Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda koreys tilida sinonim, antonim va paronimlar tadqiqining lingvo-metodik aspektlari ilk marotaba o’zbek tilida metodik tizim sifatida ishlab chiqildi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati yana qo’yidagilar bilan belgilanadi:
-ishdan kuzatiladigan ilmiy natijalar metodik tavsiyalar sifatida xorijiy tillarni o’rgatuvchi o’rta maktablarda, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarda, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida chet tilidan ona tiliga, ona tilidan chet tiliga tarjima mashg’ulotlarida, shuningdek tahliliy o’qish, uyda o’qish, so’zlashuv amaliyoti darslarida kommunikativ mashqlar sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |