II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasi tekshiriladi. CheckBox boshqarish obyekti bo’yicha savol-javob o’tkaziladi:
1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar?
2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi?
3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida tekshiriladi?
4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi?
5. O‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlarni qayerda berish mumkin?
III. Yangi mavzu bayoni 1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin.
Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.
2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:
Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy xossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi.
Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz. Ular matematika, fizika, kimyo va
informatika bo‘lsin. Muloqot darchasining ko‘rinishi quyidagi
bo‘ladi. Muloqot darchasida OK tugmasini bosib, kiritilgan variant-
larni saqlab qo‘yamiz yoki Cansel (bekor qilish) tugmasini bosib,
kiritilgan variantlardan voz kechamiz. Kiritilgan variantlarni qabul
qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi:
RadioGroupning yana bir muhim xossasi ItemIndex (variant indeksi) bo‘lib, unda tanlangan variantning nomeri saqlanadi. Agar hech bir variant tanlanmagan bo‘lsa, bu xossa qiymati –1 ga teng bo‘ladi. Obyekt inspektorida bu xossani 1 ga teng qilib olamiz. Bu obyektning ham Caption xossasi bo‘lib, unga obyekt inspektorida Fan degan satrni kiritamiz. Bu o‘zgarishlar ilova oynasida darhol aks etadi.
O‘zgarishlarning, birinchi qarashda, g‘alati tomoni ro‘yxatdagi birinchi fan: matematika emas, balki ikkinchi bo‘lib turgan fizikaning tanlanganligidir. Aslida buning hech qanday g‘alati joyi yo‘q. Faqatgina informatikada hisob ko‘pincha 1 dan emas, 0 dan boshlanishini unutmaslik kerak:
RadioGroup xossalaridan biri Columns (ustunlar) deb ataladi. Bu xossa radiotugmalar guruhining variantlari nechta ustun bo‘lib joylashishini ko‘rsatadi.
Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng taqsimlanadi.
2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha butunlashtiriladi.
3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.
4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi:
3. Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:
Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani yuqorida ko‘rsatilgandek kiritamiz.
Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz: