Spektral asboblar. Spektrning ko’rinish sohasini o’rganish uchun spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng sodda spektroskop 34-rasmda ko’rsatilgan. Spektroskop kollimator -1; prizmali ko’rish trubasi-2; prizmali stolcha -3; turqish-4; linza-5; obyektiv-6 va okular-7 lardan tashkil topgan. U prizmadan o’tishda turli ranglarga ajraladi va obyektiv, ko’rish trubasi orqali okular yordamida kuzatiladi.
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob spektrograf deb ataladi.
Yanada takomillashgan, ya’ni uchinchi truba bilan ta’minlangan asbob spektrometr deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |