1
O’LCHAMLAR QOʼYISH USULLARI.
Buyum chizmada qanchalik aniq chizilgan boʼlmasin undagi chiziqli
oʼlchamlar, uning haqiqiy (sonli) oʼlchamlarini oʼrnini bosa olmaydi, yaʻni
chizmani bevosita o‟lchab, bu o‟lchamlar bo‟yicha buyum yasash mumkin
emas.
Buyumlar ularning o‟lchamlari asosida yasaladi. Shuning uchun ham
chizmalarning o‟lchamlarini to‟g‟ri qo‟yish va o‟zaro bog‟lab borish katta
ahamiyatga ega. Chizmadagi hamma o‟lchamlar soni mumkin qadar kam
bo‟lishi va shu bilan birga buyumni tayyorlash hamda control qilish uchun
yetarli bo‟lishi zarur.
O‟lchamlar qo‟yishda xatoga yo‟l qo‟ymaslik uchun O‟zDst 2.307-68 da
belgilangan qoidalarni mukammal o‟rganib, bilib olish lozim.
1. Chizmalarda o‟lchamlar o‟lcham sonlari va o‟lcham chiziqlari bilan
ko‟rsatiladi. O‟lcham chiziqlari uchlariga strelkalar qo‟yiladi. Strelka
elementlarining o‟lchamlari, chizmada qabul qilingan kontur chiziqning
yo‟g‟onligiga qarab aniqlanadi va ular bir formatdagi barcha o‟lcham chiziqlari
uchun bir xil bo‟lishi kerak.
Strelkaning shakli va elementlarining taxminiy nisbatlari (1-shaklda)
ko‟rsatilgan.
2. To‟g‟ri chiziqli kesma o‟lchamini shu kesmaga parallel bo‟lgan
o‟lcham chizig‟i bilan ko‟rsatiladi, chiqarish chiziqlari esa o‟lcham chiziqlariga
perpendikulyar o‟tkaziladi (1va 2-shakl). 3-shaklda ko‟rsatilgan xollarda (
⌀
16 va
⌀
9 o‟lchamlar) o‟lcham va chiqarish chiziqlari iloji boricha kesishmsligi kerak.
1-shakl.
2
3. O‟lcham chiziqlarini, iloji boricha chizma konturidan tashqarida chizish
lozim. Parallel o‟lcham chiziqlari o‟lcham chizig‟ida unga parallel bo‟lgan
kontur, o‟q, markaz va chiqarish chiziqlariga qadar bo‟lgan oraliq 6…10 mm
(5 mm dan kam emas) bo‟lishi zarur (1,2 va 3 shakllar).
4. O‟lcham chiziqlari ko‟zga ko‟rinadigan kontur chiziqlari orasiga
(4-shaklda
⌀
14, 5-shaklda
⌀
20; 5 va 2 tesh.
⌀
10 o‟lchamlar) chiqarish chiziqlari
orasiga (5-shaklda
⌀
16,
⌀
26,
⌀
34; 10; 42 o‟lchamlar) shuningdek, o‟q va markaz
chiziqlari orasiga (5-shaklda 50 o‟lcham) chiziladi.
5. O‟lcham sonlari chizmaning qanday masshtabda va qanchalik aniq
chizilishidan qatʻi nazar, tasvirlangan buyumning haqiqiy o‟lchamini ifodalashi
kerak. Chizmada chiziqli o‟lchamlar millimetr xisobida, o‟lchov birligi
ko‟rsatilmagan holda qo‟yiladi.
Agar chizmada o‟lchov birliklari millimetrda emas, boshqa o‟lchov
birligida (masalan, santimetrda, metrda va boshqalarda) ko‟rsatilishi lozim
bo‟lsa, u holda o‟lcham sonlari o‟lchov birligi belgisi (sm, m) bilan birga
yoziladi yoki ular texnikaviy talablarda ko‟rsatiladi.
2-shakl.
3-shakl.
4-shakl.
3
O‟lcham sonlari uchun oddiy kasrlar ishlatilmaydi (bundan dyuymda
ko‟rsatiladigan o‟lchamlar istisno).
Chizma chizishda ishtirok etmaydigan, lekin chizmani o‟qish uchun ancha
qulaylik yaratadigan o‟lchamlar