iPhone yoki iPadda kitoblar o’qish
Mobil qurilmalarda kitoblarni o’qish uchun iBooks nomli dasturdan foydalaniladi. Bu dasturni AppStoredan to’liq va bepul yuklab olish mumkin. Yuklab olib, o’rnatilgandan so’ng iToolsni ishga tushirish kerak. Menyuning chap tomonida iBooks nomli bo’lim ochiladi. Bu dastur barcha matnli formatlarni ham ochavermaydi. iBooks faqat EPUB formatli fayllarni ochib biladi. Bu formatdagi fayllar asosan kompyuter orqali maxsus saytlardan yuklab olinadi. Mobil versiyalarda juda kam hisoblanadi. Kompyuterdagi EPUB formatli kitoblarni mobil qurilmalarga tashlab olish uchun iTools dasturi kerak. Dasturni ishga tushirib «iBooks» bo’limi ochiladi va fayl shu yerga tashlanadi. Bir necha sekund o’tib kitob sizning mobil qurilmangizda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |