Korney Ivanovich chukovskiy (1882-1969)


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Download 21,34 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi21,34 Kb.
#283612
1   2
Bog'liq
ЧУКОВСКИЙ МАРШАК

Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1. SHoirning ozodalikka bag’shlangan qanday she’rlarini bilasiz? 
2. “Suvarakxon” asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada? 
3.“Doktor Voyjonim” asaridan siz o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz? 
 
 
 

145 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samuil Yakovlevich Marshak 
(1887-1964) 
 
Hozirgi  zamon  rus  bolalar  adabiyotida  Samuil  Yakovlevich  Marshakning  roli  katta.U  rus 
bolalar  adabiyotida  kichkintoylar  uchun   katta she’riyat  yaratib bergan ulkan    san’atkor,  taniqli 
tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir. 
S.Ya.  Marshak  1887-yilda    Voronej  shahrida  tish  texnigi  oilasida  tug’ildi.  Bo’lajak 
san’atkorda  shoirlik  iste’dodi  juda  erta  uyg’ondi.    “To’rt-besh  yoshlarimda,  deb  eslaydi  shoir,- 
she’rlar  yoza  boshladim.  O’n  bir  yoshlarimda,  bir  qancha  poemalar  yaratdim.  Goratsiyning  
“Odamlar”ini tarjima qildim ”. 
S.Ya.Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o’qishga kiradi. Bu yerda bo’lajak shoir 
o’z zamonasining  yetuk san’atkorlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu 
yerda  chechak  otadi.    1906-yildan  boshlab  feletonlari,  she’r  hamda  tarjimalari  bilan  matbuotda 
chiqa boshlaydi. 
S.Ya.Marshak  1912-yilda  Angliyaga  jo’naydi.  London  universitetining    san’at  fakultetiga 
o’qishga kiradi. Ta’til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha 
qiladi:  baliqchilar  bilan  dengizda  sayr  qiladi,  qishloq  maktablarida  bo’ladi.  Ingliz  xalq 
qo’shiqlarini,  ertaklarini    sevib  tinglaydi.  Bu  yerda  Marshak  V.  Bleyk,  Robindranat  Tagor    va 
boshqalarning she’r va poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi. 
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti  bolalar olami bilan  chambarchas 
bog’lanib ketadi. U 1915-22-yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Bu 
Marshakning bolalar shoiri bo’lib kamol topishida  katta rol o’ynaydi.  
S.Ya.Marshak 20-yillarda  o’zining she’r, ertak va  poemalari bilan kitobxonlarning sevimli 
shoiri  sifatida  tanildi.”Qaerda  ovqatlanding,  ey  chumchuq”,”Axmoq  sichqoncha  haqida  ertak”, 
“Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari o’sha yillarda maydonga kelgan 
edi. 
1939-yilda    Marshakning  “Petya  nimadan  qo’rqar  edi?”,  “Korablcha”  singari  mashhur 
she’rlari bosilib chiqdi. 
Ikkinchi  jahon  urushi davrida  shoir ijodining    asosiy  qismini  urush,  bosqinchilarga  qarshi 
kurash mavzusi tashkil etadi.   Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan “O’n ikki oy” nomli ertak-dramasi 
tez orada  millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur bo’lib ketdi. 
“Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo’ladi, u olamga bolalar nigohi bilan 
qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko’radi”,-degan shoir  bir 
umr bolalrni sevdi,  ular uchun g’oyaviy–badiiy yuksak  asarlar yaratish uchun  tinmay ijodiy ish 
olib bordi.  
S.Ya. Marshakning nomini olamga  yoygan,bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri  
«Ahmoq sichqoncha haqida ertak» dir. 
Bu  ertakda  shoir  bolalar  hayoti    va  xarakteriga  mos  bo’lgan    qiziqrli  syujet  topa  olgan.  
Kimki    o’ziga  ortiqcha  oro  bersa,    oqibatini  o’ylamay  ko’r-ko’rona  ish  tutsa,    o’zidan 
kattalarning pand-nasihatlariga amal qilmasa, hayotda ko’p narsa yutqazadi, o’z baxtini qo’ldan 
boy beradi, degan  fikr ertakning asosiy g’oyaviy  mazmunini tashkil etadi. 

146 
 


Kichkintoylarning  otaxon  shoiri  S.Ya.Marshak    bu  asarda  turli  hayvon  va  jonivorlar 
misolida  ularning  yashash  sharoitlari,  tovushlari,  qolaversa,  yemak  ovqatlari    bilan  ham  yosh 
kitobxonlarni oshna qiladi.  
S.Y.Marshak  “Yong’in”,  “Pochta”,  “Musobaqalar  doskasi”  asarlari  bilan  ham  rus  bolalar 
adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 
S.Y.Marshak yaratgan  juda ko’p qahramonlarni  o’zi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan  
bo’ladi, ba’zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, 
hayotiy  prototiplari  mavjud.  Jumladan,  student  V.  Burskiy,  (“Noma’lum  qahramon  haqida 
qissa”),  Katya  Budanova  (“Katya  Budanova”),  Seryoja  Smirnov  (“Sizning  kitobingizni  qanday 
nashr  qiladilar?”)    va  boshqalar  shunday  qahramonlar  sirasiga  kiradi.SHoir  “Noma’lum 
qahramon  haqida qissa” poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30-yillar  rus 
bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini  yaratish yo’llarini ko’rsatib berdi. 
S.Ya.  Marshak  Rossiyada    hayot  kechirayotgan  har  bir  kishi    bir-biriga  mehribon,  
jonkuyar,  shuningdek,  vaqti  kelganda  mardlik,    jasorat  ko’rsatishga  tayyor  ekanliklarini,  ayni 
paytda oddiy, kamtarin,  o’zlarining qo’lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari,  erishgan jasoratlari 
bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal –o’t ichida qolgan bir 
qizchaning    hayotini  saqlab  qolgan  bir  bola  misolida    tasvirlab  beradi.    Bola,  mana,  ko’rib 
qo’yinglar,  men  jasorat  ko’rsatdim,  deya  ko’kragiga  urib  maqtanish  o’rniga,  tezgina  odamlar 
orasiga kirib,  ko’zdan g’oyib bo’ladi. Bu qahramonni keyinchalik  barcha  qidiradi. Lekin hech 
kim topa olmaydi. 
Hozir  ham  o’quvchilar  orasida  maktab  mol-mulkini  asrab-avaylab  tutmaydiganlari  topilib 
turadi. Bunday bolalarga shoir o’zining  “Stol kelgan qaerdan?” degan she’rida  maktab jihozlari 
o’z-o’zidan    paydo  bo’lib  qolmaganligini,  buning  uchun  kattalarning  qanchadan  -  qancha  
vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini  tushuntirib beradi. 
 “Marshak    bizning  bolalar  adabiyotimizning  asoschisi    va  bilimdoni,”  -  deb  yozgan  edi 
M.Gorkiy.  Bunday  yuksak  maqtovga  Marshak  halol  mehnati,  kichkintoylarni  astoydil  sevishi, 
ardoqlashi sababli erishdi.    
Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish