Struyinli printerlar. IBM PC kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan printerlar hisoblanadi. Bu printerda axborotlarni chop etishi uchun maxsus buyoqlar ishlatiladi. Struyinli printerlar matrisali printerdan shovqinsiz ishlashi, chop etishning sifati bilan keskin farq qiladi. Shu bilan birga rangli tasvirda chop etish imkoniyatiga ham ega.
Lazerli printerlar oq-qora va rangli tasvirda yuqori sifatli darajada chop qilishni amalga oshiradi. U matrisa va struyinli printerlar-dan chop etishning sifati va tezligi, hamda umuman shovqinsiz ishlashi bilan farq qiladi. Lazerli printerlarda chop etish tezligi matrisali va struyinli printerlarga qaraganda 4-5 baravar yuqori bo’ladi. Lazerli printerlarda chop etilgan hujjatlarni to’g’ridan to’g’ri bosmaxonalarda ko’paytirishga berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |