Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar  
 
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash 
masalasi,  bundan  buyon  ham  eng  asosiy  vazifalarimizdan  biri  bo‘lib 


 
 
26 
qoladi. YOshlarni  tadbirkorlikka  keng  jalb  etish,  ularning  bandligini  ta’minlash 
maqsadida  “YOshlar  –  kelajagimiz”  jamg‘armasi  faoliyatini  yanada  kengaytirish 
zarur.  
 
2019- yilda jamg‘arma uchun 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish va shu 
orqali  50  mingdan  ortiq  yangi  ish  o‘rni  yaratish  lozim.  Farzandlarimizning  turli 
radikal  va  zararli  g‘oyalar  ta’siriga  tushib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  –  asosiy 
vazifamizdir.  Bu  boradagi  ishlarni  yangicha  yondashuvlar  bilan  davom  ettirishimiz 
kerak.   Jumladan,  davlat-xususiy  sheriklik  asosida  yangi  madaniyat  va  istirohat 
bog‘larini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini 
ko‘rish  zarur.  Ushbu  bog‘lar  tarkibida  birinchi  navbatda  sport  maydonchalari, 
amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, “Kitob kafelari” bo‘lishi lozim. 
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma’lumot olishining asosiy manbai Internet 
ekani  hech  kimga  sir  emas.   SHu  sababli  tadbirkorlarni  qo‘llab-quvvatlagan  holda, 
jamoat  joylarida  bepul  “vay-fay”  hududlarini  tashkil  etish  choralarini  ko‘rishimiz 
kerak.  
 
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu masalalar bo‘yicha dastur ishlab 
chiqish yuklatiladi. Aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan 
ta’minlash,  xalqimiz  farovonligini  oshirish  doimo  e’tiborimiz  markazida  bo‘ladi. 
Kelgusi yilda ham arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettiriladi. Namunaviy 
uylarning  loyihalarini  takomillashtirish,  energiyani  tejaydigan  texnologiyalarni 
qo‘llash,  zamonaviy  va  arzon  qurilish  materiallaridan  foydalanishga,  alohida 
ahamiyat  berish  kerak.  Ayni  paytda  yurtimizdagi  34  mingdan  ortiq  ko‘p  qavatli 
uylarning  aniq  holatini  yana  bir  bor  o‘rganib,  bu  masala  bo‘yicha  amaliy  choralar 
ko‘rish zarur. Hukumat uch oy muddatda ko‘p qavatli uy-joy fondini to‘liq xatlovdan 
o‘tkazishni ta’minlashi kerak.  
 
Dunyodagi  yirik  megapolislarning  bu  boradagi  tajribasini  o‘rgangan  holda, 
renovatsiya dasturini, ya’ni, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida eng zamonaviy 
sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozim. 
 
Ma’lumki, kommunal xo‘jalik sohasi uzoq yillardan buyon ko‘plab e’tirozlarga 
sabab  bo‘lmoqda.   SHuning  uchun  2019  yildan  boshlab  tarmoqda  davlat-xususiy 


 
 
27 
sheriklik  bo‘yicha  investorlar  bilan  hamkorlikda  ishlashni  boshlaymiz.  Uy-joy 
mulkdorlari  shirkatlarida  ma’muriy  xarajatlarni  kamaytirish  uchun  professional 
boshqaruv  kompaniyalari  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  kerak.  Kelgusi  yilda  aholini 
markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini hozirgi 
65 foizdan 75 foizga etkazishimiz lozim. 
 
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya 
tizimini  rivojlantirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  ishlab  chiqishi  zarur. 
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada 
ommalashtirish  yana  bir  dolzarb  vazifadir.  Sportni  jadal  rivojlantirish,  xalqaro 
musobaqalarda  yuksak  natijalarga  erishgan  sportchilarni  rag‘batlantirish  va  qo‘llab-
quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz.  
 
YOsh  avlodimiz  o‘rtasida  sportni  ommalashtirish  maqsadida  eng  chekka 
tumanlarda ham bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etamiz. 
2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiadaga puxta tayyorgarlikni hozirdan 
boshlashimiz lozim.  
 
YAna  bir  muhim  masala  –  mamlakatimizda  qishki  sport  turlari  bo‘yicha 
xalqaro  talablar  darajasida  sportchilar  tayyorlash  samarali  tizimini  yaratish  kerak. 
Poytaxtimizda  barpo  etilayotgan  “Humo”  muz  sporti  saroyi,  shuningdek,  yaqinda 
Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy 
majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda 
Olimpiya  yoki  Osiyo  o‘yinlari  kabi  nufuzli  sport musobaqalari  o‘tkazilmagan.   SHu 
bois  yaxshi  niyat  bilan  kelgusida  yozgi  Osiyo  o‘yinlaridan  biriga  mezbonlik  qilish 
bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak.  
 
Vazirlar  Mahkamasiga  uch  oy  muddatda  bu  masala  bo‘yicha  tegishli  dastur 
loyihasini tayyorlash  topshiriladi.  
 
Turizmni  rivojlantirish,  sohaga  investitsiyalar  jalb  etish,  kadrlar  salohiyatini 
oshirish  bo‘yicha  kompleks  choralar  ko‘rishimiz  lozim.   Bizda  turizm  ko‘pincha 
qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda.  
 
Vaholanki,  mamlakatimizning  betakror  tabiati,  milliy  qo‘riqxonalar,  tog‘li 
hududlarda  turizmni  rivojlantirish  uchun  katta  salohiyat  mavjud.  Ayniqsa,  tibbiyot 


 
 
28 
turizmi,  ziyorat  turizmi  va  ekoturizmni  rivojlantirish  nafaqat  iqtisodiyot,  balki 
ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. 
 
Vazirlar  Mahkamasi  bir  oy  muddatda  2019-2025  yillarda  Turizmni 
rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi zarur.  SHu 
asosda  2025  yilda  yurtimizga  tashrif  buyuradigan  xorijiy  sayyohlar  sonini  7  million 
nafarga,  turizm  eksportidan  keladigan  yillik  daromadni  esa  2  milliard  dollarga 
etkazish  lozim.  Oldimizga  qo‘ygan  ulkan  vazifalarni  amalga  oshirishda  biz  uchun 
kuch-qudrat  manbai  bo‘ladigan  milliy  g‘oyani  rivojlantirishimiz  zarur.  Xususan, 
milliy  o‘zligimizni  anglash,  Vatanimizning  qadimiy  va  boy  tarixini  o‘rganish,  bu 
borada  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  kuchaytirish,  gumanitar  soha  olimlari  faoliyatini  har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. 
 
O‘tmishga  berilgan  baho  albatta  xolisona,  eng  muhimi,  turli  mafkuraviy 
qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. 
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish