, 1991- yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi
rahbarligidagi Qo‘mita tomonidan tayyorlangan. Qo‘mita Moliyaviy axborotlar
kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan
tuzilgan;
- 2000- yil yanvarida Germaniya korporativ boshqaruv bo‘yicha guruh
tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan;
- Fransiya xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Fransiya
korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Veno raislik qilgan
Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.);
- Gretsiya korporativ boshqaruv tamoyillari 1999- yilda Moliyaviy bozorlar
bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan;
- “Jeneral Motors” Direktorlar Kengashi tomonidan 1994- yilda tayyorlangan
“AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va muammolari” tezislari;
- Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va etakchi institutsional investorlardan biri
bo‘lgan “Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi”
tomonidan 1998 yilda ishlab chiqilgan “AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy
tamoyillari va yo‘nalishlari”;
- Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999- yilda tayyorlagan
“Lozim darajadagi amaliyot kodeksi”;
- Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998- yilda taqdim qilingan
“Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi”;
- Malayziya Oliy moliya qo‘mitasi tomonidan 1999- yilda taqdim etilgan
“Korporativ boshqaruv kodeksi”;
89
- Gonkong fond birjasi tomonidan 1989- yilda (keyinchalik to‘ldirilgan) taqdim
etilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi va umumjamoa kompaniyalarning direktorlari
uchun tavsiyalari”;
- Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ boshqaruv
bo‘yicha qo‘mitasi 1999- yilda taqdim qilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi”;
- Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi va YOxannesburg
fond birjasi qo‘llab -quvvatlashida JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994 yilda
taqdim etilgan “Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi”.
Korporativ boshqaruv (xulq) kodeksi quyidagilarga talab qo‘yishi kerak:
- emitent ustav hujjatlariga;
- emitent dividend siyosatiga;
- emitent Aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish
tartibiga;
- ishonchnomalar bilan ovoz berish tartibiga;
- kuzatuv kengashini shakllantirish qoidalariga;
- kuzatuv kengashi faoliyatining qoidalariga;
- kuzatuv kengashi a’zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga;
- mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga;
- insayderlik axborotlari ishlatilgan bitimlar va shuningdek manfaatdorlik
mavjud bo‘lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish tartibiga;
- emitentning qayta tashkil qilinishi va tugatilishi bilan bog‘liq qarorlarning
qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartiblariga;
- qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va korporativ harakatlarni amalga
oshirish (aktivlarni katta hajmda sotib olish va sotish, kompaniyalarning birlashishi,
qo‘shib olinishi) bo‘yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga;
- emitentning davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z - o‘zini boshqarish
organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish tamoyillariga.
YUqoridagi
korporativ
boshqaruv
institutlari
tomonidan
korporativ
munosabatlar kurib o‘tilganidan so‘ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun
takliflar tizimi ishlab chiqildi. Buni biz qo‘yidagi jadvlda kurishimiz mumkin:
90
Do'stlaringiz bilan baham: |