KORPORATIV AXBOROT XIZMAT
Reja:
1.
Ta’limda axborot texnologiyalari
2.
Masofaviy o’qitish texnologiyalari
3.
Masofaviy ta’lim modellari.
4.
Masofaviy ta’limning O’zbekistondagi ahvoli
Masofaviy o’qitish texnologiyalari
Kimki eskicha ishlasa, fan-texnika yangiliklaridan,
Internet
imkoniyatlari va yuksak texnologiyalardan ortda qolsa, uning kelajagi xam
bo’lmaydi. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet
tarmoғini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta’lim tizimidagi
o’quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari fanlarining
o’qilitishi - davr talabi bo’lib qolmoqda.
Shak-shubhasiz,
so’ngi
yillarda
mutaxasislar
yakdil
tasdiqlayotganlaridek, mamlakatimizda bu yo’nalishda sezilarli qadamlar
qo’yildi. Lekin shu sohadagi faoliyat hozircha talablar darajasida emas. Masalan,
2003 yilda EXMlar uchun dasturlarga patent olish uchun faqatgina 140 ariza
ro’yxatga olingan. Shu bilan birga, 2002-2003 yidagi ma’lumotlarga ko’ra
mamlakatdagi 531 akademik listey va kasb-hunar kolledjining faqat 22 tasi,
respublikadagi 62 oliy o’quv yurtning 40 tasi Internet tarmoqlariga ulangan xolos.
Respublikamizdagi ko’pgina o’quv yurtlari eski avlod kompyuterlar bilan
jihozlangan yoki umuman kompyuterlashtirilmagan. Oliy ta’lim muassasalarning
har bir 100 talabasiga o’rtacha hisobda 3,3 kompyuter mos keladi (ma’lumotlar
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkazilgan ilmiy amaliy
konferenstiya materiallaridan olingan).
Kadrlar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, ta’lim to’g’risidagi qonunni to’la
amalga oshirish uchun ta’limning turli shakllaridan foydalanish zarur bo’lib
kelyapti.
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. Shularga
Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turi
misol qilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo’lgan ta’lim
turlaridan o’zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Bu ta’lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informastion va
kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinstipial
yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnologiyalar)
yaratilishini xisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga
o’quv materiallarni cheksiz va juda arzon tarqatish va ko’paytirish, hamda uni
o’quvchilarga tezkor va aniq etkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga
ta’lim interaktiv bo’lganligi sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning
o’rni juda katta axamiyatga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |