yegani hech narsasi bo’lmasa, xolodilnik sotib olmaydi. Iste’molchilarning daromadi oziq – ovqat mahsulotlaridan ortib qolishni boshlasa, ular jamg’arma tashkil qilihni boshlashadi, chunki standard sifatli tovarlarning narxi unchalik ham arzon emas va jamg’armasiz ham oziq – ovqat mahsulotlarini, ham normal sifatli tovarlarni sotib olish ancha mushkul hisoblanadi. Grafikdan ko’rinib turganidek, iste’molchi daromadi 4 ga yetgandan so’ng, standard sifatli tovarlarga bo’lgan talab deyarli o’zgarishsiz qolib, bir xillikni namoyon qilyapti. Bu shuni anglatadiki, iste’molchi normal sifatli tovarlarga bo’lgan ehtiyojini qondirib bo’lmoqda va endi unda oliy sifatli tovarlar – zeb – ziynat buyumlari, avtomashina, qo’shimcha uchastka kabi ko’p mablag’ talab etuvchi tovarlarga talab paydo bo’la boshlaydi. Iste’molchi daromadi 5 ga yetgach, u oliy sifatli tovarlarni sotib ola boshlaydi, uning oliy sifatli tovarlarga bo’lgan talabi o’suvchi bo’ladi, daromad 7 ga yetgach esa, talab miqdori birmuncha barqarorlashadi, chunki bu davrga kelib, oliy sifatli tovarlarga bo’lgan ehtiyoj ancha to’yingan bo’ladi va talab miqdorining ortishi emas bir miqdorda bo’lishi ham iste’molchini qanoatlantiradi. Lekin, iste’molchining daromadi ortib boraveradi va u ortiqcha pulga standard sifatli tovarlardan ko’proq sotib oladi. 1ta televizorni ikkitaga aylantiradi yoki oddiy televizorni plazmalisiga almashtiradi.
3.Daromad samarasi va almastirish samarasi
Daromad samarasi bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish
imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan
boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi biror X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida biror Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i bo`yicha bo`ladi. Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari o`z xususiyatlariga ega.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).
Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan. Har birimiz bozor haqida koʻp marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qatʼiy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir boʻlagi boʻlib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq taʼrif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan taʼriflarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va nazarimizda eng tushunarli taʼrifi: Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.
Endi ozgina qiyinrogʻini koʻramiz:
Bozor- bu xaridorlar bilan sotuvchilar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bogʻlaydigan mexanizmdir.
Bozorning murakkab taʼrifi:
Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi.
Yuoqridagini anglash qiyonroq boʻlsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bogʻlanib ketgan, integratsiyalashgan bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida maʼlumotning yagona manbasi-bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.Puldan yutqazadi! Puldan ajralish eng katta qygʻu boʻlgan zamonda, bozorga eʼtiborsiz boʻlmoqlik- «oʻlim» demakdir.
Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5 marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |