«коreys va o’zbek tillarida sinonim, antonim va paronimlarning qiyosiy talqini»



Download 0,95 Mb.
bet13/18
Sana24.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#407795
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
9. Абдужабборова

1.2. So’zlarning shakl yoki ma’nosiga ko’ra o’zaro aloqador birlikni tashkil etishi

Tildagi so’zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nosiga ko’ra o’zaro aloqador birlikni tashkil etadi. Bunday birliklarning quyidagi tiplari mavjud: 1) omonimlar;2)omofonlar; 3)omograflar; 4) paronimlar; 5) sinonimlar; 6) antonimlar.



Talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar omonimlar deyladi. Omonimlar deyarli bir xil yoziladi. Chunki ular bir xil fonetik strukturaga ega bo’ladi. Masalan: kuya hasharotning nomi, kuya qozoning kuyasi; sir — davlat siri, mening sirim, sening siring; sir oynaning siri, kostryulning siri; chang— muzika asbobi, chang to’zon; bog—mevazor bog`, gulzor bog’, bog’ — bog`laydigan narsa — vosita; tortmoq — tarozida tortmoq, o’lchamoq, tortmoq.arqonni tortmoq, qo’lini tortmoq; yozmoq qalam bilan yozmoq, yozmoq— dasturxon yozmoq; chopmoq yugurmoq; chopmoq — kesmoq va b. Bunday omonimlar har bir turkum doirasida grammatik formalar bilan shakllanganda ham o’zaro omonim bo’lib kelaveradi. Bu omonim so’zlar har xil leksik ma’no ifodalasa ham, ot turkumiga oidligi uchun otlarga xos har qanday grammatik formada o’zaro omonimlik munosabatida bo’ladi. Shuningdek, fe’l turkumiga kiruvchi tortmoq, yozmoq, chopmoq omonimlari ham fe’lga xos har qanday grammatik formada, chunonchi, mayl va shaxs-son formalarida ham omonimlik munosabatini saqlaydi.

Omonimlarni yuzaga keltiruvchi hodisalar turlicha bo’lib, ularning asosiylari quyidagilar:

1. Aslida har xil talaffuzli, fonetik strukturasi farqli bo’lgan so’zlarning bir xil talaffuz etiladigan bo’lib qolishi natijasida omonimlar yuzaga keladi. Masalan: ot (ism) va ot (uy hayvoni), shuningdek, o’t (o’t-o’lan) va o’t (olov) omonimlarining o va o’ unlilari aslida farqli talaffuz etilgan. Hozirgi adabiy tilda esa bularning talaffuzi bir xil. O’zbek tilining ayrim shevalarida ot (ism)dagi o unlisi bilan ot (uy hayvoni) dagi o unlisi, shuningdek, o’t (o’t-o’lan) dagi o’ unlisi bilan o’t (olov) dagi o’ unlisi hozir ham farqli talaffuz etiladi. Demak, bu shevalarda ular omonim hisoblanmaydi. So’zlarning semantik taraqqiyoti omonimlarni vujudga keltirishi mumkin. Bu hol ko’p ma’noli so’z ma’nolari o’rtasidagi bog’lanishning yo’qolishi natijasida bo’ladi1.

Ma’lumki, polisemantik so’z necha ma’noga ega bo’lishidan qat’i nazar, bu ma’nolar o’rtasida bog’lanish borligi sezilib turadi. Shu sababli ma’lum bir so’z har qancha ko’p ma’noli bo’lsa-da, bitta leksik birlik (so’z) bo’ladi. Agar polisemantik so’z ma’nolari o’rtasidagi bog’lanish yo’qolsa, yangi so’z hosil bo’ladi. Bunda so’zning shakli (fonetik strukturasi) o’zgarmay qolishi tufayli omonim yuzaga keladi. Masalan: dam (nafas), dam (hordiq), dam (bosqon) omonimlari xuddi shunday usulda yuzaga kelgan.

  1. Omonimiyaga olib keluvchi asosiy hodisalardan biri birdan ortiq so’zning talaffuz jihatdan tasodifan mos kelib qolishidir. Bu hol asosan o’zga tillardan so’z o’zlashtirish natijasida sodir bo’ladi. Bunda o’zlashma so’z bilan o’z tildagi so’z yoki turli tillardan o’zlashgan so’zlar o’zaro talaffuzi jihatidan bir xil bo’lib qoladi. Masalan: tojikcha bog’ (daraxtlardan hosil qilingan maydon) bilan o’zbekcha bog’ (bog’laydigan narsa, bog’lashdan hosil bo’lgan tugun), shuningdek, italyancha banka (pul bilan muomala qiluvchi tashkilot) va polyakcha banka (idish) kabi.

Xullas, omonimiya so’zlarning talaffuz jihatdan bir xilligi bo’lib, bu hodisa turli sabablar asosida sodir bo’ladi. Birdan ortiq so’zning bir xil talaffuz etilishi salbiy hodisa emas. Tilda bunday hodisa mavjudligining o’ziyoq omonimiyaning salbiy hodisa emasligini ko’rsatadi. Chunki til fikr olishuvga salbiy ta’sir etuvchi hodisaning yashashiga yo’l qo’ymaydi.

Fonetik strukturasida ma’lum tovushi farqli, lekin talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar omofonlar deyiladi. So’zlarning shunday munosabatda bo’lish hodisasi omofoniya deyiladi.

Omofonlardagi o’zaro farq ular tarkibidagi bir fonemada boladi. Lekin bu fonemalar ham fonetik xususiyatlari jihatdan bir-biriga juda yaqin turadi. Shu sababli ham bu so’zlarning talaffuzi bir xil bo’ladi: tub tup, yotyod, bobbop, mard-mart, tanburtambur, sudxo`rsutxo`r, bodbot, sudsut va b.

Demak, omonimlarda so’zlarning fonetik strukturasi va talaffuzi bir xil bo’lsa, omofonlarda faqat talaffuzi bir xil bo’lib, fonetik strukturasi bir tovushda farqlanadi.

Yozilishi bir xil bo’lgan so’zlar omograflar deyiladi. So’zlarning shunday munosabatda bo’lish hodisasi omografiya deyiladi. Omograflarning fonetik strukturasi ham, talaffuzi ham har xil bo’ladi: tol (daraxt) va tol (qurilish materiali), tok (uzum butasi) va tok (elektr toki). Ko’rinadiki, omograflar ma’nosi, fonetik strukturasi, talaffuzi jihatdan boshqa-boshqa, yozilish shakli jihatdan bir xil bo’lgan so’zlardir. Yozilish shaklining bir bo’lishi esa o’zaro farqli fonemalar uchun imloda ayni bir harf qabul qilinishi natijasidir. Agar bu fonemalarning har biri uchun alohida harf qabul qilinsa, omograf yo’qoladi.

Yozilishi bir xil bo’lgan turli so’z formalari ko’p jihatdan omograflarga yaqin turadi. Masalan: gullar (gul so’zining ko’plik formasi) va gullar (gulla fe’lining gumon formasi); oldi (old+i) va oldi (ol + di) va sh.k. Bu hodisa ko’pgina ishlarda omoformalar deb yuritiladi. Lekin bular bir xil forma emas, balki har xil formalardir. Shu sababli ularni omoforma (bir xil forma) deb bo’lmaydi.

Fonetik strukturasi boshqa-boshqa, talaffuzda o’xshash, yaqin bo’lib qoladigan so’zlar paronimlar deyiladi. So’zlarning o’zaro bunday munosabatda bo’lish hodisasi paronimiya deyiladi. Faktpakt, afzal abzal, amramir va b. Demak, paronimiya adabiy normada talaffuz etmaslik, adabiy talaffuz normasini, shuningdek, so’zning fonetik strukturasini to’g’ri bilmaslik natijasida sodir bo’ladi.

Omonim, omofon, omograf va paronimlar haqida aytilganlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, ularda ikki yoki undan ortiq so’zning o’zaro birlik hosil qilishi shakliy munosabatga ko’ra, talaffuziga ko’radir. Bunda so’zlarning ma’no jihati hech qanday ahamiyatga ega emas.

Fonetik strukturasi (shakli) har xil, ma’nosi esa bir xil bo’lgan so’zlar sinonimlar deyiladi. So’zlarning shunday munosabatda bo’lish hodisasi esa sinonimiya deyiladi: aylanmoq, kezmoq sayr etmoq, vijdonnomus, dangasayalqov ishyoqmas tanbalsoyapar, nomigairimiga, xushbo’yhidli muattar kabilar.

Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma’nosi bilan o’zaro boglanuvchi so’zlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topishi mumkin: yalinmoqyolvormoq (ikki so’zli), zavqmaroqshavq (uch so’zli), istak xohish orzu havasishtiyoqhafsalamaylra’y ko’ngilarmontilakrag’bat (o’n ikki so’zli) va h.

So’zlarni sinonim qiladigan narsa ularning bir xil ma’noga egaligi bo’lib, ko’p ma’noli so’zlar birdan ortiq ma’nosida boshqa so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, ko’p ma’noli so’z har bir ma’nosi bilan boshqa - boshqa sinonimik qatorda bo’lishi mumkin Masalan: ko’p ma’noli bitirmoq fe’li uch ma’nosi bilan uch sinonimik qatorda bo’ladi:

  1. Bitirmoq — tugatmoq — tugallamoq — tamomlamoq — tamom qilmoq. Bu qatordagi so’zlar «yakuniga yetkazmoq» ma’nosi bilan o’zaro sinonimdir. Misollar: Yig’im-terimni bo’lganimizdan keyin boshlasak, sovuq tushmay bitiramiz. (A. Q.) Choyni naridan-beri tugatib, Hasanali ketidan guzarga chiqdi (A. Qod.) O’ninchini tugallagan yigit-qizlarning maktabni bitirish marosimiga hozirlik ko’rilar edi. (Sh. P.) Omadimiz kelgan ekanmi yo qurt tutishni sog’inib qolgan ekanmizmi, biram bo’lib berdi, qani endi terib tamom qilsak (A. Q.)

  2. Bitirmoq — bajarmoq — ado etmoq — o’rinla(t)moq— do’ndirmoq — o’tamoq — bajo qilmoq. Bu qatordagi so’zlar «ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq» ma’nosi bilan o’zaro sinonim bo’ladi. Misollar: Mehnatni siz qildingiz, katta ishni ko’ngildagidek bitirib keldingiz. (X. Seitov.) Kuniga ikki kishi uch yarim-to’rt norma do’ndiryapmiz. Yo’g’e, bajaryapmiz. (Sh. Toshmatov.)

  3. Bitirmoq — tamomlamoq — tamom qilmoq — sop qilmoq soplamoq, — ado qilmoq — yo’qotmoq — yo’q qilmoq. Bu qatordagi so’zlar «tamom (yo’q) holatga keltirmoq» ma’nosi bilan o’zaro sinonim bo’ladi. Misollar: Qizning ota-onasi, qarindosh-urug’ining ta’rifini aytib bitirolmaydilar. (P. T.) Hovlidigi ikir-chikir ishlarni tamomlagach, ayvonning oldiga o’tirib tuzatindi. (A. Qod.) Madamin salkam bir lagan oshni bir necha olishda tugatdi... (P. T.)


  4. Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish