Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyidagi organlar
ko‘rib chiqadi:
— tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudyasi, xo‘jalik sudyasi va adliya organlari;
— shaharcha, qishloq, va ovul fuqarolarining o‘zini o‘zi
boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;
— voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman
(shahar) komissiyalari;
— ichki ishlar (militsiya) organlari, davlat inspeksiya organlari, vakolat berilgan boshqa organlar va ushbu organlarning mansabdor shaxslari.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda
vakolatli organlarning (mansabdor shaxslarning) vakolati cheklab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 245-moddasiga asosan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalarning vakolatlariga: MJTKning 40-47, 471, 472, 48, 52, 56-62, 64, 66, 67-moddalarida; 76- moddasida (suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazishga oid qismi); 90-moddasining 2-qismida; 94, 99-108, 110-111-moddalarida; 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan
mahrum etishga oid qismi); 119-moddaning 2-qismi, 127- moddasining 2 -qismi, 128-moddasining 4-qismida; 1281- moddasining 2-qismi, 1282-moddaning 3-qismi, 129-moddasining 2-qismida; 130-moddasining 2-qismi, 131-moddasining 1-2 va 4-qismlari, 132-134-moddalarida; 136-moddasining 1 va 2- qismlari, 137-moddasi, 142-moddasining 2-qismi, 146- moddasining 3-qismida; 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish uchun); 149-150- moddalari. 151-moddasining 2-qismida; 152-moddasining 2 va 3- qismida; 155, 1551, 157-161, 163, 1631-moddalari, 164-
moddasining 2 va 3-qismlarida; 165-167, 169, 170-moddalari, 173, 1741-moddasida; 175-moddasining 5-qismi, 1751, 1753- moddalarida; 176-moddasining 2 va 3-qismlari, 1763, 177, 179, 1792, 180-184, 1841, 1842, 1843, 185-186, 1861 (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno) moddalarida; 187-moddasining 2-qismi, 188, 1881-moddalarida;
189-191, 193-196, 1961, 197,1971, 198-200, 2001, 201-202, 2021, 203-210, 2152, 216-218, 2191-moddalarida; 220-moddasining 1 va 2-qismlari, 222, 2241, 2242, 226, 2274-moddasining 1 va 2-qismlarida; 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida; 22715-moddasining 1-qismida; 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida; 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno);
230-234, 237-239, 2391, 240-241, 2411-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar, basharti huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2451-moddasiga asosan xo‘jalik sudlarining vakolatlariga: xo‘jalik nizolarini hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda MJTK 175- moddasining 3-qismida, 1761, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2452-moddasiga asosan adliya organlariining mansabdor shaxslari: paxta xaridi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun MJTKning 282-moddasida belgilangan tartibda xo‘jalik sudiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2453-moddasiga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlariga: MJTKning 1981-modda qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi va 1982-modda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik bo‘yicha nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatidan ta’minlash departamenti
nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda ma’muriy jazo qo‘llashga Departament organlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 246-moddasiga asosan tuman markazidan olisda va borish qiyin bo‘lgan yerdagi shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida tuzilgan ma’muriy komissiyalar: MJTKning 56, 60, 64- 65, 69, 102, 103-108, 110-111-moddalarida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish uchun), 149, 159, 160-161, 163, 186, 187, 200, 203, 209, 231-232, 234-236, 238-moddalarida nazarda
tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |