Multimedia hujjatlar – matnni tasvir va tovush bilan birgalikda qo`llanishi;
Multimediali prezentatsiyalar – video, animatsiya, turli xil grafikalar, tovush hamda matnlarni birlashtirish ishini bajaruvchi kompyuter maxsulot.
Multimediali disklar – interaktiv multimediali menyularni multimedia-prezentatsiya bilan birgalikda ishlatilishi;
Multimedia saqlanadigan joy va ma`lumotlar ombori – ma`lumotlarni olish va qidirish texnologiyalarida saqlashda yangicha yondashuvlarni hamda murojaatlar taqsimlanishini yaxlitligini ta’minlashni talab etadigan multimediali ma`lumotlarning katta massivlari;
Multimedia - (inglizchada. multimedia, lotincha multum - ko'p, media, medium - biror narsa to'plangan joy, vosita) - yagona axborot tizimi ko`rinishida tashkilashtirilgan,turli xil ma`lumotlar bilan dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi apparat va dasturiy vositalar kompleksi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |