3-shakl
4-shakl
Ko’rinishlar proyeksion bog’lanishda tasvirlanadi. Agar ko’rinishlardan biri bosh ko’rinishga
nisbatan siljitib tasvirlangan bo’lsa, bu ko’rinish chizmada “A” - tilidagi yozuv bilan belgilanadi (4-
shakl, a).
Ko’rinishlar A, B, V va h.k. harflari hamda qarash yo’nalishini ko’rsatuvchi strelka bilan
ko’rsatiladi. Strelka o’lchamlari 5-shaklda ko’rsatilgan.
Qo’shimcha ko’rinish. Asosiy proyeksiyalar tekisligidan birortasiga parallel bo’lmagan
yordamchi tekislikka proyeksiyalar hosil qilingan tasvir - qo’shimcha ko’rinish deyiladi. Qo’shimcha
ko’rinishining tasviri qarash yo’nalishini ko’rsatuvchi strelka va tegishli harflar bilan belgilanadi (5-
shakl, 1-variant).
Do'stlaringiz bilan baham: |