Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Korporativ boshqaruv tuzilmalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

4.3. Korporativ boshqaruv tuzilmalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb 
qilishda jahon amaliyoti 
Korporativ boshqaruvning amerika tizimi 
Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQSHda Aksiyadorlik 
mulkchilikning 
xususiyatlariga 
bevosita 
bog‘liqdir. 
Xususan, 
amerika 
Korporatsiyalariga  boshqa  investorlardan  ko‘ra  o‘z  ta’sirini  kuchliroq  o‘tkaza 
oladigan yirik investorlarning yo‘qligi xosdir.  
Amerika  Korporatsiyalarining  Aksiyadorlik  kapitali  yuqori  darajada  kichik 
paketlarga  tarqab  ketgan  bo‘lib,  AQSH  Korporatsiyalari  aksariyatining  reestrlarida 
umumiy kapitalning bir foizidan oshig‘iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki 
institutsional  investor  qayd  qilinmagan.  Natijada  Aksiyadorlarning  birorta  guruhi 
direktorlar  kengashiga  a’zolik  qilishga  alohida  da’vogar  bo‘la  olmaydi.  Ikkinchi 
muhim  xususiyat  shundaki,  xususiy  shaxslarga  qarashli  bo‘lmagan  Aksiyalarning 
ko‘pchiligi  institutsional  investorlar  –  nafaqa  va  o‘zaro  yordam  (paychilik)  fondlari 
qo‘lida  jamlangandir.  Bu  investorlar  qo‘llarida  50%dan  oshiq  kapitalni  jamlaydi, 
ko‘proq  moliyaviy  menejer  sifatida  qatnashishga  moyilroq  bo‘lib,  direktorlar 
kengashi  ishida  qatnashishga  intilmaydilar  va  odatda  o‘zlari  yirik  paketga  egalik 
qilgan  kompaniyalar  uchun  mulkchilik huquqidan  kelib  chiqadigan  mas’uliyatni  o‘z 
zimmalariga olishdan o‘zlarini olib qochadilar. 
Aksiyadorlik  kapitalining  maydalangani  bir  mulkdordan  ikkinchisiga 


 
 
80 
Aksiyalarning o‘tishini osonlashtiradi. Mayda Aksiyador o‘ziga qarashli Aksiyalarni 
sotish  haqida  qarorni  nisbatan  oson  qabul  qilishi  mumkin,  aksincha  yirik  Aksiyador 
uchun paketning sotilishi odatda strategik rejalarning o‘zgarishidan dalolat berishi va 
sotiladigan Aksiyalarning kurs qiymati tushib ketishi oqibatida (bozordagi taklifning 
ortib ketishi sababli) yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.  
Amerika qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan 
ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlarni sotish ishini tez va texnik jihatdan 
oson amalga oshadigan qilib qo‘yadi. Kompaniyalarning qo‘shilishi, qo‘shib olinishi, 
egallanib  olinishi  va  sotib  olinishlari  amerika  fond  bozorining  keng  tarqalgan 
amaliyoti bo‘lib, bu esa fond bozorini Aksiyadorlar tomonidan menejerlar faoliyatini 
nazorat  qilishning  juda  samarali  va  oson  amalga  oshirishga  imkon  beruvchi  quroli 
qilib qo‘yadi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  hukumatining  qaroriga  asosan  joriy  qilinadi  va 
mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. 
"Oltin  aksiya"  qiymatga  ega  emas,  boshqa  shaxsga  berilmaydi  hamda  arovga 
qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilshda va dividendlarni hisoblashda inobatga 
olinmaydi. 
"Oltin  Aksiya"  ustav  fondida  davlat  ulushi  bo‘lmagan  yoki  bu  ulush  yigirma 
besh  foizdan  oshmaydigan  Aksiyadorlik  jamiyatlarida  joriy  etilishi  mumkin. 
Davlatning  "oltin  Aksiya"dan  foydalanish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
"Oltin  Aksiya"  Aksiyadorlik  jamiyatining  kuzatuv  kengashi  tarkibiga  davlat 
vakilini  (bundan  buyon  matnda  davlat  vakili  deb  yuritiladi)  tayinlash  vositasida 
realizatsiya qilinadi. Davlat vakili Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida va kuzatuv 
kengashi  majlislarida  ushbu  qonunning  65-moddasi  birinchi  qismining  ikkinchi-
to‘rtinchi,  ettinchi,  sakkizinchi,  o‘n  sakkizinchi,  o‘n  to‘qqizinchi  xatboshilarida, 
shuningdek  82-moddasi  birinchi  qismining  ettinchi,  yigirma  ikkinchi-yigirma 
to‘rtinchi  xatboshilarida  ko‘rsatilgan  masalalar  bo‘yicha  veto  qo‘yish  huquqi  bilan 
majburiy  tartibda  ishtirok  etadi.  Veto  qo‘yish  ushbu  qarorlar  qabul  qilingan  kuni 
yozma shaklda amalga oshiriladi. 


 
 
81 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish