Termiz Davlat unversitetining pedagogika intituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 202-guruh talabasi Abdurahimov Habibullohning zoologiya fani umurtqali hayvonlarning sezish a’zolari sensor (qabul qilish) mexanizmlari mavzusida tayyorlagan tadimoti
Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgizamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. Ular yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan
Koʻrish organlari - hayvonlarning yorugʻ sezadigan organlari. Barcha umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda boʻladi. Koʻp hujayrali hayvonlar Koʻrish organlarining asosiy elementi sezgir hujayralar — fotoretseptorlar hisoblanadi. Ularning periferik (chetki) uchi yorugʻlikni qabul qiladi. Fotoretseptorlar umurtqali hayvonlarda qadahcha yoki tayoqcha shaklida. Koʻrish organlari koʻpchilik hayvonlarning boshida joylashgan boʻlib, koʻrish nervlari orqali bosh miya bilan bogʻlangan. - Koʻrish organlari - hayvonlarning yorugʻ sezadigan organlari. Barcha umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda boʻladi. Koʻp hujayrali hayvonlar Koʻrish organlarining asosiy elementi sezgir hujayralar — fotoretseptorlar hisoblanadi. Ularning periferik (chetki) uchi yorugʻlikni qabul qiladi. Fotoretseptorlar umurtqali hayvonlarda qadahcha yoki tayoqcha shaklida. Koʻrish organlari koʻpchilik hayvonlarning boshida joylashgan boʻlib, koʻrish nervlari orqali bosh miya bilan bogʻlangan.
Eshitish analizatorlari, eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning ichki qulogʻida qoʻshimcha retseptor hujayralar (bazilyar membranalar — papillalar) rivojlanadi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, koʻpchilik sut emizuvchilarda Eshitish analizatorlari tashqi, oʻrta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketmaket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimining rivojlanishi ekologik omillar va Eshitish analizatorlarining hayvonlar xattiharakatidagi ahamiyati bilan bogʻliq. Eshitish nervi tolalari chigʻanoqdan nerv markazlaridan biri — koxlyar yadrolariga boradi; chap va oʻng koxlyardan chiqadigan nerv tolalari Eshitish analizatorlarining ikki yoni boʻylab simmetrik joylashgan boʻlib, yuqori olivaga kelib tutashadi. Tovush tebranishlarini aniqlashda chigʻanoq toʻsigʻi asosiy ahamiyatga ega. Bu toʻsiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chigʻanoq toʻsigʻi boʻylab qator joylashgan filtrlasheshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0,1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.
Hid bilish — hayvonlar burun boʻshligʻining yuqori qismida joylashgan maxsus sezgi aʼzolari (hid bilish retseptorlari) orqali hidlarni sezish. Hayvonlarda Hid bilish ovqat qidirish, yoʻl topish, aniq joyni belgilash, qaramaqarshi jinsni izlash, shuningdek, bilish vositalaridan biri hisoblanadi
Hid bilish aʼzolari hayvonlarning hid sezish azolari Talaygina sut emizuvchilar burnidagi hid bilish qismi burun boʻshligʻi suyak devorining qoʻshimcha chigʻanogʻi hisobiga kengaygan. Sudralib yuruvchilar, baʼzan sut emizuvchilar burun toʻsi-gʻida Hid bilish aʼzolaria.dan boshqa yakobson aʼzosi ham bor. Baliqlarda Hid bilish aʼzolaria. juft burun oʻyigʻi yoki qopchiqlaridan iborat boʻlib,
Do'stlaringiz bilan baham: |