Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Korporativ boshqaruvning andozalari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

5.6. Korporativ boshqaruvning andozalari 
Korporativ boshqaruvning global andozalari: 
-  moliyaviy  hisobotning  halqaro  andozalari  (XX  asr  90  -  yillarining  ikkinchi 
yarmi); 
- Jahon Bankining korporativ boshqaruvning holatini yaxshilash global dasturi 
turli  mamlakatlarda  korporativ  boshqaruvning  va  kompaniyalar  faoliyati  haqidagi 
axborotlarni  oshkora  qilish  milliy  tizimlarini  sezilarli  darajada  yaxshilashga 
qaratilgandir (1998); 
-  Birlashgan  millatlar  tashkilotining  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot 
tashkiloti (IHTT) Kengashi tomonidan 1999 yil may oyida qabul qilingan Korporativ 
boshqaruv tamoyillari. 


 
 
98 
Korporativ  boshqaruv  kodeksi  –  ixtiyoriy  belgilanuvchi  andozalar  va  ichki 
me’yorlar    yig‘indisi  bo‘lib,  korporativ  munosabatlarning  tartibini  o‘rnatadi  va 
tartibga  soladi.  Kodeks  korporatsiyadagi  korporativ  boshqaruvning  barcha  muhim 
elementlariga  taaluqli  bo‘lgan  asosiy  me’yorlardan  va  tavsiyalardan  tarkib  topishi 
kerak.  Emitentlarning  Kodeks  qoidalariga  rioya  qilishidan  asosiy  manfaatdorligi 
qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir.   
Korporativ boshqaruvning andozalari: 
-  Kedberi  kodeksi,  1991-  yilda  Buyuk  Britaniyada  Adrian  Kedberi 
rahbarligidagi  Qo‘mita  tomonidan  tayyorlangan.  Qo‘mita  Moliyaviy  axborotlar 
kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 
tuzilgan; 
-  2000  yil  yanvarida  Germaniya  korporativ  boshqaruv  bo‘yicha  guruh 
tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan; 
-  Fransiya  xususiy  korxonalar  uyushmasi  milliy  kengashi  va  Fransiya 
korxonalari  harakati  tomonidan  tashkil  etilgan  guruh,  M.Veno  raislik  qilgan 
Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyalari (1995 va 1999 y.); 
-  Gretsiya  korporativ  boshqaruv  tamoyillari  1999-  yilda  Moliyaviy  bozorlar 
bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan; 
-  “Jeneral  Motors”  Direktorlar  Kengashi  tomonidan  1994-  yilda  tayyorlangan 
“AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va muammolari” tezislari; 
-  Dunyoda  eng  yirik  nafaqa  fondi  va  etakchi  institutsional  investorlardan  biri 
bo‘lgan      “Istefoga  chiqqan  fuqarolik  xizmatchilar  Kaliforniya  nafaqa  fondi” 
tomonidan  1998  yilda  ishlab  chiqilgan    “AQSHda  korporativ  boshqaruvning  asosiy 
tamoyillari va yo‘nalishlari”; 
-  Braziliya  korporativ  boshqaruv  instituti  tomonidan  1999-  yilda  tayyorlagan 
“Lozim darajadagi amaliyot kodeksi”; 
-  Hindiston  sanoat  konfederatsiyasi  tomonidan  1998-  yilda  taqdim  qilingan 
“Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi”; 
-  Malayziya  Oliy  moliya  qo‘mitasi  tomonidan  1999-  yilda  taqdim  etilgan 
“Korporativ boshqaruv kodeksi”; 


 
 
99 
- Gonkong fond birjasi tomonidan 1989 yilda (keyinchalik to‘ldirilgan) taqdim 
etilgan  “Eng  afzal  amaliyot  kodeksi  va  umumjamoa  kompaniyalarning  direktorlari 
uchun tavsiyalari”; 
-  Meksika  tadbirkorlik  muvofiqlashtirish  kengashining  Korporativ  boshqaruv 
bo‘yicha qo‘mitasi 1999- yilda taqdim qilgan “Eng afzal amaliyot kodeksi”; 
-  Janubiy  Afrika  Respublikasi  (JAR)  Tadbirkorlik  palatasi  va  Yoxannesburg 
fond  birjasi  qo‘llab  -quvvatlashida  JAR  Direktorlar  instituti  tomonidan  1994  yilda 
taqdim etilgan “Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi”. 
Korporativ boshqaruv kodeksi quyidagilarga talab qo‘yishi kerak: 
- emitent ustav hujjatlariga; 
- emitent dividend siyosatiga; 
-  emitent  aksiyadorlarining  Umumiy  yig‘ilishini  chaqirish  va  o‘tkazish 
tartibiga; 
- ishonchnomalar bilan ovoz berish tartibiga; 
- kuzatuv kengashini shakllantirish qoidalariga; 
- kuzatuv kengashi faoliyatining qoidalariga; 
- kuzatuv kengashi a’zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga; 
- mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga; 
-  insayderlik  axborotlari  ishlatilgan  bitimlar  va  shuningdek  manfaatdorlik 
mavjud bo‘lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish tartibiga;  
-  emitentning  qayta  tashkil  qilinishi  va  tugatilishi  bilan  bog‘liq  qarorlarning 
qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartiblariga; 
-  qimmatli  qog‘ozlarni  emissiya  qilish  va  korporativ  harakatlarni  amalga 
oshirish  (aktivlarni katta  hajmda  sotib  olish  va  sotish,  kompaniyalarning  birlashishi, 
qo‘shib olinishi) bo‘yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga; 
-  emitentning  davlat  hokimiyat  organlari  va  mahalliy  o‘z  -  o‘zini  boshqarish 
organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish tamoyillariga. 
Korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy qilish, shu jumladan: 


 
 
100 
-  uzoq  muddatli  istiqbolda  rivojlanish  strategiyasi  va  vazifalari,  ichki  nazorat 
tizimlari  va  ijro  organining  aksiyadorlar  hamda  investorlar  bilan   o‘zaro 
hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash; 
-  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatining  ko‘lami,  tarmoq  xususiyatlari  va 
yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish; 
-  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatining  ochiqligini  oshirish,  ular  tomonidan 
xalqaro  standartlar  asosida  audit  va  moliyaviy  hisobot  axborotini  chop  etish  ko‘zda 
tutilgan. 
YUqoridagi 
korporativ 
boshqaruv 
institutlari 
tomonidan 
korporativ 
munosabatlar kurib o‘tilganidan so‘ng  korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun 
takliflar tizimi ishlab chiqildi. Buni biz qo‘yidagi jadvlda kurishimiz mumkin: 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish