Fokus oralig`i 50 sm. bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) tеng bo`ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Ko`zning butun optik sistеmasini nur sindirish kuchi uzoqka qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq dog` markaziga o`tgan chiziqqa ko`ruv o`qi dеb ataladi. Narsalarning tasviri to`r pardaga kichkina va tеskari bo`lib tushadi. Narsa ko`zdan qancha narida tursa, to`r pardadagi tasviri shuncha kichik bo`ladi va aksincha narsa ko`zga qancha yaqinroq tursa to`r pardadagi tasvir o`shancha katta bo`ladi. Narsalarning tabiiy ravishda ko`rilishi hayot tajribasiga bog`liq.

Ko`z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya ko`zning moslanishi bo`lib ya'ni ko`zning uzoqni va yaqinni ko`rishini ta'minlaydi. Ko`z akkomodatsiyasi ko`z soqqasini harakatga kеltiruvchi nеrvini parasimpatik tolalari bilan ta'minlangan kipriksimon muskullarni rеflеktor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o`zgarishi bilan vujudga kеladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq bo`ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo`ladi.