Faoliyat jihatdan ta’rif.
Moliyaviy nazorat-bu korxona, birlashma, tashkilot va muassalarning xо‘jalik va moliyaviy faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga obyektiv baho berish, bu faoliyatlarning qonuniyligini, tо‘g‘riligini va moliyaviy operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, turli mulk shakllarining saqlanishini tekshirish borasidagi, nazorat funksiyasi va yuklatilgan ma’lum huquqlar bilan ta’minlangan davlat va jamoat organlarining maxsus faoliyatidir.
Moliyaviy nazoratni tizim va tamoyillari. Moliyaviy nazorat tizimi rivojlangan g‘arbiy mamlakatlarda umuman olganda bir xil va о‘z ichiga quyidagi unsurlarni kiritadi:
• bevosita mamlakatning parlamenti yoki Prezidentiga bо‘ysunadigan bosh revizor – auditor (xisob palatasi) muassasasi. Bu muassasani asosiy maqsadi – davlat mablag‘larini sarflanishi ustidan umumiy nazorat;
• g‘aznaga soliq daromadlarini tushushini nazorat qiluvchi Prezident hukumat yoki moliya vazirligiga bо‘ysunuvchi soliq muassasasi;
• qо‘l ostidagi muassasalarni reviziya va tekshiruvni amalga oshiruvchi davlat muassasalari tarkibidagi nazorat tuzilmalari;
• hisobot xujjatlari ishonchliligi va moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligini tijorat asosida amalga oshiruvchi nazoratning nodavlat xizmatlari
• asosiy vazifasi chiqimlarni kamaytirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va daromadni oshirishi bо‘lgan ichki nazorat xizmatlari.
Moliyaviy nazorat quyidagi asosiy tamoyillari asosida tashkil etiladi: uzluksizlik; oshkoralik; mustaqillik; obyektivlik; maxfiylilik; natijaviylik; haqqoniylik.
Moliyaviy nazoratni tashkillashtirish tizimiga bevosita yoki bilvosita tegishli bо‘lgan qonunlarni qabul qilganda davlat yuqorida aytib о‘tilgan tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga har bir davlatda nazorat harakatlarini (tartibi va tizimliligi) о‘zining reglamenti mavjud, bu esa yaqinda natijalarda bilinadi.
Moliyaviy nazoratni odatda ikki jabxada о‘rganishadi:
1) Barcha iqtisodiy subyektivlar moliyaviy intizomga va moliyaviy qonunchilikka rioya qilishini maxsus tashkil qilingach nazorat organlarini qat’iy tartibga solingan faoliyati;
2) Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofiqligi va samaradorligini taminlash maqsadida makro va mikro darajada moliya va pul oqimlari boshqaruvining ajralmas unsiridir.
Nazoratning ikkala jabhasi о‘zaro bog‘liq bо‘lib, maqsad, uslub, subyektlari bilan farqlanadi. Agarda birinchisida nazoratning xuquqiy va son tomoni ustivorlik qilsa, ikkinchisida moliyaviy nazoratni tahliliy tomoniga kо‘proq e’tibor beriladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat ikkita, о‘zaro xamkorlikdagi ammo aloxida bо‘lgan sohalarga bо‘linadi: Davlat va nodavlat moliyaviy nazorat.

Davlat moliyaviy nazorati – davlatning asosiy qonunlariga asoslangan boshqaruv va hokimiyatni muayyan organlarini iqtisodiy xuquqiy xarakatlarining majmuali va maqsadga yо‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil qilishda mamlakat konstitusiyasi ma’lum rol о‘ynaydi. Nazoratning xuquqiy reglamenti davlat turi, uning ijtimoiy–siyosiy yо‘naltirilganligi, iqtisodiy rivojlanish, mulkchilik shakillari nisbatiga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati yalpi milliy mahsulotni taqsimlanishini narx nisbatlarini kuzatishga da’vat etilgan. U davlat resurslarini shakillanishi, ularni о‘z vaqtida va tо‘liq tushishi, maqsadli ishlatilishi bilan bog‘liq bо‘lgan pul mablag‘lari xarakatining barcha kanallariga ta’sirini о‘tkazib, tarqaladi. Davlat nazoratchilari agarda umummilliy iqtisodiy manfaatlar talab qilsa davlat sektori hamda xususiy va korporativ biznesda taftish va tekshiruvlarni amalga oshirish xuquqiga ega.
Nodavlat moliyaviy nazorat ichki (ichki firmaviy, korporativ) va tashqi (auditor)ga bо‘linadi.
Nazoratning davlat va nodavlat turlari uslublariga о‘xshash bо‘lganiga qaramasdan yakuniy maqsadlari bilan ahamiyatli darajada farqlanadi. Davlat nazoratining bosh maqsadi – g‘aznaga resurslarni kirishini imkon darajada oshirib, boshqaruvning davlat chiqimlarini imkon darajada pasaytirish. Nodavlat nazoratning bosh maqsadi – aksincha, qо‘yilgan kapitalga daromad meyorini oshirish maqsadida davlat foydasiga о‘z tо‘lovlari va boshqa chiqimlarni pasaytirish. Shu bilan bir paytda nazoratning ikkala sohasi amaldagi qonunlarning xuquqiy doiralari bilan chegaralangan.
Moliyaviy nazoratni qonuniy ravishda, zaruriyat tug‘ilganda va о‘z vakolati chegaralarida О‘zbekiston Respublikaning davlat boshqaruv organlari olib boradi. Ulardan: Moliya Vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi, Davlat mulk qо‘mitasi, Davlat Boj qо‘mitasi va boshqalar. Markaziy bank tijorat banklarni nazorat qiladi.
Davlat moliyaviy nazorat organi bо‘lib Moliya Vazirligi qoshida tuzilgan Nazorat-Taftish boshqarmasi (KRU) mavjud. Hamma mulk egalari shaklidagi xо‘jalik subyektlarida moliyaviy intizomiga rioya qilmaslik, moliyaviy intizomni buzilishlari Nazorat-Taftish boshqarmasini faoliyatini zaruriyatini kuchaytirishga belgilab bermokda.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimini rivojlanishida hukumat va ayrim boshqaruv nazorat organlarning faoliyatini yaxshilash muhim о‘rinni egallaydi.
8 avgust 1996 yilda О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlarini faoliyatini koordinatsiyasini takomillashtirish» tо‘g‘risidagi Qarorga imzo qо‘ydi. Unda tekshirishlarni nazorat qilish maqsadida, xо‘jalik subyektlarining faoliyatiga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, nazorat organlari tomonidan sababsiz aralashishni yо‘l qо‘ymaslik, xо‘jalik subyektlarni moliya-xо‘jalik faoliyatini tekshirish va tahlil qilishni koordinatsiyalash О‘zbekiston Respublika Davlat soliq qо‘mitasi zimmasiga yuklatildi. Uning qoshida nazorat organlarining faoliyatini koordinatsiyalash bо‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:
=>yil, yarim yil, va kvartallar davrida rejali tekshirishilarni о‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
=>amalda kompleks tekshirishlarni о‘tkazishni kiritish va ularda bitta korxona hamma vakolatli tashkilotlar tomonidan tekshirilib, shuni evaziga о‘tkaziladigan tekshirishlar miqdorini va ayrim masalalarni qayta tekshirilishini kamaytirish.
Idoraga о‘arashli revizion xizmatlarni mavjudligi va ular tomonida xо‘jalik subyektlarini tekshirilishi samarasiz deb hisobga olinib qabul qilindi.
О‘zbekiston Respublika Prezidentini Qarori bilan 20 avgust 1996 yildan boshlab О‘zbekiston Respublika Prezidentini apparatining Nazorat inspeksiyasi tashkil etildi. Nazorat inspeksiyaning tizimiga quydagilar kirdi:
1. О‘zbekiston Respublika Prezident apparatining nazorat inspeksiyasi;
2. Qoraqalpag‘iston Respublika Jaqori Kenges Raisi qoshidagi nazorat inpeksiyasi;
3. Respublika, shaxar va tumanlar Hokimiyati apparatining nazorat inspeksiyalari.
Bugungi kunda nazorat inspeksiyalar ma’lum belgilangan vazifalarni bajarib amal qilishmoqda.
Rivojlangan moliyaviy tizim moliyaviy nazoratning rivojlaniishni taqozo etadi. Fransiya, Italiyada davlat moliyaviy nazoratining bevosita subyektlari - Hisob palatalari, Angliyada - Bosh nazoratchi va Bosh tо‘lovchi Qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) tomonidan tayinlanadi.
Davlat mulkining rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat sohasi ham kengayib bordi, lekin u tobora shartli tus ola boshladi, chunki davlat sektori korxonalaridan tashqari kо‘pdan-kо‘p xususiy kapitalistik korxonalar о‘zlarining haqiqiy daromadlarini bemalol yashirardi .
Davlat - monopolistik moliyaviy nazorat bilan ayni bir paytda 70 yil mobaynida «sotsialistik» moliyaviy nazorat ham amal kilib, u E.A.Voznesenskiyning ta’rificha, «kengaytirilgan sotsialistik takror ishlab chiqarshida rejali mutanosiblikka rioya qilish maqsadida markazlashtirilgan va mahalliy pul jamg‘armalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish jarayonlarining asosli ekanligini tekshirishdan iborat davlat va jamoat organlari faoliyatidan tashkil topgan» (14,43-b.).
Ayrim kapitalistik korxonalarda yuksak uyushqoqlik, operativlik va ishlab chiqarish zararlari darajasi, ishlab chiqarish-moddiy resurslar holati, mulkning butligi ustidan nazorat ta’sirchanligiga erishiladi, hisob-kitob va ichki xо‘jalik nazorati yо‘lga qо‘yilgan.
О‘zbekistondagi yangi bozor muiosabatlari tizimida, MDHning boshqa mamlakatlaridagi singari, yangi moliyaviy nazorat tizimini tashkil etish boshlandi.
Har qanday ijtimoiy hodisa singari iqtisodiy munosabatlarni tadqiq qilishning dialektik metodi taraqqiyotning barcha bosqichlarida ularning har tomonlama tadqiq qilinishini nazarda tutadi.
Moliyaviy nazoratning mohiyatini tushunish uchun uning har qanday iqtisodiy formatsiya va ishlab chiqarish munosabatlarining barcha turlariga xos bо‘lgan umumiy xususiyatlarini aniqlab olish lozim.
Moliya nazorat vazifasining mavjudligi о‘z-о‘zidan moliyaviy nazorat mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muо‘im tashkil etuvchi faoliyatini taо‘azo etadi.
1. Moliyaviy nazorat - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliya muhim rolining bir kо‘rinishidir.
2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining turlaridan biri sifatida namoyon bо‘ladi.
3. Moliyaviy nazorat - boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-kitob va xо‘jalikni yurituvchi subyekt faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi.
Moliyaviy nazorat ta’riflarining qiyosiy tahlilini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |