Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

III.  Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishning 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
 
2019- yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani 
yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur. 
 
Birinchidan,  aholi  o‘rtasida  ishsizlikni  kamaytirish,  odamlar  va  oilalarning 
daromadini  oshirish  lozim.  Hukumat  bir  oy  muddatda  2019-  yil  uchun  bandlikka 
ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak. 
 
Bu  borada  ishsizlarni  kasbga  o‘qitish,  ularga  huquqiy  va  boshqa  maslahatlar 
berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. 
 
Xalqimizning  hayot  darajasini  yuksaltirish  uchun  mehnatga  munosib  haq 
to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Eng kam 
oylik  ish  haqi  miqdorini  belgilash  tartibini  qayta  ko‘rib  chiqish,  soliq  va  boshqa 
to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish kerak. 
 
Vazirlar  Mahkamasi  ikki  oy  muddatda  ushbu  masalani  hal  etish  yuzasidan 
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin. 
 
Ikkinchidan,  pensiya  va  nafaqalarni  tayinlash  va  to‘lash  tartibini  qayta  ko‘rib 
chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. 
Xabaringiz  bor,  yaqinda  ushbu  masala  bo‘yicha  Prezident  farmoni  qabul  qilindi. 
Unga  ko‘ra,  2019-  yil  1-  yanvardan  boshlab,  ishlaydigan  barcha  pensionerlarga 


 
 
23 
pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.  
 
SHuningdek,  pensiyani  hisob-kitob  qilish  uchun  ish  haqining  maksimal 
miqdorini  eng  kam  oylik  ish  haqining  8  barobaridan  10  barobarigacha  oshirish 
bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda.  
 
Islohotlarning  keyingi  bosqichida  ushbu  cheklovlar  ham  butunlay  bekor 
qilinadi.  Ayni  vaqtda  nogironligi  bo‘lgan  bolalar  va  ularning  oila  a’zolarini, 
boquvchisini  yo‘qotganlarni  o‘n  olti  yoshgacha  ijtimoiy  muhofaza  qilish  masalasi 
doimo  e’tiborimiz  markazida  turishi  kerak.  Umrini  nogiron  farzandiga  qarash,  uni 
parvarish  qilishga  bag‘ishlagan  onalar  uchun  alohida  ijtimoiy  nafaqa  turini  joriy 
etamiz. 
 
Uchinchidan,  ilm-fan,  zamonaviy  va  uzluksiz  ta’lim  tizimini  yanada 
takomillashtirish  zarur.  Xalqimizda  “ta’lim  va  tarbiya  beshikdan  boshlanadi”  degan 
hikmatli  bir  so‘z  bor.  Faqat  ma’rifat  insonni  kamolga,  jamiyatni  taraqqiyotga 
etaklaydi.  SHu  sababli,  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosati  uzluksiz  ta’lim  tizimi 
prinsipiga  asoslanishi,  ya’ni,  ta’lim  bog‘chadan  boshlanishi  va  butun  umr  davom 
etishi lozim.  
 
Rivojlangan  mamlakatlarda  ta’limning  to‘liq  sikliga  investitsiya  kiritishga, 
ya’ni,  bola  3  yoshdan  22  yoshgacha  bo‘lgan  davrda  uning  tarbiyasiga  sarmoya 
sarflashga  katta  e’tibor  beriladi.  CHunki  ana  shu  sarmoya  jamiyatga  15-17  barobar 
miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. 
 
Binobarin,  inson  kapitaliga  e’tiborni  kuchaytirishimiz,  buning  uchun  barcha 
imkoniyatlarni  safarbar  etishimiz  shart.  SHu  yo‘ldagi  muhim  amaliy  qadam  sifatida 
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini bugungi 34 foizdan 2019 
yilda 44 foizga etkazamiz. 
 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimini  bugungi  kun  talablari  asosida  tashkil  etish, 
farzandlarimiz  har  tomonlama  kamol  topishi  uchun,  barcha  sharoitlarni  yaratish 
lozim.  Xususiy  maktablar  tashkil  etish,  davlat-xususiy  sheriklik  imkoniyatlaridan 
keng  foydalanish  kerak.  Oliy  ta’lim  tizimida  tahsil  olish  uchun  teng  imkoniyat 
yaratishga  qaratilgan  ishlarni  yanada  kuchaytirishimiz  zarur.  O‘zbekistonda  oliy  va 
o‘rta maxsus ta’lim maskanlari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish o‘tgan 


 
 
24 
davrda 9-10 foiz darajasida bo‘lib kelayotgan edi. So‘nggi ikki yilda ko‘rilgan chora-
tadbirlar tufayli, biz bu raqamni 15 foizdan oshirishga erishdik.  
Lekin  bu  hali  etarli  emas.  CHunki  dunyodagi  rivojlangan  davlatlar  tajribasiga 
qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. SHuning uchun 
2019  yilda  mamlakatimizda  bitiruvchilarni  oliy  ta’lim  bilan  qamrab  olish  darajasini 
20 foizga etkazish va kelgusi yillarda oshirib borish – muhim vazifamizdir. 
 
Oliy  o‘quv  yurtlari  nufuzini  oshirish,  nodavlat  ta’lim  maskanlari  sonini 
ko‘paytirib,  sohaga  yuqori  malakali  kadrlarni  jalb  etish  va  raqobatni  kuchaytirish 
lozim.  YOshlarimizga  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  oliy  o‘quv  yurtiga  hujjat 
topshirish  imkoniyatini  berishimiz,  o‘ylaymanki,  ularning  ta’lim  olish  huquqlarini 
kengaytirishga xizmat qiladi. 
Oliy  ta’lim  muassasalariga  real  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  qabul 
kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish kerak.  
 
Bakalavriat  yo‘nalishida  tahsil  olayotgan  talabalarga  xorijda  o‘qishni  davom 
ettirish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi. CHunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga 
ega,  yuksak  malakali  mutaxassislar  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  rivojlanish  shuncha  tez  va 
samarali bo‘ladi. 
 
Vazirlar Mahkamasi ushbu takliflar yuzasidan ikki oy muddatda tegishli chora-
tadbirlar  ishlab  chiqishi  kerak.  Oliy  ta’lim  muassasalarida  ilmiy  salohiyatni  yanada 
oshirish,  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  ko‘lamini  kengaytirish  –  eng 
muhim masalalardan biridir. 
 
Har  bir  ishlab  chiqarish  sohasida  tarmoq  ilmiy-tadqiqot  muassasalari, 
konstruktorlik  byurolari,  tajriba-ishlab  chiqarish  va  innovatsion  markazlar  bo‘lishi 
maqsadga  muvofiqdir.  Biz  mamlakatimizda  investitsiyalarni  faqatgina  iqtisodiyot 
tarmoqlariga  emas,  balki  ilmiy  ishlanmalar  “nou-xau”lar  sohasiga  ham  keng  jalb 
qilishimiz kerak. 
 
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini 
tubdan  isloh  qilish  hamda  ilmiy  ishlanmalar  bo‘yicha  amaliy  natijadorlikni  oshirish 
yuzasidan aniq takliflar tayyorlash topshiriladi. 
 
To‘rtinchidan,  xalqimiz  genofondini  mustahkamlash  maqsadida  tibbiy 


 
 
25 
xizmatlar sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish lozim. 
Bizning bosh maqsadimiz – nafaqat kasallikni davolash, balki uning oldini olishdan 
iborat. 
 
Tibbiy-ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  jarayonida  davlat-xususiy  sheriklik 
munosabatlarini  kengaytirish  lozim.  Davlat  tomonidan  ko‘rsatiladigan  tibbiy 
xizmatlar  doirasi  belgilanib,  pullik  va  bepul  davolanish  o‘rtasida  aniq  chegara 
o‘rnatilishi kerak. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 
davlat  shifoxonalarini  moliyalashtirish  tizimini  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflar 
kiritsin. 
 
Nufuzli  xorijiy  oliy  ta’lim  muassasalari  bilan  hamkorlikni  kuchaytirish  kerak. 
Kelgusi  yilda  Rossiya,  Janubiy  Koreya,  Germaniya,  Italiya  tibbiyot  institutlari  bilan 
qo‘shma fakultet va filiallar ochish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘ramiz. Navbatdagi 
dolzarb  muammo  –  aholi  o‘rtasida  onkologik  kasalliklar  ko‘payib  borayotgani  bilan 
bog‘liq. Misol uchun, yurtimizda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik kasallik 
aniqlanmoqda.  Bu,  o‘z  navbatida,  mazkur  kasallikka  qarshi  kurash  tizimini 
takomillashtirishni  talab  etib,  yuqori  texnologik  tibbiy  yordamga  ehtiyojni 
kuchaytirmoqda. 
 
Ushbu  yo‘nalishdagi  kasalliklarni  barvaqt  aniqlash  uchun  Vazirlar 
Mahkamasiga  bir  oy  muddatda  alohida  qaror  va  dastur  qabul  qilish,  uni 
moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash vazifasi yuklatiladi. 
Ko‘payib  borayotgan  bir  qator  jiddiy  kasalliklar  profilaktikasi  bo‘yicha  xalqaro 
institutlar, nufuzli xorijiy shifoxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur. 
 
Xalqimiz  genofondini  saqlash  uchun  homilador  ayollar  va  bolalarning 
ovqatlanish ratsioni bo‘yicha amaldagi me’yorlarni xalqaro standartlar asosida qayta 
ko‘rib chiqish lozim. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish