Chop etish qurilmasi – printer. Printer axborotlarni qog’ozga chop etish uchun mo’ljallangan. Printerlar faqat matnli axborotlarni emas, balki grafiklarni, tasvirlarni, rasmlarni ham chop etish uchun ham ishlati-ladi. Printerlarning juda ko’p xillaridan foydalaniladi. Ular rangli va rangsiz chop qilishni ta’minlaydi.
Ko’p ishlatiladigan printerlar matrisali, struyinli va lazerli printerlar hisoblanadi.
Matrisali (ignali) printerlar ilgarigi vaqtda eng keng tarqalgan printerlar bo’lib, chop etish sifatining uncha ham yuqori emasligi, ishlash jarayonida shovqin chiqarishi va rangli tasvirda chop etishga qodir emasligi bilan boshqa printerlardan farq qiladi. Matrisa printerlarda chop etish maxsus ignachalar orqali amalga oshiriladi. Ular 9 va 24 ignali bo’lishi mumkin. Ularning narxi ancha arzon bo’lganligi tufayli hozirga qadar qo’llanilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |