Asosiy tushuncha va atamalar: Tok, magnit maydon, g`altak, Magnit induksiyasi, Magnit oqimi, Amper kuchi
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: 10-sinfda o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Magnit oqimi.
E
lektr toki oqayotgan har qanday o’tkazgich o’zining “xususiy” magnit maydonida joylashadi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o’zgarishi natijasida xuddi shu konturning o’zida elektromagnit indukciyasi ro’y beradi. Bu hodisani o’zindukciya hodisasi deyiladi.
Konturdan o’tayotgan tok tufayli vujudga kelgan magnit oqimi tok kuchiga proporcional bo’ladi, ya’ni:
bu erda L - konturning induktivligi, u konturning shakli va o’lchamlari, hamda muhitning magnit singdiruvchanligiga bog’liq kattalikdir. SI da induktivlikning birligi - genri (Gn) deb ataladi.
Demak, 1Gn shunday g’altakning induktivligiki, bu g’altakdan 1A o’zgarmas tok o’tganda vujudga keladigan magnit oqimi 1 Vb bo’ladi. Uzunligi o’ramlar soni n bo’lgan solenoid (g’altak)ning induktivligi
ifoda bilan aniqlanadi.
Konturning induktivligi o’zgarmas bo’lgan hol uchun o’zindukciya EYuK
ifoda bilan aniqlanadi. Demak, induktivligi 1Gn bo’lgan konturdan o’tayotgan tok kuchi 1 sekundda 1A ga o’zgarsa, konturda 1V o’zindukciya EYuK vujudga keladi.
Tokning boshqa (qo’shni) konturda o’zgarish tufayli shu konturning o’zida indukcion tokni hosil qilinishi o’zaro indukciya deb ataladi. Ikkita kontur olaylik (13.4-rasm).
Birinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI1 ga o’zgarishi ikkinchi kontur yuzini kesib o’tayotgan magnit oqimi
ga o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida ikkinchi konturda
indukciya EYuK ni vujudga keltiradi. Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI2 ga o’zgarishi tufayli birinchi kontur yuzini kesib o’tayotgan magnit oqimi
ga o’zgaradi. Natijada
indukciya EYuK vujudga keladi.
L12 va L21 lar konturlarning o’zaro induktivligi deb ataladi. Tajribalar va nazariya ham L12 = L21 ekanligini isbotlaydi.
Mustahkamlash:
Magnit maydon qanday xosil bo`ladi?
Magnit indukciya deb nimaga aytiladi?
Magnit oqimi deb nimaga aytiladi?
Uyga vazifa: 7- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |