O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 247-moddasiga asosan voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalarining ma’muriy yurisdiksion faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 360-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida»gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 247-moddasida belgilangan. MJTKning
61, 125, 126-138, 183-185, 220-221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar mazkur ishlar kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) ishni shu komissiyalar qarab chiqishi uchun topshirgan hollardagina ko‘rib chiqadilar. Shuningdek mazkur organ MJTKning 194-moddasida nazarda tutilganidan tashqari sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar va MJTKning voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli 47, 188-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 248-moddasiga asosan
ichki ishlar organlariga: MJTK 113-moddasining 1-2,4 va 5- qismlari, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining 1, 3 va 4- qismlari, 121-123, 125-128-moddalari, 1281-moddasining 1- qismida; 1282-moddaning 1 va 2-qismlarida; 129-135, 1351, 136, 138-142-moddalarida (transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish yoki musodara qilish tarzidagi ma’muriy jazo
qo‘llash belgilangan huquqbuzarliklar bundan mustasno); 144-145-moddalari, 146-moddasining 1 va 2-qismlarida; 147, 156, 161, 183-moddalari, 187-moddasining 1-qismi, 192, 204-205- moddalarida; 220-moddasining 3 va 4 qismlari, 221, 223, 224- 225-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga quyidagi mansabdor shaxslar haqlidirlar:
1) MJTK 113-moddasining 1-2, 4 va 5 qismlarida; 114-moddasida; 116-moddasining 1, 3 va 4-qismlarida; 121-123, 142, 144, 145-moddalari, 146-moddasining 1 va 2-qismlarida; 156, 183, 191, 204-205-moddalarida; 220-moddasining 3 va 4-qismlarida, 221, 223-225-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman, shahar, shahardagi tuman va transportdagi ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari boshliqlari yoki ularning
o‘rinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlari tizimidagi militsiyaning hududiy (transport) bo‘linmalari boshliqlari;
2) MJTK 113-moddasining 1-qismi, 114-moddasining 1- qismida; 115-moddasida; 121-moddasining 2-qismida, 122-123, 156, 183-moddalarida; 187-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari;
3) MJTKning 225-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining chet elga chiqish, kelish
va fuqarolik bo‘limlari (boshqarmalari)ning boshliqlari va ularning
o‘rinbosarlari
4) MJTKning 122, 123-moddalari, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berish qismida); 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187 moddasining 1-qismi, 192, 221-moddalarida; 223- moddasining 1-qismida, 224-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari;
5) MJTKning 125, 126-moddalari, 127-moddasining 1-
qismida; 128-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 1281-moddasining
1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129-moddasining 1-qismida; 130-moddasining 1-qismida; 131-moddasining 3- qismida; 135, 1351-moddalarida; 136-moddasining 3-qismida; 138-147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi
boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linma) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish
normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
6) MJTKning 125, 126-moddalarida; 127-moddasining 1- qismida; 128-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 1281-moddasining 1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129-moddasining 1-qismida; 130-moddasining 1-qismida; 135-moddasining 1- qismida; 1351-moddasida; 138-moddasining 1 va 2-qismlarida; 147-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (batalyoni,
divizioni, otradi, mobil guruhi) komandiri yoki uning o‘rinbosari;
7) MJTK 125-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 126-moddasining 1-qismida; 127-moddasining 1-qismida; 128-moddasining 1-qismida; 1281-moddasining 1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129 moddasining 1-qismida; 135-moddasining 1- qismida; 1351-moddasida; 138-moddasining 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |